www.ziyouz.com
кутубхонаси
21
xaridor ko‘p. Lekin o‘tinning ham bozori bor. Ipak va atlasdan xashamli kiyimlar bo‘lganidek, namat
to‘qimalari ham itning ustini yopish uchun kerak-ku? La’l, yoqut va durlar odatda yuksak baholanadi.
Lekin kaxrabo somonni o‘ziga tortadi. Shoh musaffo maydan uch qadah ichdimi, mayxo‘rlar uning
quyqasini ham qoldirmaydi.
Men o‘zimni it kabi past baholab, o‘zimni ulug‘lar ushlagan arqonga bog‘ladim. Ular yo‘qlik
dashtiga yo‘l olgan ekanlar, men ham soya kabi ularga hamqadam bo‘lay. Ular mangulik g‘origa kirib
g‘oyib bo‘lsalar, men ham ularga to‘rtinchi yo‘ldosh - iti sifatida qo‘shilay
26
.
XIV
Odamzod vujudi osmonining jahonni yoritar yulduzlari va inson zotiga xos bo‘lgan konning
behisob javharlari bo‘lgan so‘z ta’rifida va baxt yulduzlarining bir-biri bilan yaqinlashishi yaxshi
belgi ko‘rgazgani hamda qimmatbaho javharlarning bir-biri bilan
yaqinlashuvi yoqimli tuyulganidan nazm tarkibini nasr tartibidan ortiq ko‘rish haqida
So‘z gavharining sharafi shunchalar yu’ksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la
olmaydi. To‘rt sadaf
27
ichidagi gavharga quti ham shu so‘z, yetti qavat osmon yulduzlarining burjlari
ham shu so‘zdir.
Inson ko‘ngli qaysi tomonga boqmasin, jahon bog‘chasida yuz xil yangi gullarni ko‘rarkan, ular
barchasi bir vaqtlar sirli yo‘qlikning gulshanida yashiringan, g‘unchalar ham hammasi ochilmagan xolda
edi. Azaliyat tog‘idan mayin shabada esa boshlashi bilan jahon bog‘idagi shuncha gullar ochilib ketdi.
Bu oddiy shabada emas, gullar sochuvchi shabada bo‘lib, u na’matak va undan to‘kilgan gul yaprog‘iga
o‘xshab ketadi. Shu ikki narsani donishmand odam bir-biriga yopishtirsa, «kofu nun» xosil bo‘ladi
28
.
Dunyodagi hamma bir-biriga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan narsalar - barchasi shu «kof» va «nun»ning
bolalari, o‘shandan oavdo bo‘lganlar. Bu bolalar yana hisobsiz bolalar ko‘rib, bola o‘zi ham ota, ham
o‘g‘ilga aylandi. Uni so‘z bilan qanday maqtash mumkin? Axir, nima deyilsa ham uning o‘zini o‘zi bilan
maqtalgan bo‘ladi-da!
So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga extiyoj sezadi. So‘z dunyoda
bor barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til
bamisoli bir po‘lat xanjar bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi
bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir. So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi.
So‘zdan tandagi tirik ruh xalok bo‘lishi mumkin.
Yaxshi so‘z bilan oiganni tiriltira olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini «Jonbaxsh» degan laqab bilan
atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan; Jabrail ham so‘z yukiga hammol boigan. Tangri insonni
sirlar xazinasi darajasiga ko‘targan ekan, uni so‘zlash qobiliyatiga ega boigani uchun hayvonlardan ortiq
qilib yaratdi.
Gʻuncha og‘izlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib turib olsa, uning mayday totli la’li lablari
aqlni mast qilsa, mastlik u yoqda tursin, mayparast qilib qo‘ysa ham, tashqi ko‘rinishi bilan
osmondagi’oy bo‘lsa ham devordagi surat bilan uning ko‘rinishi o‘rtasida farq yo‘q.
26
Нaвoий бу ўриндa уч aзизнинг пoдшoх зулмидaн қoчиб, бир ғoргa яширингaни, улaргa бир ит ҳaм эргaшиб, яxшилaргa
эргaшгaни учун aзизлaр хисoбигa қўшилиб қoлгaни хaқидaги мaшхур aфсoнaгa ишoрa қилмoқдa.
27
Тўрт сaдaф- сув, хaвo, ўт, тупрoқ.
28
Aрaбчa «к» вa «н» хaрфи бир-биригa қўшилсa, «кун!» бўлиб, «ярaл!» «бунёд бўл!» дeгaн мaънoлaрни билдирaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |