Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet68/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Alliteratsiya (nutqda tovushlarning bir-biriga ohangdosh bo‘lish hodisasi) ikki xil ko‘rinishga ega:

1. Misra tarkibidagi unli tovushlarning ohang jihatidan o‘zaro mosligi vokal alliteratsiyani yuzaga chiqaradi:

O‘tar dunyoni o‘tarini o‘yladi,

Tanqa tashlab Olatog‘ni yoyladi.

(„Alpomish“)
2. Misra tarkibidagi undosh tovushlarning ohang jihatidan o‘zaro mosligi konsonant alliteratsiyani bunyod etadi:

Sochilgan sochingdek sochilsa siring,

Anor yuzlaringni kimga tutasan.

(Cho’lpon)


Estetik nuqtayi nazardan ohangdorlikni yuzaga chiqarib, kitobxon diqqatini tasvirlanayotgan voqea-hodisa yoki holatga qaratmoq maqsadida so‘zlar „buzib“ ishlatilishi ham mumkin. Jumladan:

„Uchqur eding, qanotingdan qayrilding,

Yugruk bo’lsang, tuyog’ingdan toyrilding.
E’tibor bersangiz, baxshi birinchi misrada leksik-grammatik qoidani ataylab buzadi, „Uchqur eding, qanotingdan ayrilding“ deb kuylamaydi. Maqsad — konsonant alliteratsiya yo’li bilan qalmoqlar eliga majburan jo‘nab ketayotgan Barchinning holini hayajonli va ta’sirchan ta’riflash. Ana shunday badiiy san’atni hosil qilish yo’lida ikkinchi misrada ham leksik-grammatik qoida buziladi.

„Toyrilmoq“ — „toymoq“, „sirpanmoq“ so‘zlariga sinonim. Barchinning Alpomishdan ayro tushishi yugruk otning tuyog’i sirg‘anib, muvozanatini yo‘qotilishiga o‘xshatilyapti. Demak, misralardagi „Qanotingdan qayrilding, tuyog’ingdan toyrilding“ kabi ohangdosh birikmalarda fonik takrorning doston estetikasini yuzaga chiqarishdagi ahamiyati yana bir karra ayon bo’lar ekan59.

Alliteratsiyaga asoslangan yaxlit she’rlar ham yaratilgan; „q“ tovushining takroriga misol:

Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz,

Qilur qatlima qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan,

Qarab qo‘ygin qiyo, qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

(Erkin Vohidov)


„Y“ tovushining takroriga misol:

Yomon — yomon,

Yolvortirgan yor yomon,

Yog’ib yotgan yozdagi yomg’ir yomon.

Yog’iy — yomon,

Yonboshida yoyi yomon,

Yosuman yolg‘on yomon,

Yovuz — yomon.

Yorni yodlab yonog’idan yoshi — yo

Yoqasiga, yostig’iga yog‘sa yomon.

Yozug’ikim,

Yondirib yoronlarin,

Yoriga yolchimagan yolg’iz yomon...

(„Yomon“, Malik Egamov)



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish