Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
11
Dur paydo bo‘luvchi sadaf yangi bir durga pardapo‘sh (ikki-qat) bo‘lganda, jahon dengizlarida 
g‘ulg‘ula va shovqin-suron ko‘tarildi. Uning yuzidan niqobni olinganda, boshqa bir bunday Oftob 
tug‘ilmagani ma’lum bo‘ldi. Tun qorong‘iligini nur egallay boshladi. Bu Yer yuzini esa behishtga 
aylantirdi.
 
 
VIII IKKINChI NA’T
 
 
Uning
9
 hayotining yosh niholi jahon gulshanini yashnatib, undan qirq yilgacha hayo va adab 
gullari ochilib, so‘ngra u payg‘ambarlik mevasini bergani, shuningdek, shoxi va barglari jannat 
daraxti shoxidan ham yaxshi o‘sib, bundan ikki olam ahli uning marhamati soyasiga kirgani 
Ey tug‘ilishdanoq yangi chiqqan Oydek ko‘ringan Zot! Yo‘lingning bolalik chog‘i qadimiy osmon 
odaticha edi. Insonlarning ham, farishtalarning ham joni, jononasi! Ikki dunyoning yakkayu yagona 
gavhari! Sening beshiging firuza rang taxtadan ishlangan bo‘lib, to‘xtamay tebratib turilardi.
Sen kabi toza bir yaprog‘ni bu Olam gulshanida ko‘pni ko‘rgan bu falak umrida ko‘rmagan edi.
Tashqi ko‘rinishdan bola, lekin aqlli daho, so‘zlaganingda bahodirlikdan boshqa narsa gapirilmasdi.
Tole’ yulduzing tuqqan kechasi esa Osmon o‘zi unga sajda qilgan edi. Bu kufrning buyuk tog‘iga 
shikast yetkazgan bo‘lib, shunda butlar ham, butparastlar ham yerga tiz cho‘kkan edilar.
Shunda Makkada dinimiz ahlining kuch-quvvati ortib, Uzzo va Lot butlari uzlatga chekingan. 
Quraysh ahli ziddiyatli bir ahvolga tushib, ba’zilari qayg‘uga botgan bo‘lsalar, ba’zilari aysh-ishrat 
qildilar. Agar sen otadan bahramand bo‘la olmay qolgan bo‘lsang, buning taajjublanadigan yeri yoq. Sen 
o‘gil bola bo‘lsang, senga kim ota bo‘lishi mumkin? Asl gavharing sadafsiz qolsa, buning qo‘rqinchli 
yeri yo‘q. Sadaf tark etilgan bo‘lsa ham undan eng qimmatbaho dur chiqdi-ku! O‘zining aslida bu dur 
sharafga ega bo‘lgan. U sadafdan or qilsa ham, buning ajablanadigan yeri yo‘q. Garchi bir sadafdan 
mingta dur chiqsa ham, mingta dur bitta dur bilan faxrlanadi. U qanday dur? Bu vafo qutisining 
gavharidir. Gavhar -qaysi gavhar? Bu hayo burjining yulduzidir.
Bunday yulduzdan Quyosh ham o‘zini baxtiyor xis etadi. Unga toiin Oy ham, yangi Oy ham xizmat 
qilishga tayyor. Quyosh uning amriga mute’ bo‘lib, undan namuna olsa, to‘lin Oy hilolga aylanishga 
tayyor.
U garchi tijorat ishlari uchun dastmoyaga ega bo‘lsa-da, ganj oldidagi qora tuproq misoli edi. U 
topgan foydaga el ko‘z tutib, ko‘zlari kundan-kunga ochilar, foyda va tijoratda unga ergashar edilar. U 
minib ketayotgan tuya bundan ham xursand, go‘yoki farishta ustiga nur yog‘ilayotganday. Shundan kelib 
chiqib savdo ahli unga «Amin»
10
laqabini berib, shu sababdan u Jabrailga hamdam bo‘lib qoldi.
U cho‘ponlikni o‘z kasbi ailib olib. echkilar arslon yashaydigan to‘qaylarni o‘zlariga vatan etdilar. 
Unga aql piri emukdosh bo‘lish bilan birga sutining mazasi shirinlikda o‘ta ta’mli bo‘lardi.
Lekin zulm zahri uning piyolasiga ko‘p ezilgan bo‘lsa ham, bu uning og‘ziga sut va shakar ta’mini 
berar edi. Bir necha achchiq-achchiq yig‘latadigan qiyinchiliklar yuz bergan. Ammo bularning 
hammasini u shirin muomala bilan daf etgan. Necha bor o‘zaro ixtilof tarafdorlari tunda urush-janjal 
qilib, uning boshiga yulduzlar miqdori qadar toshlarni yog‘dirdilar.
9
Муҳaммaд с.a.в. кўздa тутилaди.
10
Aмин - сaқлoвчи, oмoнaтгa xиёнaт қилмoвчи.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish