2- SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI
TASHKIL ETISH
Eshonqulova Shafoat
Jizzax davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
Aннотация
:Ushbu maqolada boshlang’ich 2-sinflarda matematkadan
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda,matematik to’garak,
matematik o‘n
minutliklar,
matematik viktorinalar, matematik devoriy gazeta, qiziqarli matematika
kechalari, matematik ekskursiyalarni shakllantirish xaqida gap boradi.
Аннотации:
В этой статье обсуждается организация внеклассных занятий по
математике во 2-м классе, формирование математических кружков,
математика десять минут, математические викторины, математические
плакаты, веселые вечера математики, математические туры.
Annotation
: This article discusses the organization of extracurricular activities in
math in elementary 2nd grade, the formation of math circles, math ten minutes, math
quizzes, math posters, fun math nights, math excursions. Annotation
Kalit so’zlar:
Matematik to’garaklar, matematik o‘n minutliklar, matematik
viktorinalar, matematik devoriy gazeta, matematik ekskursiya.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan
tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida
ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
Matematika sinfdan tashqari ishlarning dolzarbligi 2- sinflarda
matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolalarning bilim saviyasiga
qaraladi.Matematikani yaxshi o’zlashtirmagan o’quvchiga o’quvchilar bilan
unchalik qiyin bo’lmagan misol va masalalar yechishni o’rgatamiz.Yaxshi
o’zlashtirgan o’quvchilarga mukamallroq misol va masalalar yechish o’rgatiladi.
Matematika sinfdan tashqari ishlar maqsadi o’quvchilarga matematik o’n
minutlik,matematik
to’garak,matematik
devoriy
gazeta
va
matematik
ekskursiyalarni tashkil etish. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari
ushbulardan iborat: o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini
chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini,
topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini
orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash;
mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash.
Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning
ushbu turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika
kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar. Shuningdek,
sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini
rasmiylashtirishlar ham kiradi. Oldin 2-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil
qilinishi va o‘tkazilishini qarab chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning
asosini
matematik o‘n minutliklar
tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar
hafdasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar
sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir.
Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga
o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli
qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar
hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. Qiziqarli
matematika
soati
darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 2-sinfda bu
mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-sinflarda sistemali ravishda (ammo
oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab
qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 2-sinfda 25-35 minut . Mashg‘ulot o‘tkazish
uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq
masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar,
rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematik to‘garak
matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning
eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish
ko‘rsatgan
o‘quvchilar
bilan
bajariladigan
chuqurlashtirilgan
ish.
To‘garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadi.To’garakda o’quvchilar
baholanmaydi. Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini
tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 2-sinfda o‘tkazilgan bazi
to‘garak
mashg‘ulotlarining
taxminiy
rejasini
keltiramiz.
I
mashg‘ulot.
1.
Rebuslarni
o‘ylab
topish.
2.
Qo‘shishga
oid
qiziqarli
masalalar.
3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashqlar.
4.
Hazil
masala.
5. « Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma » o‘yini.
2-sinfda matematik to’garakning ish rejasidagi mavzularni keltiramiz:
1.
Yig’indi va ayirmalarni topishga doir soda misollar
2.Qiymati bir xil bo’lgan misollar
3.Qo’shish va ayirishni tekshirish
4.To’g’ri burchak to’g’rimas burchak
5.Ko’pburchak perimetri
6.Sonlar va hisoblashlar .100 ichida 10likdan otib qoshish va ayirish
7.Sonlar o’qi va uning modellari 100 ichida sonlarni xonadan
8.2-xonali sonlarning o’nli tarkibi
9.Bir xonali sonlarni ko’paytirish
10.Ulushlar.Geometrik shakllar va kattaliklar.
Matematik matbuot
: boshlang‘ich sinflarda chiqariladigan gazetalar va
o‘tkaziladigan viktorinalar mazmunini ko‘proq topishmoq, boshqotirgich, rebuslar
va boshqa xildagi qiziqarli materiallar tashkil qiladi va ularning maqsadi
o‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini orttirishdan iborat bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarning matematika gazetasi rangli qilib bajariladi, masala va
misollar rasmlarda beriladi va qiziqarli xarakterda bo‘ladi.Masalan:
Masalan:
Savatda oltita olma bor .Shu olmalarni oltita bolaga bittadan shunday
bo’lib beringki,savatda ham bitta olma qolsin.(Javob:5 bolaga bittadan,6 chisiga
savati bilan2. Bitta tayoqchaning 2ta uchi bo’lsa,bir yarimta tayoqning nechta
uchi bo’ladi? (Javob:4ta).3.4ta qush 4ta qurtni 4minutda esa,8ta qush 8ta
qurtni necha minutda eydi?(Javob:4minutda).
Matematik ekskursiyalarning
maqsadi- aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab
qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan
olinadi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar o‘tkazish muhim
qiyinchiliklarga bog‘liq va o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab qiladi:
o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, ko‘rib kelishi ekskursovodga
qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti haqida ko‘rsatmalar
berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi
nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini
va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan
o’rniga qarab balalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, firmalarga va boshqa
joylarga ekskursiyalar o’tkaziladi. Qurilish materialidan foydalanish haqida
masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarni keltiramiz.
1.Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish
unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik kavlaydi? 2.Qurilishda yuk tashishda 4 ta
avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va 2ta yukchi ishlaydi.
Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band?
Xulosa qilib aytganda 2- sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etishda bolalarning bilim saviyasiga qaraladi. Matematikani yaxshi o’zlashtirmagan
o’quvchiga unchalik qiyin bo’lmagan misol va masalalar yechishni o’rgatamiz.
Yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilarga mukamallroq misol va masalalar yechish
o’rgatiladi. O’quvchilarga qiziqarli savollar va qiziqarli masalalar krassvordlar
yechishni, bolaning bilim saviyasini yanada oshirishga, fikrlashga o’rgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
A.Asimov, Sh.Jo’raev, “Boshlang’ich ta’limda iqtisodiy tarbiya
muaommolari”,Ilmiy maqolalar to’plami,Farg’ona 2011-yil
2.
M.A.Mirzaahmedov,” Matematika va iqtisod ”,Boshlang’ich ta’lim 2005 yil
4-soni
3.
D. Yusupxo’jaeva,”Iqtisodiy tarbiyani shakllantirish ” Boshlang’ich ta’lim
2004 yil 3-soni
4. Jumayev M.E. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan
praktikum”
Do'stlaringiz bilan baham: |