www.ziyouz.com
кутубхонаси
22
Chiroyda yuzi oyning rashkini keltirmasa ham, la’lga o‘xshash lablari shakardon bo‘lmasa ham,
g‘amzasi bilan birovlarga o‘q otmasa ham, shunday qilib kipriklari safini kamaytirmasa ham, o‘z
go‘zalligi bilan talonchi va tannoz emas esa-da, unda faqat to‘g‘ri husn bilan noz bo‘lsa, lekin
po‘pisa bilan so‘zlayotgan chog‘ida, tili achchiq bo‘lsa ham, javobi shirin bo‘lsa, o‘zicha fitnalar
qilsa, turli va’da va xabarlar keltirsa, dashnomlar berib, aqlni mast qilsa, shunday malohat ustiga
yana yolg‘onchilik qilsa, yolg‘onchiligi yarangga tuz sepib tursa - bunday alangalarda kim yonishni
istamaydi?! Va bunday yaraga kim ham davo qila oladi?!
U o‘z husni bilan ibodat qiluvchini ham yo‘ldan ozdirsa, husniga shirin so‘zligi zeb berib tursa, shu
husnu malohat bilan gapirib, o‘tkir so‘zligini qoida bilan bayon etsa -bunday go‘zal butun odamzod
jinsiga o‘t yoqadi, butun odamzodni emas, butun olamni yondiradi. Har lahzada odamlarni o‘ldirib,
kuydiradi, inson zoti borki, hammasini o‘rtaydi.
Bazmda har qanday sozanda dilkash kuylami ijro etib, kuyda qancha yaxshi takrorlar, mashqda
qancha yaxshi naqarotlar bo‘lmasin, tushungan odamlar undan to‘la qanoatlanadilar. Kuy ijrosi cho‘zilib
ketsa, ularga malol ham keladi. Bu kuy orasida joyini topib, Navoiy so‘zi bilan bir g‘azal ashula qilib
aytilsa, so‘zlar olov purkab, tinglovchilar qalbini mung bilan ezsa, u vaqtda sen bazmdagi to‘polonni
ko‘r! Mayxonadagi g‘avg‘olarni tomosha qil! Yoqa yirtish qanday bo‘lishini ko‘r, fig‘on tortib, o‘zini
o‘ldirganlarga boq!
Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon dengizidagi haqiqiy durdona deb bil.
Qalam so‘zni sharxlab yozgan shuncha gaplar nasrga oiddir. Nazmdagi so‘zning xossasi bundan ham
boshqacha. Oddiy so‘zlashuvda yolg‘ondan e’tiborsiz narsa yo‘q. Lekin nazmdagi yolg‘on
(mubolag‘a)ni donolar ham ma’qul ko‘radi. O‘z joyida tizilib turgan tishlar durday yaxshi ko‘rinadi.
Ular sochilib ketguday bo‘lsa, qanday qimmatga ega bo‘lishi mumkin?!
Gul va daraxtlar bog‘da soiim ko‘rinadi. Tog‘da esa ular hammasi o‘tin hisobidadir. Nasrda sochilib
yotganligi kishini noxush qilsa, she’rda mavjud tartib-qoida ko‘ngulni xursand etadi. Bandalarini
kechiruvchi Xudo ularni xilma-xil qilib yaratar ekan, ularning har qaysisini boshiga bir-biridan farq
qiladigan toj bilan paydo qilgan. Shoh gulshanda bazm qurib, shodlik yo‘lini tutadi. Har kishi o‘z
darajasini bilib o‘tirsa, yig‘inda tartib-intizom bo‘ladi. Bordi-yu ichkilik aqlini yeb, shoh o‘z yoniga
eshik og‘asini tortsa yoki qul o‘z begi bilan adi-badi aytishadigan bo‘lsa, unday bazmda tag‘in qanday
xalovat bo‘lishi mumkin?!
Shohmot taxtasiga donalarni to‘kkan odam bir necha yog‘och parchalarini uyadi. Birov ikki tomonga
u donalarni ikki qatordan qilib tersa, u chiroyli ko‘rinadi. Shohmotning ikki tomonidagi ikki qator xuddi
ikki misra she’rga, to‘rt qator esa she’rning ikki matlaiga o‘xshab ketadi. Bundagi har dona ajoyib
muammo bo‘lib, ularning zimnida otlar ham paydo bo‘ladi. Odam qancha to‘g‘ri fikr qilmasin, bunda
ozgina parishonlikka yo‘l qo‘ysa, otning yurishi tufayli mot bo‘lib qolishi mumkin.
She’r daftari ham bir-biriga bogiangani uchun uning varaqlari gulzordagi gulday toza.
Daftarning ipi so‘kilsa, uning varaqlarini shamol har tomonga uchirib yuboradi. Gulshanda gullarning
saf tortib ochilib turishi, bu - nazm; ularning yerda sochilib-to‘kilib yotishi esa
nasrdir. Nazm bu qadar yuksak e’zozlanmasa, Tangri So‘zi
29
da she’r bo‘lmas edi.
Nazmda ham asosiy narsa ma’nodir, uning shakli esa har xil bo‘lishi mumkin. Yaxshi mazmunga
ega bo‘lmagan she’r tushungan odamlar tomonidan yaxshi baholanmaydi. Ham yaxshi shaklga ega
bo‘lgan, ham go‘zal ma’no asosiga qurilgan she’r - haqiqiy she’r.
Ey Xudo, xuddi shunday she’rlar xalqning muhabbatini qozonsin. Xasta Navoiyga ham shuni nasib
et!
29
«Қуръон» назарда тутилади.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |