www.ziyouz.com
кутубхонаси
10
Ey Tangrim, Sening karaming dengizi jo‘sh urib turarkan, o‘sha muhtojlar to‘dasi oh-fig‘on chekib
turgan chog‘larida garchi ularning gunohlarining xaddu poyoni bo‘lmasa-da, Sening ularga rahm
qilmasligingning ham imkoni yo‘qdir. Lutfingning shohona pardasini tortib, ularning qilgan-qilmagan
gunohlaridan kechganingda barchalari navozishing bilan hurmatga sazovor bo‘lganlarida, bundan
Navoiyni ham maxrum etmagaysen! Unga, ya’ni Navoiyga hur ham kerak emas, jannat ham. Uning
uchun Sen o‘zing bo‘lsang, unga shuning o‘zi yetadi.
VII BIRINChI NA’T
(Mazkur madh) ul hazrat (Muhammad s.a.v.) paydo bo‘lgan turning qadimiyligi haqida bo‘lib, eng
avvalgi harakatlaridayoq bu bebaho durning yolqini mahfiylik ipini uzdi va u yagona gavharning
porloq nuri shu’la ko‘rguzdi va durjdan durjga ko‘chib, safiyulloh (Odam a.s.)dan Abdulloh
6
gacha
yetdi
Sening miring shu’lasi zuhur qilganda, ungacha na soya bor edi, na nurning o‘zi. Ikki dunyo paydo
bo‘lguniga qadar Sening nuringga tob bera oladigan hech narsa yo‘q edi. Jism (tana) qismlari
(burchak)iga yig‘ilgan, har narsaning asl Zoti(dan namunalar) joylashtirilgan tokchaga ruh sham’ yoqdi.
Azal subhi bazming chirog‘ini qo‘lga kiritganda, boshqa yuz minglarcha chirog‘lar ham charaqlab
ketgan bo‘lsa ajab emas. Odam Ato Senga nisbatan avvalgiday, aslida u senga o‘g‘il bo‘ldi, so‘ng
insonlarga ota.
O‘z nasliga ko‘ra har bir odam u bilan payvand, farzandiga barcha farzanddirlar. Kimki bunga xujjat
da’vo qilsa, «Qur’on»dagi «Men payg‘ambarman» iborasi yetarli xujjatlardir. Tabiati nosog‘ biron kishi
yana boshqa bir dalil talab qilsa, bunga «Odam» so‘zidagi «alif», «dol» va «mim» harflari borligi
yetarlidir. Chunki bu harflarning hammasi «Ahmad» so‘zida ham qadr-qiymat topgan bo‘lib, o‘g‘lida
(otasida bor) uch harf otadan belgidir.
«Ho»si senga muhabbat nasib bo‘lganini anglatib, Alloh seni o‘ziga «Habib»
7
dedi. Alloh yuzida
nima yashiringan bo‘lsa, ular hammasi habibi yuzida ham namoyondir. Bu ko‘zguni unga guvoh qilib,
u ne qilsa, uni ko‘zgu aks ettirib turar edi.
Tuproqdan bo‘lgan odam zuhur etgandan keyin unga ul pok nur o‘z yolqinini joylashtirdi. Uni nur
emas, abadiy yashin, yashin ham emas, Ahmad
8
ning oldindan ma’lum bo‘lgan zo‘r shu’lasi deyish ham
murnkin.
Odam Atoga shunday shu’la yashiringandan keyin, ichida nihon, biroq yuzida aniq ko‘zga tashlanib
turadigan bo‘ldi. Shunday qilib, uning yelkasiga shon-sharaf to‘ni yopilib, boshidan sharaf toji o‘rin oldi.
Shu yo‘l bilan (Allohga) elchilik taxtida u shoh, farishtalar guruhiga esa panoh boidi.
Shundan keyin u Havvo bilan birlashish payiga tushdi. Shu yo‘sinda bu nur Havvoga ham ko‘chdi.
Havvoning yuzini u poklab, Xudoning nuri hurlarning yuzini chiroyli qilgandek bo‘ldi. Bu xususiyatlar
Shisga
10
ko‘chgandan so‘ng, uning yuzi hatto Oyni uyaltiradigan darajaga yetdi. Avlodlari ipidan bir
dona gavhar kamaysa, qornidan yana boshqa bir gavhar o‘rin oladigan bo‘ldi. Otadan ota, onadan onalar
yuzaga kelib, shundan keyin bunaqa Ona boshqa paydo bo‘lmadi. Shu ravishda Muhammad (s.a.v.)
elchilik durrining xazinasi, yanada to‘grirog‘i, payg‘ambarlik gulining gulshani bo‘ldi.
6
Aбдуллoҳ - Муҳaммaд a.с.нинг oтaлaрининг исми.
7
«Муҳaббaт», «Ҳaбиб» сўзлaридa «ҳ» ҳaрфининг бoрлигигa ишoрa қилинмoқдa.
8
Aҳмaд - Муҳaммaд пaйғaмбaримизнинг нoмлaридaн бири.
10
Шис - Бу ўриндa Одaм a.с.нинг ўғли кўздa тутилaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |