Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Tadrij (arabcha — ketma-ket, peshma-pesh)



Download 1,16 Mb.
bet60/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Tadrij (arabcha — ketma-ket, peshma-pesh) san’atida tasvirga olingan obyekt darajama-daraja rivojlantirib boriladi; bu rivojlanish jarayoni o‘xshatish vositasi bilan ketma-ket o‘sib boradi. Hamid Olimjonning:

Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo’lsam,

Labing yaprog’idan tomgan ki go‘yo qatra bol bo’lsam
matla’li g‘azali ham tadrijga asoslangandir.

Shoir mavzu va obrazni asta-sekin rivojlantirib, takomillashtirib boradi:

Butog’ingga qo‘nib, bulbul kabi xonish qilib tunlar,

O‘pib g‘unchangni ochmoqlikka tong chog’i shamol bo’lsam.


Bu misralardan so‘ng yana rivojlantirish, yana ko‘tarinki tasvirlash mumkin emasday tuyuladi. Lekin Hamid Olimjonning mohirligi shundaki, markaziy g‘oya — yorga fidoyilikning takomilini davom ettiradi, oldingi baytlardagi fikr, hissiyot oqimini yanada balandroq pog‘onaga olib chiqadi; yorning bo‘yini (hidini) tarqatib, olamni o‘zini bilmaydigan darajada mast holga keltirib, so‘ng bu holatga o‘zi lol qolishini, yor bilan yolg’iz qolganda hatto xayolga aylanishga rozi ekanligini kuylaydiki, fidoyilikning bunchalik kuchli, bunchalik go‘zal ifodasidan, shoirning san’atidan kishi hayratga keladi:

Bo‘yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag‘riq,

O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo’lsam.

Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg’iz,

O‘zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo’lsam.
Hamid Olimjon bundan keyingi baytlarda tadrij bilan bir qatorda tazodni qo’llaydi. „Gul“ga „duvol“ , „malomat birla bo‘hton“ga „qamal“, „visol“ga „uvol“ qarama-qarshi qo‘yiladi. Va bu usul oshiq qalb dialektikasining ichki mohiyatini to’laligicha ochib berishga erishadi.

Agar bog’ingda gul bo’lmoq mening-chun noravo bo’lsa,

Kiming bor, roziman qasringga hattokim duvol bo’lsam.

Boshing hech chiqmasa, mayli, malomat birla bo‘htondin,

Raqiblar rashkiga ko‘krak keray, mayli, qamal bo’lsam.

Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga,

Fido jonimni qildim yo’lingga, mayli uvol bo’lsam.
Xullas, g‘azalda baxtiyor oshiqning qalbdagi psixologik tebranishlari — uning shirin orzulari ham, xayolan visol og‘ushida topgan bir nafaslik lazzati ham va eng asosiysi, sadoqatli yorga fidoyiligi ham san’atkorona aksini topgan.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish