Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 

UChINChI MUNOJOT
 
 
Olam va odamni vujud koshonasidan yo‘qlik faromushxonasiga solmoq vujudi mutlaqdin o‘zga 
vujud turmasligi haqida bo‘lib, bu ma’nodagi fikrni vujud ahli (moddiyunlar) boshqa vujudga 
mutlaqo yaqin keltirmas va isyon zulmatida nazardan qolganlarga Olam yakunining shafoati yordam 
ko‘rsatur va o‘sha shafoat ko‘rsatganlarga olam va odamni yaratgan shafoat tilagay 
Ey, qahr etishni ham, lutf qilishni ham o‘ziga odat qilib olgan! Borni yoq hamda yo‘qni bor etding. 
Hech narsa avvalda yoq edi - bor qilding. Ularning hammalariga aql-zakovatni do‘st etding. To‘qqiz 
osmonni ham keng qilib yaratding. Yer yuzini ham yoyiq qilding. Sen yaratgan falakiyot bo‘ladimi, 
unsur (suv, havo, tuproq, olov) bo‘ladimi, ularning barchalari eng qimmatbaho javohirlardir. Kon 
bo‘ladimi, hayvonot yoki o‘simliklar dunyosi bo‘ladimi ularning har biri eng oliy sifatli gavharlardir. 
Ularning har birini garchi latif qilib yaratgan esang-da, ammo hammasidan ham Insonni eng sharofatli 
qilib yuzaga keltirding. Bir qatra suvdan tortib to‘la dengizgacha, zar sochuvchi quyoshdan zarragacha 
4
Лимaнил-мулк» - «Қуръoн»дaн.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
«
www.ziyouz.com
кутубхонаси
7
- unisini bunisiga, bunisini unisi bilan bog‘lab, ularning hammasini bir-biriga payvand qilib, bunga 
vositalar qatma-qat, tuklar-tuklar bilan tutashgandir. To bu oliy borgoh (Olam) tikilguncha, undagi ulug‘ 
korgoh - dunyo qurilishi ham muhayyo bo‘ldi. Bu dunyo keng va go‘zal yaratilgan bo‘lib, hatto unda 
ortiqexa soch tolasiga ham o‘rin qolmagandir.
Biroq agar Sen bularning barchasini buzmoqchi, boshidan-oxiriga qadar ostin-ustun qilmoqchi 
bo‘lsang - aql uchun ham bu qo‘rqinchlidir! Lekin bu Sening uchun osondir. Sen o‘z qudratingni 
ko‘rsatmoqchi bo‘lsang. undan biron nishon qoldirmasliging mumkin.
Endi-chi, saxovat dengizi junbushga kelgan ekan, yo‘qlikdan jismlarni paydo qila boshlaysan. 
Kimningdir qachon o‘lganini hisob qilib, bunga o‘n bir ming yil bo‘lgan bo‘lsa ham, tanasining daftari 
bo‘lak-bo‘lak bo‘lib, bo‘laklarga bo‘linmaydigan bo‘ladi. Bunday xolatda («Qur’on»dagi) «Qabrda 
nima bo‘lsa, sochiladi», «Ko‘krakda nima bo‘lsa ochiladi» iboralari jilva qiladi. Alloh yaratgan o‘sha 
kuni - «O‘sha bir kuni kishi o‘z birodaridan qochur»
5
.
O‘sha ohu nadomat kuni qanday kun bo‘ldi?! Uni ohu nadomat kuni emas, qiyomat kuni desa ham 
bo‘ladi! Oldin o‘tganlar ham, keyin o‘tganlar ham chorasiz, bandi xolida, har biri o‘z ahvolidan afsus va 
pushaymonda. Bunisi o‘z dardi uchun voy-voylasa, unisi o‘zi chekayotgan qiyinchilikdan xoy-xoylab 
yig‘lagani yig‘lagan.
Ularning ohlari maxshar kunidagi betoqatlikdan bo‘lib, bu yig‘i emas, balki buyuk daxshat sodir 
bo‘lgan soatdir.
Nomai A’mollar yozilgan qog‘ozlar odamlar orasida uchib yurar, ularni ko‘rib, hammaning yuragi 
qon edi. Ularning barchasida o‘zboshimchalik bilan badxo‘yliklar, badxo‘ylikkina emas, yuzqaroliklar 
yozilgan edi. Onasi qiziga qaramasdi, otasi o‘g‘liga. Hammalarining og‘zida xasrat nidolari!
Qayoqqa qaramang, guruh-guruh gunohkorlar. Ularning gunohlari esa tog‘-tog‘ edi.
Ularning har biri qo‘rqinchli bir ko‘rinishda bo‘lib, xalqa va zanjirlar bilan bog‘langan. Ularga yana 
do‘zax o‘ti g‘avg‘o solib, buni ko‘rganlarning so‘ngaklari mayda-mayda bo‘lib ketardi. Boshqa bir 
tomonda esa jannat gullari jilva qilib, ularga bu do‘zax o‘tidan ham battar ta’sir etar edi.
Kun qizig‘idan bosh qaynar, qiyomat ahlining dod-faryodlari osmon-falakkacha chiqar edi. U yerda 
xayol toridek ko‘prik ham bo‘lib, lekin bu xayol amalga oshishi qiyin bir xayol edi.
Bu yerda panja va bilak kuchga to‘lgan bo‘lib, uni adolat tarozusining tartib-qoidasi ushlab turardi.
U yerda odil hukmdor (Alloh) hukmronlik qilar, binobarin, «uning podsholigi doimiy bo‘lsin, hukm 
chiqarish va sha’n-shavkat uning qo‘lida»dir.
Zulm shu’lasi avjiga minib, qaxr dengizi mavj ura boshlaydi. Bunday, lahzalarda avliyolar ham 
o‘ylanib, payg‘ambarlar ham hayratga botishlari turgan gap. Bundan arablardan chiqqanigina 
(Muhammad s.a.v.) mustasno bo‘lib, faqat u xalqni ximoya eta oladi. Goh u sirot ko‘prigi ustigacha 
chiqib, bir necha lahza (savob va gunohlarni tortuvchi) tarozu oldida yelibyuguradi. Goh uning buyuk 
himmati og‘ziga kuch berib, o‘zining mayin tovushi bilan: «Ey mening ummatlarim, xoy mening 
ummatlarim!» - deydi.
U faqat gumroh ummatlarini emas, balki Alloh nimani yaratgan bo‘lsa, hammasini chaqirib 
so‘zlashardi. Payg‘ambar nima desa, Tangri hamma deganim qabul qilar, uning mayli qaysi maqsadga 
qaratiigan bo‘lsa ham, uning istaklari Alloh hisobidan bajarilardi.
5
Қуръoн»нинг «Aбaсa» сурaсидaн.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
«

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish