Tazod (arabcha — qarshilantirish, zid) san’atida shoir she’rida qarama-qarshi, bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni qo’llaydi. „Tazod yuzakiroq qaraganda antiteza usuliga ham o‘xshaydi — ularning har ikkalasida ham bir-biriga zid tushunchalar yuzlashtiriladi, ayni choqda, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham bor. Antitezada to‘qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki mustaqil manbadan kelib chiqsa, tazoddagi to‘qnashuvchi bir-biriga zid narsalarning kelib chiqish manbayi yagona: bir narsa ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o‘z ichiga qamrab oladi“ (To‘xta Boboyev. „Adabiyotshunoslik asoslari“, 381-bet).
E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo,
Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi.
(Yorning (Masiho — Iso) dami (og‘zi) ko‘ziga qarama-qarshi qo‘yilgan: ko‘zi bemor qiladi, dami — nafasi shifo beradi. Ayni zamonda ko‘z bilan og‘iz bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yomikidir.)
Ko‘rinadiki, tazodda zid qo‘yilgan ikki tomon (obraz, predmet) qiyoslanadi, ayni zamonda, uzviy ravishda bir-biriga mustahkam bog’lanib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |