Buloqboshi tumani 29-maktab



Download 16,58 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi16,58 Kb.
#712819
Bog'liq
Заковат саволлари

Buloqboshi tumani 29-maktab


Buloqboshi tuman Shirmonbuloq QFY Uchtepa MFY Bo'ston ko'chasi
Home Dars jadvali Dars ishlanmasi Fotolavhalar Testlar O’quvchilar
Zakovat savollari
9-“A,B” sinf uchun Zakovat savollari

1.U bizning eng arzon va ayni vaqtda qimmatbaho mulkimizdir.Suvorov:”Pul aziz,inson undan hamaziz,uesa hamma narsadan aziz”deb aytgan.Benjamin franklin esa:”Modomiki,u eng qimmatbaho mulk ekan,unda uni talon-taroj qilish eng og’ir gunohdir”deb aytgan.Savol:eng arzon va qimmatbaho mulk nima ekan?

Javob:Vaqt

2.Dunyoning o’nlab davlatlarida “Makdonal’ds” firmasi faoliyat olib boradi.Boshqa ovqatlanish joylaridan ko’ra narxlar bu yerda bir muncha arzon.250 mingdan ortiq ishchi ishlaydigan firma nimaning hisobiga xarajatlarni pasaytirib turadi?

Javob:Ishchilar maktab,kolej va litsey o’quvchilari bo’lgan.

3.Buyuk Xitoy devorini qurishda tosh,tuproq va o’sha narsani ishlatishgan.Savol:Nimani ishlatishgan.

Javob:Qaynatilgan guruch suvi

4.Ikki narsa hayotning asosi,tiriklik manbai hisoblanadi.Ular bir-biriga juda bog’liq va o’xshash.Insoniyat esa o’sha ikki narsasiz kun ko’ra olmaydi.Birinchisini ushlab ko’rish mumkin,ikkinchisini ushlab bo’lmaydi,xatto yaqinlashib ham bo’lmaydi.Savol:Bular nima?

Javob:Non va quyosh

5.Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovularnio’z she’rlarida quyidagicha ta’riflaganlar:

Ularda reja bor,ish bor,g’ayrat bor,

Ular hordiq kun qilmaslar talab.

Dushanba boshlari og’rimas nahor,

Kechikib kelmaslar ishga ertalab.

Savol:ular nima?

Javob:Robotlar

6.Yer yuzida shunday bir tarjimon bor-ki,hohlagan tilde gapiring,u gapinggizni tarjima qilib,sizning tilinggizda javob beradi.Savol: bu qanday tarjimon?

Javob:aks-sado


7.Hind donishmandlari shahmat taxtasidagi donalarga sharx berib o’tganda,aynan o’sha sipohniinsonlsrga ibrat qilib ko’rsatishadi.Uni to’g’ri so’z insonga qiyoslashadi.Savol:bu qaysi sipoh

Javob:to’ra

8.Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda diqqatlarini uning qulog’iga qaratishadi.Aynan katta va uzun quloqli echkini xarid qilshadi.Savol:Nega bunday echkini olishadi?

Javob:Bu echkilar egiz tug’ishadi.

9.1997-yili Sankt-Peterburgda uning 150 yilligi keng nishonlandi.150 yil oldin bu bino Peterburgda ish boshlagan edi.Lekin uning vatani Peterburg emas.Gazetalarda biri bu yirik sana haqida maqola yozib sarlavhasini “Burchaksiz uy” deb atagan.Savol:Bu qanday bino?

Javob:sirk binosi

10.Qadimda ortiqcha don-dunlarni yerga ko’mib qo’yishgan.Yerni chuqur qilib kovlab,oldin suv bilan purkab,ketidan uzoq olov yoqilgan.Shundan keyingina bug’doy to’kilgan.Savol:nega shunday qilishgan

Javob:o’raning atrofini qotirish uchun,kemiruvchiardan asrash uchun

11.Rassom Leonardo da Vinchi u haqida shunday firk aytgan:”Ha,u shaytonning quli,lekin unda go’zal narsalar yaratish mumkin.Agar uni ishlata olsanggiz.To’g’ri kimdir uni bemalol ishlata oladi.Men esa uni majburlab ishlatganman.”Savol: u nima?

Javob:Chap qo’l

8-“A,B” sinf uchun Zakovat savollari

1.Bu asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari,Gibbon va n’yutonning yodnomalari qatoridan o’rin olgan.Mazkur kitob yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidir-ki,uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo’lsa,tanazzullari ham shunchalik tubsizdir.Savol:bu qaysi asar

Javob:”Boburnoma

2.“Navro’znoma” asarida u hayvonga shunday ta’rif berilgan:”Haq Taolo insonni yuksaltirish va shaytonni past qilish uchun uni yaratgan”Savol:Bu qaysi hayvon?

Javob:Ot


Ularning semirishi hatto qonun bilan ta’qiqlangan.Ular har 6 oyda ko’rikda o’tib turishadi.Bel aylanalari 86 sm dan oshmasligi kerak.Aks holda aniq ishdan haydalishadi.Savol:bular kimlar
Javob:Balerinalar

4.Yapon olimlari bu xizmatchilar boshqalarga nisbatan 2 soat ko’p uxlashlari,har kuni 1 soat oftobda toblanishlari zarurligini tavsiya qilishadi.Savol:bu qaysi xizmatchilar

Javob:tunda ishlaydiganlar

5.Insonda juda ko’p his-tuyg’ular bor.Ular asosan 2ga bo’linadi:salbiy va ijobiy.XV asrda yashagan fransuz faylasufu Mishel’ Monten’ :“Insonda bir tuyg’u bor-ki,u goh oyoqlarga qanot beradi,goh ularniyerga kishanlab qo’yadi”deb yozgan.Savol:Bu qanday tuy’gu?

Javob:qo’rquv tuyg’usi

6.1770-yilda Yekaterina II gruzin podshosi Irakliy II ga shunday sovg’a yubotadi-ki,u narsa dastlab qo’shiq kuylab,so’nggra ko’z yosh to’kadi.Savol:bu qanday sovg’a

Javob:samovar

7.Hamma uning 9-ekanligini biladi,lekin hamma 7-deydi.Hamma uning 10-ekanini biladi,lekin negadir sakkiz deydi.Hamma uning 11-ekanligini biladi,lekin 9-deydi.Savol:bular nimalar?

Javob:sentabr,oktabr,hoyabr

8.Ibn Sinoning aytishicha,u issiq va sovuq mijozga bo’linadi.A’zolardagi mijozning mutanosibligi buzilsa,kasallik kelib chiqadi.Kasallangan a]zo vaqti-vaqti bilan qariy boshlaydi,faolligi susayadi.Inson tanasida shunday a’zo bor-ki,unda doimo issiqlik va sovuqlik mutanosib saqlanadi.Shundan bu joy o’zgarmaydi.,ajin tushmaydi,qarimaydi.Bu joy qadimdan har bir inson uchun qadrli va ishonchli hisoblanadi.Savol:insonning qaysi a’zosi haqida gap bormoqda?

Javob:Barmoqlar uchi

9.Oskar mukofotining nominatsiya turlari yildan-yilga ko’payib bormoqda.Masalan “Eng yaxshi rassom”nominatsiyasining o’zi bugun “Eng yaxshi rassom”,”Eng yaxshi dizayner”,”Engyaxshi kiyimlar uchun” kabilarga bo’linib ketgan.Ammo 1957-yilgacha berilgan ikkita nominatsiya bugungi kunda birlashib ketgan.Savol:Bu qaysi nominatsiya

Javob:”Eng yaxshi oq-qora fil’m uchun”,”Eng yaxshi rangli fil’m uchun”.Bular birlashib ketgan

10.Qadimgi Sparta ayollari erlarining qabriga borishganda o’z vafodorliklarining belgisi sifatida bir kichkina idishda suyuqlik quyib kelishar ekan.Savol:idishdagi suyuqlik nimaning belgisi hisoblanadi/

Javob:Ko’z yosh

Buxoro amirligida tunda darvozalar berkitilgach,hech kim ko’chada yurshga haqli bo’lmagan.Faqat qorovul-umirshablar yurishgan.Tunda yurishga haqqi bo’lgan kishilarga bir hil erkaklar va bir hil ayollarni ham kiritish mumkin.Savol:U erkak va ayollar tunda qanday yumush bilan yurishgan?


Javob:Tabiblar

7-“A,B” sinf uchun Zakovat savollari

1.Italiyada shunday futbol maktablari bor-ki,hujumchilar alohida,himoyachilar alohida,yarim himoyachilar alohida o’qitiladi.Himoyachilar maktabida deyarli bir yil faqat shunday narsa o’rgatiladi-ki,bu narsani qilaolmagan himoyachi boshqa mashg’ulotlarga q’yilmaydi.Savol:nima ularga bir yil o’rgatiladi?

Javob:Raqibni sun’iy afsaytda qoldirish

2.Osiyodagi bu taraqqiy etgan davlatning qadimiy poytaxti “Shahlar shahri” edi.Keyinchalik “Shaharlar shohi”ga ko’chdi.Savol:qaysi davlat poytaxti

Javob:Tokio

3.Muxbir:”Dehqonlar ekkan ekinlarni bir oz kechroq ekishganda,ustidan qora ko’mir sepib qo’yishgan”deb ma’lumot bergan.Savol:nimaga ko’mir kukuni sepib qo’yishgan?

Javob:Qora yer quyosh nurini ko’proq oladi.Ekin yetib olishi uchun.

4.Tog’ay Murodning “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi.” romanida bir narsaga ko’mita faollari har xil ta’rif berishadi.To’poriroq faol “quti” deydi,Ilg’orroq faol “oyna” deydi.Savol:eng o’qimishli faol uni nima deb tanishtiradi?

Javob:dilbuzar ya’ni televizor

5.Muqimiy domlaning hajviy she’rlaridan birida shunday ta’rif bor.”Sovuq dushmandek tunda yopirilib kirsa,uni daf qilurga sohibqiron-u,qora bo’ron lashkar tortib kelsa,tanho qochiradigan qahramon – u”Savol:u nima?

Javob:pechka

6.Eskimoslar o’ta kamgap xalq sanalishadi.Ularning qabilasida bitta sergap odam bor.Uni “Akasuffik”ya’ni “uyda eng ko’p gapiradigan odam”deyishadi.Savol:u kim?

Javob:o’qituvchi

7.”Boburnoma” asarida shunday farmon zikr etilgan:”Tinchlik saqlangan mamlakatda mutlaqo hech bir kishi unga urinmasin,uni hosil qilishga tirishmasin,sotmasin va olmasin.Undan qochinglar,shoyadki,najot topsanglar”Savol:bu farmon nimaga qarchi chiqarilgan?

Javob:Ichkilikka

8.Boqqa uzumga o’g’rilikka tushgan bo’ri jon holatda qochayotib devor tirqishiga tiqilib qoladi.Bunday holatni tulki,mushukda ham ko’rish mumkin.Ammo mushuk hech qachon biron teshikka tiqilib qolmaydi.Savol:mushuklarga nima yordam beradi?

Javob:Ular biron joyga,teshikka kirishdan avval burnini tiqib ko’radi.uning mo’ylovlari teshikka sig’masa,orqaga qaytib ketadi.

9.”Qutadg’u bilig” asarida keltirilishicha “Bu dunyoning uch narsadan bo’lak hech nimasi yo’q:1-si halol,2-si harom,3-si halol yo haromni aniqlashda zarur bo’ladi”Savol:3-si nima

Javob:shubha

10.Ritsarlar ichida ashaddiylari Angliyada davr surishgan.Qirol Artur paytidagi yig’inlarda manman ritsarlar unvon talashavergach,Artur hammaning teppa-tengligiga erishadi.Savol:qirol nima qilgan.

Javob:Yi’ginlar aylana davrada bo’lgan

11.Hadisi sharifda yozilishicha,inson eng kami o’zi yashayotgan joyidan 90 km uzoqda bo’lishi kerak.Savol:90 km dan keyin u insonga nima bo’ladi

Javob:Musofir

Yarim final

1.Qishloqda 2ta sartarosh bor.1-si ozoda,pokiza,ko’rinishi ham chiroyli.2-si tartibsiz, qo’pol,ko’rinishi ham bir ahvol.Mijozlar negadir aynan 2-sida soch oldirishadi.Savol:nimaga 2-sida oldirishadi.

Javob 1-sining sochini2-si olgan

2.Mirzo Ulug’bek davrida tabobat ancha rivojlangan.Tabib Tojiddin hakim jarrohlik operatsiyalarini ham o’tkazgan.U asboblarni olovda toblab mikroblarni o’ldirgan.Savol:tabib qo’llarini nimada yuvgan?

Javob:piyoz suviga

3.Rumiy rubobning 4ta qulog’ini dunyoning 4 tomoniga qiyoslaydi.Va afsus bilan “rubobning qulg’I 4ta emas 6ta bo’lishi kerak edi “deydi.Savol:nega 6ta bo’lishi kerak deydi?

Javob:Dunyoning tomoniga yer vaosmonni qo’shgan.

4.”Kalina va Dimna” asarida yozilishicha,dunyoda to’rtta jonivor sababsiz qo’rqadi.1-si chittak.U osmon tushib ketishidan qo’rqadi.2-si laylak.U ikkala oyog’ini yerga qo’ysa,loyga botib ketishidan qo’eqadi.3-si ko’rshapalak.U boshqa qushlar kabi qafasga tushishdan qo’rqadi.4-si chuvalchang.Savol:u nimadan qo’rqadi.

Javob:U doimo och yuradi.Ko’p loy yeb qo’ysa,loy tugab qolishidan qo’rqadi.

5.Luqmoni Hakim aziz farzandiga qilganyuz nasihatidan biridashunday bayt yozib qoldirgan:

Odamda 360 rag bo’lur,

Raglaridan biri badrag bo’lur.

Savol:insondagi 360 rag va bitta badrag nima?

Javob:Insonda 360ta qon tomir bor.bitta badrag yomon tomir.Bad-yomon degani

6.Braziliyadagi bir qancha kinoteatrlar egasi Morio Kucher ismli tadbirkor tomoshabinni jalb qilishning eng zo’r yo’lini topdiki,u tezda muvaffaqiyat keltira boshladi.U shunday yo’l tutdiki,narxlar sun’iy ravishda emas,ish jarayoni paytida pasayib ketadi.Ayniqsa bu usul bolalarga ma’qul kelib,ular soni ko’paya boshladi.Savol:kinoteatr egasi tomoshabinni jalb qilish uchun qanday yo’l tutdi?

Javob:Kinoteatr xo’jayini kasa oldiga tarozi o’rnatadi.Va har bir kg uchun 1kruzeda narx belgilaydi.70-80 kruzeda turadigan chiptalar bolalar vazniga qarab pasaya boshlagan.

7.Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk’’ asarida bir masal bor.Insonlar orasida shunday munosabat shakllangan.Bir nom bilan ataluvchi arqon mavjud.Arqonni bir uchidagi kishini arslonga,ikkinchi uchidagi kishini sichqonga qiyoslashadi.Garchand sherdek bo’lsanggiz ham arqonning bu tomoniga o’tib qolsanggiz doimiy qo’rquv va xadik sizni sichqonga aylantirib qo’yadi.Savol:u arqonning nomi nima?

Javob:qarz

8.Odatda rasm ko’rgazmalari tashkil etilganda eksponotlat to ko’rgazma tugamaguncha muzeyda osig’liq turadi.Haykaltarosh va dizayner Yan Byukva Bryusselda antiqa ko’rgazma tashkil etdi.Bu ko’rgazmaning antiqaligi shunda ediki,kechquruq va hatto tushlik paytida ham ko’rgazma yig’ishtirib qo’yilgan.Ish vaqti boshlanishiga yaqin yana eksponatlar joylashtirib qo’yilgan.Savol:nima uchun ish vaqti tugagach,eksponatlar yi’gishtirib qo’yilgan.

Javob:Eksponatlar tirik insonlar bo’lishgan

9.Yerni onaga qiyos qilamiz.Lekin biz insonlar uni o’zi tuqqan jigarbandlaridan ayirib,begona bolalarni boqishga majbur qilamiz.Savol:1 daqiqadan keyin yuqoridagi jumboqqa oydinlik kiriting.

Javob:Ona yerning o’zi tuqqan farzandlari bor.Biz ularni begona o’tlar deb yulib tashlaymiz.Yetti yot begona urug’lardan ekib,ona yerga ularni o’stirib,katta qilishga majbur qilamiz.

10.Bundan 500yil avval Shri-Lanka shimolida bir maqbara bunyod etilgan.Haligacha uning bironta g’ishti ko’chmagan.Tekshiruvlar shuni ko’rsatdiki,bu bino g’ishti oddiy yo sementga emas,bir qimmatbaho mahsulotga terilgan ekan.Savol:bino g’ishti nimaga terilgan?

Javob:as alga

11.Germaniya konsleri Otto Bismark buyuk Germaniya yaratish uchun ularni ko’paytirishni talab qilgan.Agar ular yuqori malakali bo’lsalar,10yildan keyin Germaniya qudratli davlatga aylanadi,deb aytgan.Savol:Bismark qaysi kasb egalarini ko’paytirishni yoqlagan

Javob:o’qituvchilar

Final

1.Hozir ovqat qilamiz.Hamma ko’katlardan to’g’rang.Unga go’sht,baliq,olxo’ri,shaftoli,olma,smorodina,qulupnaydan solib aralashtiring.Yana nima ko’zinggizga ko’rinsa tashlang.Bu ovqatningnomi nima bo’ldi?Bizda bu ovqatni nima deb atalishini bilmaymanu,ammo fransuzlarda aniq nomi bor.Bizda u so’zni hozir san’atkorlar ishlatishadi.Savol:u qaysi so’z



Javob:popurri

2.Tasavvur qiling,qadimgi Rimdagi ovqatlanish shahobchasidasiz.Oldinggozda taomlar turibdi.O’sha davr odatiga binoan ikkita sochiq dasturxonda yurishi kerak bo’lgan.1-si qo’l va og’iz artish uchun.Savol:2-sochiq nimaga ishlatilgan?

