www.ziyouz.com
кутубхонаси
30
Shu hayrat ichida u shunday o‘tli bir hayqiriq soldiki, shundan keyin bor narsalarning bari biyron-
biyron gapirsa ham, u xomush bo‘lib qoldi. Bu xomushlik uning dimog‘iga - oh-voh bulutlari bilan ta’sir
etib, uni behush etib qo‘ydi.
Ey soqiy, yana badanimda issiq bor, may suvidan yuzimga gulob sep. Toki men yana xushimga kelib,
gapimni o‘nglab olay; so‘ng so‘z chamanida bir kuy kuylay.
XIX IKKINChI HAYRAT
Sharaf qanotli ul qush (ko‘ngul)ning narsalar olami gulistonidan farishtalar olami shabistoniga
uchib, u keng manzilning sham va mash’allarining so‘zlovchi tili bilan asl Yaratuvchi yodiga
mashg‘ul ekanini bilib, hayratdan bu olamdan boshqa bir olamga borgani va bu hayrat yana uni
behush qilgani
Xo‘tan go‘zali o‘z zebo jamolini yopgach, shamol shabadasi yer yuziga qora mushk sepishga
kirishdi
45
. Anbar hidli nafasni shabada dimoqqa olib kela boshladi. Nargis hidini beruvchi varaqlarni
shamol yopdi. Jahon gullarining shoxlaridan sariq barglar to‘kilishi bilan falak bog‘chasidagi oq gullar
54
ochila boshladi.
Ha, quyosh Chin qo‘g‘irchog‘iday yuzini o‘girib olib, endi sochini yoyib, qora mushk socha
boshladi. Yezilgan mushkning yoqimli hididan tun yulduzlarining dimog‘i qaqradi. Bu qaqrash unga
shunday ta’sir etdiki, ko‘zlarini yumib, uyquga ketdi. Bulduruq qush egnini qisib, parda yopinganday
o‘ltirib oldi: ko‘rshapalaklar parda qanotlarini ochib, ucha boshladilar. Osmonga qarab yo‘l olgan
boyqush doira shaklidagi oyni o‘ziga childirma qilib oldi. Ko‘k o‘lanlar atrofida rang-barang atirgullar
yulduzlardan tizilgan lojuvard doiraga o‘xshardi.
Bu kecha ham Xoja
46
yuz xil mashaqqatlar chekdi; bu qiyinchiliklarning biri ikkinchisidan qiziq edi.
Nayrangbozlikni o‘ziga kasb qilib olgan falak har nafasda bir yangi tilsim ko‘rsatardi. Osmon go‘yo bu
masxaraboz uchun bir chodir edi. Yulduzlar esa uning kumushtan qo‘g‘irchoqlari edi. Somon yo‘li
o‘zining cho‘ziq ko‘rinishi bilan osmon sayri uchun unga yo‘l edi. Falak ayvonida ko‘zga tashlangan
chiziqlar xat emas, osmon qorong‘iligining yo‘l ko‘rsatuvchisidir. Osmon bog‘iga shu qadar ziynat
berilganki, har bir yulduz bir gul bo‘lib, quyosh ham rashk etardi.
U muqaddas qush (ko‘ngul) yana o‘ynagisi kelib yana ham balandga havolab uchdi. Uning tuproqdan
iborat vujudi yerda qolgan edi. O‘zi falak yulduzi bo‘lib, osmonga ko‘tarildi. Rux qanotli qushga aylanib,
tun qorong‘iligida sayr qilardi. Ushbu jannat bog‘ining qushi birinchi chaman (osmon)ni aylana
boshladi. Bu chamandagi oy yaxlit bir javhardan iborat bo‘lib, olam uning markazi, o‘zi esa uni o‘rab
turgan dengizday edi. Bu oliy javhar xalqa bo‘lib aylanar, uning uzuk ko‘ziga o‘xshash ko‘zi eng quyi
bir nuqtaga joylashgan edi. Yo‘q, u xalqa ham emas, balki aylana lagan edi; uning sham’i esa
majlislarning mash’ali edi. Bu hajr maskanining mash’ali, gadolarning buzuq kulbasida sham’ vazifasini
o‘tar edi. Uning nuri buzuq kulbaga farog‘at sham’idek, sham’ ham emas, shamchirog‘ gavhar o‘rnida
45
Бу бaйтдa кeчқурун қуёш бoтжх. қoрoнғи тушa бoшлaши ҳaқидa гaп бoрмoқдa. «Xўтaн гўзaли» - Қуёш. Xўтaн Шaрқий
Туркистoндaги бир шаҳар нoми. Бу ўриндa ушбу сўз қуёш чиқaдигaн шaрқ рaмзи бўлиб кeлмoқдa.
54
«Оқ гуллaр» -
юлдузлaр кўздa тутилaди.
46
Кўнгулгa, дeмoқчи шoир.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |