www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
edi
47
. Uning ko‘rinishi doira monand bo‘lib, Xudoning nomini kuylab, tasbeh o‘girayotganga o‘xshaydi.
Goh muttasil Xudoni madx etish uchun uning butun vujudi til ko‘rinishiga kirardi.
U (ko‘ngul) yana bir (osmon) bog‘iga kirib, joy oldi. Unda kumush badanli bir mahbuba turardi
48
.
Uning qoshlari fusungar, ko‘zlari tannoz bo‘lib, biri ishva ko‘rsatsa, ikkinchisi noz qilardi. Sochlarining
jingalaklarida yuzlab tugunlar bor edi. Yuziga esa mushkdan sovut yasatib olgan edi. O‘zi ham mahbuba,
ham musiqachi, ham soqiy, ham ashula to‘quvchi edi
49
. Uning yuzi yigitlik mayidan qip-qizil, sherigi
esa bir qari chol
50
. Kasallik uning suyaklarini chiqarib qo‘ygan, hatto badanidagi tomirlar ko‘rinib
turardi. Bu mutrib-tabib uning tomirlarini chertib ko‘rar, tomirlar esa qon yo‘g‘idan nola chekar edi.
O‘zi’ham u tomirlarga jo‘r bo‘lar, bu kuydan tomirlar ham, tomir ko‘radigan ham xursand bo‘lardi.
U (ko‘ngul) yana bir hujra (osmon) ga qadam qo‘ydi. Unda eng nodir donishmand bir xattot o‘ltirar
edi
51
. Bu hujrada uni munshiy (xattot) deb atashardi. U xat yozishga kirishganda durni ipga uzganday
qilardi. Uning ta’bi mumday yumshoq va yoqimli, naqshni esa eng chiroyli uzuklardan olardi. Suv
olmoqchiday oldidagi har siyoxdonga murojaat etar, o‘zini ham o‘sha idishga hamrang qilgan edi. Uning
qalamidan qog‘oz qoraymasdi. Chunki u Xudoning madhidan boshqa narsani yozmasdi.
U yana bir boshqa gulshan (osmon)ga ko‘chdi: undagi har bir chamanni kezdi. U yerda shunday bir
pari paykar o‘ltirardiki, u - osmon qutisining eng qimmatbaho gavhari edi
52
. Uning javhari jon
manbaidan ham yorug‘, dunyodagi hech bir narsa undan yorug‘ emas edi. Uning vujudi dunyoni o‘zida
aks ettiruvchi oinaga o‘xshardi; oy ko‘zgusi undan nur olardi. U osmon bo‘ylab malaksifat parvoz etardi;
porloq nurlar unga har tomondan qanot edi. Uning chashmasini Isoning o‘zi topgan bo‘lib, toza nafasidan
o‘luk tirilardi. Chashmadan u obi hayot suvini ichar edi. Kecha qorong‘iligi esa uning uchun obi hayot
yashirilgan zulumot edi. Uning vujudidan chashma suvi oqib chiqib, atrofga ariqlar porloq nurdek taralar
edi. Yo‘q, bu chiziqlarni boshidanoxirigacha tillarga o‘xshatsa ham bo‘ladi; uning har bir tili Xudoning
yodidan so‘zlardi.
U (ko‘ngul) yana o‘rnidan turib boshqa maydon (osmon)ga xallosladi; unda qo‘liga nayza ushlagan
bir pahlavon jangchi turardi
53
. Uning qaxri kelib, g‘azab tutuni ko‘tarilsa, har bir uchquni yuz yilgacha
dumli yulduzdek osmonda uchib yuradi. Uning ishi hamma olamlarga qaxr sochish bo‘lib,
achchig‘langanidan butun vujudi zaharga aylanib ketgan. Achchig‘idan har tomonga tig‘ soladi, tig‘idan
esa qon emas, zahar tomadi. Uning may ichadigan kosasi odamlarning boshidan; ichadigani esa may
o‘rniga qon. Qorong‘i kechada u otgan o‘qlar yulduzday uchadi; qilichi kesgan yer yangi oyga o‘xshaydi.
Nayza va o‘qlari, hatto tig‘i ham Xudoga shukr aytishga kelganda tilga aylanadilar.
U (ko‘ngul) yana bir manzil (osmon)ga o‘tdi, uning saxnida bir xushbaxt kishi joylashgan edi
54
. O‘zi
farishtasifat, kiyimi ipakdan, bu kiyimni darveshlarning ridosi desa ham bo‘ladi, oddiy yopqich desa
ham. O‘zi olti zinali minbarda o‘ltiribdi, yuzidan uning zuxd-toatda ulug‘ligi bilinib turardi. Kechalari
yuzini ochib ko‘rsatish uning odati, saodat nurlari unga mash’al edi.
47
Бу мисрaлaрдa oй, oйнинг қўтoнлaши ҳaқидa гaп бoрмoқдa. Қaдим Шaрқ aстрoнoмияси фикричa, oй биринчи oсмoнгa
жoйлaшгaн
48
Бундa иккинчи oсмoн вa ундa жoйлaшгaн Aтoруд (Мeркурий) сaйёрaси ҳaқидa гaп бoрaди.
49
Aтoруд шaрқдa шoир вa сaнъaткoрлaрнинг хoмийси ҳисoблaнaди. Бу бaйтдa шунгa ишoрa бoр.
50
Aтoруд қўлидaги aрфaгa ўxшaш xaёлий мусиқa aсбoби ҳaқидa гaп бoрмoқдa.
51
Бундa Зуҳрa (Вeнeрa) плaнeтaси (Чўлпoн юлдузи) кўздa тутилaди. Бу плaнeтa Шaрқдa кoтиблaрнинг хoмийси
ҳисoблaнaди.
52
Бундa қуёш кўздa тутилaди.
53
Бундa Мирриx (Мaрс) сaйёрaси кўздa тутилaди. Одaтдa қўлигa нaйзa ушлaгaн жaнгчи сифaтидa тaсaввур этилгaн вa
жaнгчилaр хoмийси ҳисoблaнгaн.
54
Бу ўриндa гaп Муштaрий (Юпитeр) сaйёрaси ҳaқидa.
64
Бундa Зуҳaл (Сaтурн) сaйёрaси тaсвирлaнмoқдa.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |