Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
3
Mintaqa jihatidan lojuvard osmon san’atkorlik bisotida ikki taxtadan iborat nardning o‘zi. Osmon
tosiga solish uchun Alloh oy bilan quyoshdan ikkita soqqa yasagan.
Munaqqash osmon unga taxta
o‘rnida bo‘lib, ikki oltilik o‘n ikki burj uning hisobida. Tunu kun yulduzlar bilan sadaf taxtada
soqqabozlik o‘yini namoyishi. Dunyoda yuz bergan savob va qusurning barcha rang-barang
ko‘rinishi shu nardda zuhur etgandek. Bunda azizlar ham,
xasislar ham o‘z xunarini namoyon etish payida, ikki dushman - tasodif va taqdirdek.
Erta tong o‘zining gul yuzini ochishi bilan tun sunbulini yuziga zulf qilib olgandek. Ul yuz butun
olamga oppoq yorug‘lik taratar ekari, u zulf esa, tepadan mushk sochayotgan bo‘ladi. Shu tarzda oqu
qaro shuhrat tutib kecha va kunduzdan mushk va kofur tarqala boshlagan.
Inson aqlining hujrasi yasalar ekan, Alloh aqldan u hujraga shamchiroq yoqdi.
Bu shamchiroqqa
inoyat piligi qo‘yilib, undan haqiqat nuri shu’la bera boshladi. Undan ko‘ngul maskani nur olsa, ishq
shabadasi bilan u o‘chirilar edi. Alloh ishq yelini kuchaytirganda va tezlashtirganda, bundan aql chaylasi
parcha-parcha bo‘lardi. Bu yel har qanday toat-ibodat va parxezkorlik xirmanini uchirib, har qanday sabr
va osoyishtalikni sovurib yubora oladi. Aql bog‘ining yosh novdasini xashakka aylantirib, balo
dengizining mavjlaridan to‘lqinlar yuzaga keltirdi. Dard va balo o‘tini
yanada tezlashtirib,
tezlashtiribgina emas, charx (taqdir) uni o‘z dushmani qildi. Visol bulutlarini yomg‘ir. yog‘adigan qilib,
buni esa o‘sha o‘tlarni o‘chiradigan etdi.
Husn quyoshini hammayoqni kuydiradigan qilib, uning yorug‘lik ta’sirini esa olamni yondiradigan
etdi.
Buni quyosh dema - mamnuniyat bog‘i degil. Uni bog‘ ichidagi ochilgan gul deyish ham mumkin.
Har bir jilvasi jon gulshanining oroyishi bo‘lib, uning nazariga tushish ko‘ngilga osoyish bag‘ishlaydi.
Uning zoti asosida lutf va safodan o‘zga narsa bo‘lmagan esa-da, lekin vafoning isi unga begona. U
vafo rangidan xoli bo‘lgani sababli, vafo ahllari joniga zulm qiladi. Kimgaki vafo ta’mini bilish nasib
etilgan ekan, oradan bir nafas o‘tmay, uning ko‘zidan yosh oqqani oqqan. Kimki hayotida vafodan
boshqa ish qilmagan xolda, buning evaziga nasibasi jafo chekishdan boshqa narsa emas. Ishqni jon ipiga
bog‘lab, vaslni ko‘ngil
ipiga payvand etib, hajr vodiysiga ko‘p xatarlar solib,
tikan va giyohlarini
nishtarga aylantirib, lolalaridan oh shu’lalari, ko‘katlaridan zaharli o‘tlar yasadilar. Lola bilan sabzasi bu
nav manzil bo‘lsa, shabadasi xalokatli shamoldan boshqa nima bo‘lishi mumkin! Bu yel - shabada
emasdir, bu - biyobon o‘tidir! Bil, bu biyobon o‘ti - xijron o‘ti!
Kimniki bu shu’la bilan kuydirishsa, uning kulini ushbu yel ko‘kka sovuradi. Bu xalokatli shamol
uni kulga aylantirsa, dardu balo ko‘zgusi bu kuldan jilo topadi.
Qachonki ul ko‘zguda iliqlik va nur paydo bo‘lsa, unda ishq uning yuziga ham shu xususiyatlarni
baxsh etadi.
Doira bundan boshqacha qilib tuzilmasdan hamda tartib-qoidalar bir-biridan uzilmasdan, bekatlar
bir-biri bilan yaqinlashmasdan silsila silsilalar bilan yaxshi bog‘lanmaydi. Shunday bo‘lgandagina Yer
kurrasi
tinib-tinchib, aylana falaklarni sayr etaveradi. Dengizlar falaklar bilan birlashib ketsa ham,
buning hammasining markazi Yer kurrasidir. Alloh lutfi tufayli barchaga mavjudlik bo‘lsin! Uning
qaxridan esa hamma narsa yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: