www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
o‘zi bilan birga qaytanb olib kelgan edi. Uning yuzidan u - Ilohiy dargoh qanday yorug‘ bo‘lgan bo‘lsa,
oyog‘idagi changlarni bu dunyo ham o‘ziga surma qildi.
U (Payg‘ambar) Arshga g‘uncha bo‘lib borgan bo‘lsa, Yerga toza guliston bo‘lib qaytdi; zarra bo‘lib
borgan bo‘lsa, porlagan Quyosh bo‘lib qaytdi.
Uning Me’rojga chiqqani va qaytib kelgani bir onda yuz bergan bo‘lib, aql bunday tadbirdan
hayronlikda! Qayda ajoyibotlar va mo‘jizalar ko‘p bo‘lsa, ularni idrok etishda aql ojiz bo‘ladi. U
(Payg‘ambar)ning chiqishi va qaytishiga ketgan vaqt kichikning kichigi bo‘lib, bu fursat tahlilga
arzimaydi.
Bu baxtli safar shunday tugab, qutlug‘ yo‘lboshchi ruxsat oldi. Olam podshohi taxtid o‘ltirib, Olam
ishini intizomga solishda davom etdi. Shariat tili ko‘chirilgan daftarni o‘qib, tiriklik suvi esa kufr
qoraligini yuvar edi.
XII
She’riyat mulkida o‘zining zabardast bilagi panjalari bilan naqd tilla va gavharlardan iborat
besh xazinani qo‘lga kiritgan xazrati Shayx Nizomiy madhida va o‘sha gavharu tillalar umidida uning
panjasiga panja urgan Amir Xisrav ta’rifida
U so‘z san’atkorlarining boshidagi toj, hatto bahosi xazinaga teng o‘sha tojning gavharidir. U fazilat
konidagi gavharlarning qo‘riqchisi, kamolot daryosining qimmatbaho injusidir.
Uning ijodxonasi suvoqlaridan anbar hidi keladi. Xohaning to‘rt tomoniga esa sakkiz jannat
yashiringan. Garchi uning uyi ko‘ngil kulbasidek ixcham bo‘lsa ham, unda ikki jahon jilvalanadi. Baland
osmon uning masjidiga qandil, nur sochuvchi quyosh esa o‘sha qandildagi sham. Ka’ba uyidan doim
unga bir eshik ochiq; namoz vaqtida unga bu eshik mehrob vazifasini o‘taydi.
Ganja - uning vatani, ko‘ngli boyliklar koni bo‘lib, fikri xazinasi, tili esa o‘sha boyliklarni
ulashuvchidir. Uning fikr tarozusi «Xamsa»ni, «Xamsa» emas, balki «Besh xazina»ni o‘lcharkan, unga
Osmon tarozusi pallasi, Yer kurrasi esa botmon tosh bo‘ldi. Aql xazinachisi yuz avlod umri davomida
tarozuda tortsa ham bari bir, uning kichik bir qismini tortib ulguradi, xolos.
Uning so‘zlari latofat dasturxonida yoyig‘liq; tili esa ma’no durlarini ipga tizgani tizgan. U bebaho
so‘z durlarini tartibga solgani uchun taqdir unga «Nizomiy» degan taxallusni munosib ko‘rdi. Unga
nisbatan «Uning sirlari pok bo‘lsin!» deyishning xojati yo‘q, chunki poklik ruhining o‘zi uning fayzidan
nishonadir. Besh harf bilan yoziladigan va chiqariladigan son hisobi bilan hisoblasang «ming bir» uning
ismini bildiradi
19
. Shu hisob bilan uning gavharga teng nomi Xudoning ming bir ismiga hamohang
bo‘ldi. Bunda alif harfi uning o‘z ismini bildirsa, qolgan harflar uning bir ming sifatini anglatadi.
U sochgan durlar yer yuzini qoplab, hatto osmon qutilari ham limmo-lim to‘ldi. U so‘zga shunday
pardoz berdiki, boshqalarga bu sohada qiladigan ish qolmadi.
Undan keyin hind chavandozi ham hindiy xanjari bilan so‘zni saralab, xanjarining chaqmog‘idan
uchqunlar sachratib, mingan oti ham o‘tday tez harakat qilib, qayoqqa o‘zini o‘tdek tez va qattiq urmasin,
19
Aрaбчa ёзувдa Низoмий бeш хaрфдaн ибoрaт бўлиб, (нун) - 50, (изғи) - 900, (aлиф) - 1, (мим) - 40, (ё) - 10 ни билдирaди,
жaми - 1001.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |