www.ziyouz.com
кутубхонаси
18
hamma yerda to‘polon ko‘tardi. Bu mamlakatda qanday so‘z obodonligi bo‘lsa, imkoni boricha ularni
o‘z qo‘liga kiritdi. Uni shunchaki hind chavandozi deb bo‘lmaydi, uni hind sultoni deb atash kerak.
Uning qalami uchi hind mamlakatining ko‘rkidir. She’riyatidagi har bir doston Hindistonning bir
o‘lkasiga tengdir.
Ganja podshosi (Nizomiy) boyliklarni sochuvchi, u esa unga ergashuvchidir, so‘z iqlimida u shoh
bo‘lsa, o‘z nomi bilan bu ham xusrav (podshoh)dir. Xusrav bo‘lib, mamlakatni obod qildi. Uni
Xusravgina emas, Farhod deb atasa ham bo‘ladi. Uning xunari mehnat-mashaqqat tog‘ini qazish; bunda
tog‘ uning she’riyati, tesha esa uning tilidir. Uning joni ishq o‘tining o‘txonasidir, g‘am dengizi esa uning
ko‘zidan oqqan yoshlardir. Sham’ kabi u bazmlarga nur sochadi, bazmlarni yoritadi-yu, o‘zi esa kuygani
kuygan.
Ganja quyoshi bayroq ko‘tarib, so‘z mamlakatini bir hukmronlik ostiga birlashtirganida, bu ham ko‘z
tikmagan, qo‘shin tortmagan mamlakat qplmadi. Qaysi bir mayni ichib, u kayf qilgan bo‘lsa, bu ham
o‘sha mayni ichib mast bo‘ldi. U qaysi maskanga yo‘l olgan bo‘lsa, bu ham o‘sha yerda bazm qurdi.
Borgan yerini u «Maxzan ul-asror»
20
bilan bezagan bo‘lsa, u yerni bu «Matla’ ulanvor»
21
bilan yoritdi.
U masnaviy yo‘lini o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, bu ham unga ergashdi, unga monand ish tutdi.
Ko‘p kishilar ularga o‘xshatmalar yozishni havas qilishdi, biroq ular sarv bilan gul qarshisiga xas
keltirishdi. Ulardan faqat bir kishi
22
bundan mustasnoki, bunday odamni ko‘hna falak shuncha aylangani
bilan boshqa yarata olmadi.
XIII
Yuksaklikning uzun soyasi, shodlik jomining sof sipqoruvchisi mavlono Nuriddin
Abdurahmon Jomiy vasfikim, vasfga sig‘mas, ta’rifikim, ta’rifga to‘g‘ri kelmas va ul xazrat iltifoti
quyoshi qora kunga kolgan men ojizning ahvoliga nur sochganining bayoni, ul
quyosh tarbiyasidan bu tuproqda oq gullar, oq gullargina emas, rang-barang rayhonlar nishon
bergani va «Tuhfat ul-ahror»
23
tuhfasi mutolaasidan g‘amgin ko‘ngulning xursandchilik
topgani va «Hayrat ul-abror»ning la’l va javharlarini nazm ipiga tizmoqning sababi
U bugungi kunda so‘fiylik maslagining dahosi, haqiqat sirlarining kashf etuvchisidir. Uning ko‘ksi -
haqiqat durlarining xazinasi, ko‘ngli esa ma’no yuzlariga oina.
Uning o‘rni yetti qavat osmondan ham yuqorida: yetti osmonning mushkul ishlari esa -uning oldida
xal. Uning maskani - soflik madrasasi; uning uchun eng tinch joy - do‘stlar xonaqohidir. Uning jilva
qilib qarab turadigan joyi yuksak osmon gulshani; suv ichadigan chashmasi esa aniqlik manbaidir.
U qurgan so‘z qasri shu qadar balandga ko‘tarilganki, unga hatto osmon ham sirtmoq sola olmaydi.
Bu qasrda shaytonlarning xas-xashagi ilinib qolishi imkoni yo‘q, chunki unda farishtalar to‘dasi qanot
qoqib yuradi.
Go‘yo jahon osmon gumbazi ostiga yashiringanday, u o‘z hujrasining gumbazi ostida yashirinib
o‘ltiradi; uni sen jahon ham dema, katta olam deb ata, Allohi taoloning qudratidan nishona deb bil. Uning
20
«Сирлaр xaзинaси» - Низoмий «Xaмсa»сигa киргaн биринчи фaлсaфий-дидaктик дoстoннинг нoми.
21
«Нурлaрнинг тaрқaлиш мaнбaи» - Xусрaв Дeхлaвий «Xaмсa»сигa киргaн биринчи фaлсaфий-дидaктик дoстoннинг нoми.
22
Aбдурaхмoн Жoмий кўздa тутилaди.
23
«Aсллaр тухфaси» - Aбдурaхмoн Жoмийнинг «Мaxзaн ул-aсрoр» вa «Мaтлaъ ул-aнвoр»гa жaвoбaн ёзгaн
фaлсaфийдидaктик дoстoнининг нoми.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
a
Do'stlaringiz bilan baham: |