Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
88
Ey inson, vujuding uyi xuddi shu xashakning o‘zidir; zaif taning bir xovuch tuproq. Bu xashakka 
qachongacha o‘t qo‘yasan? Bu tuproqni qachongacha sovurasan? Ichkilik ham dard o‘ti, ham afsus 
suvidir; yo‘q, u do‘zax o‘ti, ham to‘fon suvidir. Bu o‘tni o‘z vujudingning xas-xashagiga urma; bu suvni 
bir xovuch tuprog‘ingga quyma. U garchi suvdek tiniq, yaxshisi bo‘lsa ham, lekin uning suvligidan 
o‘tligi ortiqdir. Har qanday suv qaynab turganda, ko‘rinishi ruvdir, lekin uning kuydirishini o‘tnikiga 
solishtirib bo‘lmaydi. O‘tga kishi qancha qo‘l ursa ham, unga qo‘l tekkan bilan, qo‘l kuymaydi. Kimki 
qo‘lini qaynagan suvga tiqsa, qo‘li unga tegishi bilan o‘ldiradi.
Xullas, uning o‘ti o‘tu suvi ham o‘t, rangi o‘tu jozibali yolqini ham o‘t. Kimki bu to‘rt o‘t ichiga 
tushib asir bo‘lsa, chaqmoq chaqqan joyda ipak to‘qimaday yonadi. Qaysi badanda bu to‘rt o‘t yonsa, 
uning issig‘idan badanidagi to‘rt unsur ham o‘rtanadi. Bu o‘tda to‘rt unsurgina yonib, yo‘q bo‘lib 
ketmaydi, aqlu xis, dinu islom ham yo‘qoladi.
O‘tga shunday issiq berish xususiyati xos ekan, uning yomonligini qaysi suv daf eta oladi? Yashinni 
to‘fon suvi ham pasaytira olmaydi; gulning o‘tini bahor suvi o‘chira olmaydi. Bu o‘tning joniga ofat 
bo‘ladigan suv tavba vaqtida afsus-nadomat ko‘z yoshlarini to‘kishdir. Shunday ko‘z yoshi oqib turgan 
vaqtdagina bu o‘t daf bo‘ladi, bu o‘tgina emas, yo‘q, hatto do‘zax o‘ti ham. Kishi bunday qatrani 
qayerdan topadi? O‘zi bir qatra bo‘lsa ham, naf i daryocha-ku! Kimki o‘z gunohlariga pushaymon bo‘lib, 
ko‘z yoshi to‘ksa; uning har qatra ko‘z yoshi maqsadiga yetishi uchun gavhardir. Bulutdek hayo bilan 
ko‘z yosh to‘kar ekan, uning har bir qatrasi durning aslidir. Birovni maqtab, majburan tavba qildirilsa, 
buni tavba deb tushunma: birovning tavba qilishga aqli yetmasa, «Qur’on»ni o‘rtaga qo‘yib, 
shartlashishni ham; yoki birov mast bo‘lib to‘polon ko‘targanda, qasam ichtirib, uni bu ishdan 
qaytarishni ham. Bular hammasi taqdir o‘ti oldida bir xasdir. Bular tavba hisobida ham emas. Kimki 
taqdirning qo‘lida beixtiyor tavba qilar ekan, unda ixtiyor bormi!
Tavba, bu - o‘z aybidan xabardor bo‘lishdir, oldida turgan yo‘lning xavfliligini tushunishdir; yoki 
yo‘ldan adashib qolgan vaqtda, bu ahvolga o‘zining aybdorligidan ogoh bo‘lishdir. U, bilsaki, Xudo 
hamraa vaqt xozir, nima qilsang, hammasiga nozir, uning ko‘nglini pushaymonlik o‘ti yondirsa, jonini 
xijolat o‘ti kuydirsa, shu xolatda u tafakkur qilib, o‘z qilmishlariga nafrat bildirsa, shunda unga yana 
Ilohiy lutf etib, bitmas-tuganmas jozibaga erishib, Xudo uni o‘zligidan judo qiladi, o‘z xoliga mutlaq 
qo‘yib qo‘ymaydi. Shunda u «Ilohiy tavba» bilan zafar topsa, bunday tavba haqiqiy tavba hisoblanadi.
Xudoning o‘zi shunday karam qilmasa, odam nima qila oladi? O‘zligi bilan uning qo‘lidan nima 
keladi? Gʻoyibdan ilxom kelmasa, tavba tavba emas. Kishi o‘z aybidan o‘zi qutula olmaydi. Odam o‘z 
ixtiyori bilan gunoh qilmaydi. Bu gunohning tavbasi ham unga ma’lum emas. Xudodan amr bo‘lib, u 
tavba qilsa, bu - chindir. Bu tavbani Xudoning o‘zr saqlamasa, bandasi sindirishi ham mumkin. Tavba 
qilish uchun Xudo kimga tavfiq bergan bo‘lsa, uning tavbasi sinmaydigan, haqiqiy tavbadir. O‘zlik bilan 
qilingan tavba buzilishi mumkin bo‘lgan tavbadir. Ilohiy tavba qilishdan kel, shundan gapir.
LI
Bani Isroilini Rindning manmanlikdan tavbasi tufayli xonadonning yuksalishi, qasamning qof 
toshlaridan falakka chiqqani va may seli u binoni yiqitgani
Rindi Bani Isroili degan bo‘lib, may deb mayxonalarda tilanchilik qilardi. May uning hayotining 
ozig‘i bo‘lib, xalq orasida Maymana ismi bilan tanilgan edi. Gavdasi ko‘zacha yashashga nuqsonsiz 
bo‘lganidek, o‘zining Rind degan ismi mayga berilganligini bildiradi. Mayxonadagi odamlarning 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish