Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet72/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Bo‘g‘in. Bir nafas bilan aytiladigan so‘z yoki so‘zning bo’lagi bo‘g‘indir. So‘zlar talaffuz qilinganda chiqarilayotgan havo oqimi turli-tuman ohang kasb etib, bo‘g‘inlarni hosil qiladi. Bo‘g‘inni hosil qiluvchi narsa nutq tovushidir. Nutq tovushlari unli va undoshga bo’linganidek, undan hosil bo’luvchi bo‘g‘inlar ikki xil bo’ladi. Agar bo‘g‘inlarning oxiri unli bilan tugasa (bo-la, Ka-rima kabi) ochiq bo‘g‘in, undosh bilan tugagan bo’lsa (mak-tab, non kabi) yopiq bo‘g‘in sanaladi.

Bo‘g‘in ritmni hosil qiluvchi eng kichik o’lchov birligi sanaladi. U ritm yaratish uchun guruhlanadi, ayni paytda, ritm qaysi misrada bo‘g‘in soni ko‘p yoki kam ekanligini aniqlaydi. U ritm yaratish vazifasini bajarish uchun turoqlarga (aruzda ruknlarga) uyushadi.



Turoq. Bo‘g‘inlarning misralarda qat’iy tartibda guruhlanishi turoqdir. Darvoqe, agar she’rlarning ritmiga e’tibor qilsak, bo‘g’inlarning soni jihatdan bir turkumga kirgan she’rlarning ritmida bir-biridan farqi borligini sezamiz.

O-dam zo-ti / dun-yo-da-ki bor, 4 + 5 = 9

U-ning bi-lan / mu-hab-bat-dir yor. 4 + 5 = 9

(H. Olimjon)


Na ko‘k-ning / fo-na-ri / o‘ch-mas-dan, 3 + 3 + 3 = 9

Na yul-duz / sayr e-tib / ko‘ch-mas-dan. 3 + 3 + 3 = 9

(Uyg‘un)
Bir turkumga mansub ikki parchaning ritmik holatidan ikki xil ohangning yuzaga kelishi — bo‘g‘inlarning ikki xil tartibda (4+5=9; 3+3+3=9) guruhlanib kelishidir. Hamid Olimjon she’rini Uyg‘un she’ridagi turoqlanishga yoki Uyg‘un she’rini H. Olimjon she’ridagi turoqlanish tartibiga solib o‘qisangiz, she’rdagi mazmun yo‘qoladi, ohangdorlik yasama va beso‘naqay shovqinga aylanadi.

Ko‘rinib turibdiki, turoqlanish she’rdagi his va fikrning uyg‘unligidan, mazmundan kelib chiqadi, she’r birdaniga (mazmun va shakli bilan) yaxlit tug‘iladi, vazni — o‘zligi bilan dunyoga keladi. Har bir turoqdan so‘ng tabiiy ravishda kelib chiquvchi izchil pauza (bilinar darajadagi sukut) ohangdorlikni, she’rga mos ritmikani voqe qiladi. Misradagi turoqlarning ikki katta guruhga bo’luvchi turoq bosh turoq deb aytiladi:

Daryo to’lqin / suvlar toshqin / / o‘tolmayman,

Otim oriq / manzilimga / / yetolmayman.

(G‘. G‘ulom)
Bu baytda turoqlanish tartibi 4+4+4=12 tarzidadir. Agar uning turoqlanish tartibi 8+4=12 tarzida bo’lganida, „o‘tolmayman“, „yetolmayman“ turoqlari — bosh turoq sanaladi, chunki u misralardagi fikrning nisbiy tugal bo’lgan xulosasini qayd etadi.

Lekin ikkinchi xil turoqlanishda she’r ritmi (ohangi) birinchisi (sokin ohang)ga nisbatan ancha tezlashadi, to‘g‘rirog‘i yangicha ohangni (ritmikani) vujudga keltiradi.



Vazn. Misralardagi bo‘g‘inlarning, turoqlanish tartibining muayyan o’lchovga solinishi vazndir. „Vazn nutqni o’lchaydi, guruhlaydi va unga muayyan tartib kiritadi. V. V. Kojinov uni karkas (sinch), she’r tanasining skeleti deb atagan edi. Skeletsiz odam bo’lmagani singari vaznsiz poeziya yo‘q. Vazn sxema, u passivdir; vazn har yili yaratilavermaydi. Mahmudali Yunusov „tez-tez o‘zgarib turadigan hodisa ... emas“, degan edi. Xondamir: „Vaznli va qofiyali so‘z toza va porloq gavhardir, degan edi“ (,,O‘zbek poeziyasida aruz sistemasi“, 224- b).

Demak, vazn o‘z holicha, alohida yashamaydi. U ham g‘oyaviy — estetik mazmunni yuzaga chiqarish uchun ishlaganda, ya’ni so‘zlarni, bo‘g‘in va turoqlarni o’lchovga solgandagina „tiriladi“, zarur vositaga aylanadi, she’riyatning qonuniyatini yuzaga chiqaradi.

Novdalarni /bezab g‘unchalar,

Tongda aytdi / hayot otini.

Va shabboda / qurg‘ur ilk sahar,

Olib ketdi / gulning totini.

(H. Olimjon)
Bu bandning birinchi misrasidagi 4 + 5 turoq tartibi she’rning oxirigacha qonuniyat tarzida takrorlanadi. Shu sabab bu she’rning vazni 4 + 5 = 9 bo‘g‘inli barmoq vaznidir. Ayni chog‘da she’r bir turkumga kiruvchi bo‘g‘inlar (4+5) guruhidan iborat bo’lgani uchun sodda vazn deb yuritiladi.

Agar vazn ikki turkumga kiruvchi bo‘g‘inlar sonini bir she’rda uyushtirish asosida yuzaga kelsa, bunday vazn qo‘shma vazn deb aytiladi:

Baland shoxda qizil olma 8

Pishgan ekan. 4

Uzib olib qarasam, qurt 8

Tushgan ekan. 4


She’rning turli misralarida musiqiylik turlicha tovlanib, o‘zgarib tursa-da, lekin bir butunligini saqlasa, yakka va betakror namuna ekanligini namoyish etsa erkin vazn dunyoga keladi va u ham hayajonli holat („xos hol“ va „xos ma’no“) ni bunyod etgani, saqlagani, ta’sirchanlikka erishtirgani uchun (sodda, qo‘shma vazn singari) jozibali bo’laveradi:

Dunyo omon bo’lsin. 6

Siz omon bo’ling. 6

Omadli bo’ling siz. 6

Baxtli bo’ling siz, 5

Lekin 2


Bilib qo‘ying, 4

Bilib qo‘ying, hamon 6

Sizni unutolmas Muhammadingiz! 11

(Muhammad Yusuf)



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish