Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
a
www.ziyouz.com
кутубхонаси
13
«Uning yuzi munavvar» - bu naqadar o‘zlikning olijanobligi! «Uning iqbol baxti bizg yo‘l
boshlovchi!» «Unga va uning uy a’zolariga salavot ayting!»
IX UChINChI NA’T
Ul payg‘ambarlik Kuyoshining soyasi yo‘qligining darajasi, to‘g‘rirog‘i, Quyosh bo‘lmoq uning
soyasi ekanini va besh barmog‘ida qalam ushlamagan holda yetti iqlimni qo‘lga olgani, hatto
barcha dinlarning daftarlari varaqlariga ma’n etish qalamini chekkani haqida
Ey sharaf ko‘kida yuzi quyosh sham’i bo‘lgan, u sham’ga ko‘k osmon soya singaridir! Agar senda
soya solish odati bo‘lmaganda, oyog‘ing ostiga tushib yotarmidi! Sham’ing darajasining buyukligidan
bu soyadan sen or qilding.
Chehrangdan Quyoshga ham nur taralib, uning atrofida soyasi yaqin kelolmay, ajralib yuradi. Alloh
senga bundan yuz xissa ortiq nur bergan bo‘lib, agar sen soyadan nafratlansang ham ajablanarli yeri
yo‘q.
Soya sening shaxsingga yor bo‘lmasa ham, ammo butun borliq sening qadring soyasidadir. Sham’ing
oldida qadimiyat nuri - qorong‘ilikdan iborat bo‘lib, nimaiki unga hamsoya bo‘lsa, o‘sha nurdir.
Barcha o‘tgan payg‘ambarlar senga soya sifat bo‘lib, bu dega-nim
- ular Sening Quyoshingdan
chiqqan ziyolardir. Olijanob Quyosh o‘z husnini turlicha namoyon etganda uning dag‘al jussasi o‘sha
soyaga sababchi bo‘ladi.
Sening zoting eng oliy nasabning javharidan bo‘lgani sababli Yer soyasi bilan birlashmadi. Sening
qo‘ling
umrida qalam tutmagan, buning uchun u qanday qilib qog‘ozni qora qilishi mumkin! Sen
qalamning uchini o‘zing ochmagan bo‘lsang ham, lekin barmoqlaring Oyning qalamini yorgan-ku!
Ushbu qalaming qog‘ozga bir nuqta qo‘ymagan bo‘lsa ham, boshqa dinlarni bekor etish masalalari
bo‘yicha ko‘p narsalami bitdi. Kimki sen xatingda ko‘rsatgan yo‘ldan chiqqan bo‘lsa, qalam kabi ular
o‘zlari o‘z yuzlarining qoraligini fosh etdilar. Kimki sen ko‘rsatgan yo‘ldan bir qadam chiqqan bo‘lsa,
qalam o‘rnida jazo tig‘i boshini kesdi-ku.
Agar qalam yo‘qolib ketsa, bundan tashvishlanishga xojat yo‘q. Chunki jahon senga bo‘ysunib
bo‘lgan. Sening xatingga Ajamdan boshlab Arabgacha bosh egdi. Shunday bo‘lgach, Sen qo‘lingga
qalam tutmasang, bunga ajablanishning o‘rni yo‘q. Qalam yig‘lab turib qo‘lingni o‘pmagan ekan, bu
alamli voqea uni bir umr azador qildi. Kim yuzini qora qilib, g‘amda ekan, bu - uning yuzi yorilganini
emas, yoqasi chok ekanini bildiradi. Qalamni qo‘lga
olmaganing sababi shundaki, bu qalam ko‘p
taqdirlarni qora qilgan edi.
Qog‘ozlarni qora qilishga berilib ketdik. Lekin baxti qoralarning ximoyachisi o‘zingdirsen.
Sening qalaming xat yozishga hech yaqinlashmadi. Qalaming bo‘lmasa ham,
sening nomalaring
Allohga qaratilgan. Sen Allohning
qadimiy va abadiy marhamati, baxti qaro bo‘lgan
odamlarning
umidisen.
Kimning umid-istagi baxtsizlikka yuz o‘girgan bo‘lsa, Sen ularning baxtsiz joniga ora kiruvchisan.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: