www.ziyouz.com
кутубхонаси
2
Yo‘l-yo‘lakay bir qancha nuqtalar bo‘lib, ular bamisoli toshlar bo‘lib, ularni toshlar emas, kesilgan
boshlar, desa ham bo‘ladi. «Mim»lar u yerda tugun-tugun bo‘lib, niyatlar esa jingilajingila.
Har yerida undosh harflar takror-takror keladi va buning sanog‘i ko‘p. Shiddat bilan o‘qilganda,
kishilar buni darxol sezadilar. Kimning maqsadi nimaligini kuzatib turgan nazarlar qancha ko‘p
bo‘lmasin, yaxshiroq ko‘ruvchilar ularni rad etar edi.
Lekin u yo‘lni bosib o‘tishni xulq-atvori yaxshi kishilar niyat qilar ekanlar va u yerga qo‘nar ekanlar,
«Bo»si avvalo bashoratdan darak bersa, belgilar ichkariga kirishga ishoradir. «Sin»i salomatlik yo‘lining
zinasi, yo‘q, zinasi emas, balki saodat oynasidir. «Mim»i maqsad manziliga yo‘l, yanada to‘g‘rirog‘i, bu
manzildagi buloq boshidir. Bundagi har bir «alif», odatda (arabiy alifboda) «jon» so‘zining o‘rtasida
kelsa, bu yerda beg‘ubor kechaning sham’i vazifasini bajaradi.
«Lom»lari zafar bayrog‘i o‘rnida bo‘lib, unga zafar quchish orzusi jilva berib turibdi.
«Ho»sida mohiyat jilvagoh bo‘lib, «Lom»i bilan «Podshohlik uningdir», deyilgan.
«Ro»lari jannat bog‘ining eshiklaridir. «Ho»lari esa vahdat g‘unchalariga beshikdir.
«Mim»i «nun»dan nixoya topib, o‘z jonini cheksiz qiynaydi.
Karam dengiziga g‘arq bo‘lish uchun «yo» bilan «mim» o‘zaro qo‘shilib, daryolikni namoyon
etdilar. Bunda nuqta va undoshlarning ortishi yuz berib, chaqmoq va toshga aylandi.
Bu esa «alif»ning sham’idan yorug‘lik chiqishiga olib keldi.
Bunday qaror ko‘ngil bo‘yniga xalqa solib, nuqta esa boqiylik durrini jon qo‘yniga joylashtirdi.
Mazkur harakatlardan yordam yuz berib, maqsadga yetishmoq uchun intilish yanada kuchaydi.
Ham to‘xtash osoyishtalik oshkor qilib, bunda tek turishga yo‘l ko‘rsatildi. Qachonki sayr etuvchi
yurishga qadam qo‘yar ekan, uning oyog‘idan ko‘tarilgan chang atrofga jonlar sochayotgandek edi.
Bosh-oyog‘i boshidan-oxirigacha jon bo‘lib, boshdan-oyog‘i jon bo‘ldigina emas, jonon bo‘ldi.
Bu yurishda ul qavmga issiqdan dog‘ ustiga dog‘ yuz berib, bu yo‘lni bosib o‘tishda bu guruhga bog‘
ustiga bog‘ uchradi. Buning hikmatli tomoni ham qaxrda, ham lutfda bo‘lib, bu bilan ushbu ikki
mehmonxona (jahon) to‘ldi. U (Alloh) ulug‘vorligi bilan o‘t yoqsa, jamoli lutf bilan jamoliga suv sepishi
mumkun edi.
Ey xasta Navoiy, sen navo istab, shunday bir yo‘lga otlanadigan bo‘lsang, yo‘l yomon, yaxshi deb
tashvish chekma. «Bismilloh!» - degin-u, qadam bos. «Yaxshi sanolar bo‘lsin karamga!» Uning
karamidan odamlar hurmatdalar-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |