Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
9
VI TO‘RTINChI MUNOJOT
Vasf karam daryosi haqida bo‘lib, inoyat nasimi esgach, mavjga kirsa, itoatsizlik xas va
xashaklarini qirg‘oqlarga chiqarib tashlaydi va gunoh tog‘idan langar tashlaganlarning sust
yuradigan kemasini bir dona pat yoki somon parchasidek maqsad sohiliga yetkazadi
Ey Alloh, karaming oldida gunoh tog‘i bir dona pat yoki somon parchasidek yelga uchgaydir. Somon
tog‘-tog‘ qilib uyulgan bo‘lsa ham, yel oldida qanday qilib maqtanishi mumkin! Butun dunyo xalqi agar
bir xatoga yo‘l qo‘ysa, yoki bir aybli ish qilib, taqdirini qora qilsa, .taqdirini oq qilish Senga oson bo‘lib,
amringda biron nuqson bo‘lishi mumkin emas.
Tun tun bo‘yi o‘zicha o‘yin xangomasini ko‘rsatib, dunyo kishilarining a’mollarini ham qora qiladi.
Lutf quyoshi chiqishiga izn berganingdan keyin mehring bilan bor zulmatni nurga aylantirding. El
adovatidan sanam yasadi. Gulni mushkin sunbulidan yashirdi. Elni yuzdagi pardani tez uchirib ketuvchi
qilib, kecha qorong‘ilig‘ida Oyni ravshan qilding, itoatsizlik tunida biron gunoh qilmasa, afv chirog‘i
qachon yorug‘ yonishi mumkin?! Agar jinoyat o‘ti
kuchli yonmasa, ehson bulutlari qachon o‘z
tomchilarini to‘kadi?! Xirqa kiygan darvesh kiyimining etagi kir bo‘lmasa, dengizdagi iliq suvga unda
xojat bo‘lmaydi. Agar may kimlarningdir boshini aylantirmasa, kishidagi caxovat qo‘li kimga yordam
berishi mumkin? Zohidlik yo‘liga kirib, ba’zilar taqvodorlikka beriladilar. Shu bilan birga buning uchun
haq talab qilishlari ham bor.
Kishi xayr yo‘lida bir ish qilar ekan, maqsadi buning evaziga u dunyoda jannatni sayr qilishdir. May
bilan labini hech xo‘l qilmagan odam u dunyoda o‘sha kuni kavsar xovuzi suvlarini talab qilar ekan, bu
dunyoda biron go‘zal bilan birga bo‘lishni istamagan kishi esa u yerda hurlar jamolini havas qiladi. Chet
bir vayronaiarda kun kechirgan kishi bezatilgan qasrda orom olishni xohlaydi. O‘z xolicha yeb-ichib
yurgan odam haqqini yuz xissa ortiq olmoqchi bo‘ladi. Xudojo‘yman deganlar hamma haqni olib qo‘ysa,
peshonasi sho‘r kishilar nima qiladi? Ularning xatolari bo‘lsa, xatolarini afv etganing qani? Bundaylarga
saxovat ko‘rsatib, ularga ataganlaring qani? Lutf va ehson dengizi to‘lib-toshib turganda, ba’zilarning
tashnalikdan og‘izlari qurib, ularni shu xolatda o‘ldirsang yoki bu dengiz yoqasidan
nariga surib tashlar
ekansan, shunday ishga yo‘l qo‘yish mumkinmi? Hamma ishni qilishing mumkin, lekin buni emas. Har
bir odam qancha osiy va gunohkor bo‘lmasin, u shuncha afv hamda muruvvatga loyiqdir. Agar
taqvodorlarga mukofot behisht bo‘lsa, isyonchi esa do‘zax o‘tlarida tanasi kuysa! Unisi jannat bog‘ini
topib, farog‘atda bo‘lsa! Bunga esa do‘zaxda dard chekib, kuyib-yonish bo‘lsa! Ixtiyoringdagi lutf va
karam xazinasini nima qilasan? Uni marhamat qilib kimlarga berasan? Yuzlari gunohlari tufayli yegan
shapaloqlardan qoraygan muhtojlar, asirlar hamda tilanchilar dasturxoningdagi ne’matlardan totinmasa!
Nahot sening lutfu karaming shunday bo‘lsa!
Sen, axir, dasturxon yoz ochlarga! To‘qlar ortig‘ini
yeya olmaydilar,
aks xolda qorinlari shishib
ketishi mumkin.
Axir bulutlar chanqab, qurib yotgan ekinga yog‘may, dengiz ustidan o‘tayotganda
yog‘adimi - bundan nima foyda! Kimki och bo‘lsa, luqma uning nasibasidir. To‘nni kim yalang‘och
bo‘lsa, o‘sha kiygani durust-ku!
Bu gaplarimning hammasi afsonasifat gaplardir. Kimki Senga umid bog‘lagan bo‘lsa - u xotirjamdir.