Javob:oshgan obqatlarni solib olib ketgan

3.Tolstoy “Urush va tinchlik” asarida armiya tuzilishini uning shakliga o’xshatadi.Aynan tubini,eng yo’g’on qismini askarlar tashkil etadi.Yuqoriga ko’tarilgani sayin zobitlar,sarkardalar joylasha boshlaydi.Eng uchida qo’mondon turadi.Savol:Armiya tuzilishi nimaga o’xshatilgan?

Javob:piramidaga

4.Mohir surnaychi sunray chalganda ko’zlarini yumib chalib rohatlanadi.O’zi maza qilgach,muxlislar ham,eshituvchini ham mast qiladi..Lekin bir surnaychi borki,uning ko’zi doimo ochiq turishi kerak.Hissiyotga berilmay chalishi kerak.Savol:nega bu surnaychi hissiyotga berilmay chaladi?

Javob:chunki, u ilon o’ynatadi.

5.Shekspir u narsani uncha xush ko’rmagan.Uni aql o’g’risi deb aytgan.”Odamlar o’z tillari va lablari orqali unga yo’l berishadi”deb aytgan.Savol:nimaga yo’l berishadi?

Javob:Tamaki chekishga

6.Kal’man Miksatning “G’aroyib nikoh” asarida yozilishicha,XVII asrlarda Pol’sha aholisining boy,o’rtahol va qambag’al tabaqalari xonadonida turli daraxtlar ekilar ekan.Kambag’allar shaftoli va olma ekishar ekan.Chunki 3-4 yilda daromad qiladi.O’rtahollar soyasi,chiroyi va mevasi uchun yong’oq ekishar ekan.Savol:boylar qaysi daraxtni ekishgan?

Javob:Archa.Ularga go’zallik kerak

7.Ularning asl vatani Arabiston sahrolari bo’lgan,keyinchalik dunyoning barcha davlatlariga tarqagan.Ular suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin,butun bir shaharda chiroqlarni o’chirib qo’yishi mumkin.XX asrda insoniyat urushlardan ko’ra ulardan ko’p jabr ko’rgan.Savol:u nima?

Javob:kalamushlar

8.Agar bitta bo’lsa suti ko’pu,juni kam,ikkita bo’lsa juni ko’pu suti kam .Savol:nimaning?

Javob:tuyaning ya’ni o’rkachi bittasi va ikkitasi bo’ladi

9.Tur Xeyerdal’ fikricha,insoniyatning eng inqilobiy ixtirosi bug’mashinasi emas,elektr lampasi ham emas,televideniya ham emas.Uning fikricha,insoniyatning rivoji aynan u bilan bog’liq.Chunki barcha yangiliklarni u yaratadi.Savol:nima barcha yangiliklarni yaratadi?

Javob:Yozuv yaratadi

10.Musiqaga jon kiritadigan narsa bu-ovoz,Ovoz bo’lmasa musiqa yangramaydi.Agar nur bo’lmasa,rassom san’ati namoyon bo’lmaydi.Nur – rasmga hayot baxsh etadi.Adabiyotshunos Xose Ortego I Gasret nasrga (prozaga),romanga hayotni u beradi degan.Savol:romanga nima hayot baxsh etadi.

Javob:dialog

11.Shvetsiya davlatida XX asr boshlarigacha kuyov to’yda kelinga ikkita uzuk sovg’a qilar ekan.1-si nikoh uzugi,2-si onalik uzugi.Ayrim qizlarning otalari to’y kuni kuyovga uzuk taqar ekan.Savol:nega hamma otalar emas ayrim otalar kuyovlariga uzuk taqishadi?

Javob:o’g’li yo’q otalar

Tomoshabinlarga savollar

1.Estoniyada to’y kuni kelin shishasimon xumchaga qog’ozga bir narsa yozib tashlaydi.Uni kuyovning o’zi,uning barcha qarindoshlari toshchalar bilan to’ldirib suvga uloqtirishadi.Savol:kelin qog’ozga nima yozadi.

Javob:qizlik familiyasini

2.Ch.Aytmatovning “Oq kema” qissasidan parcha o’qiyman:”U yaxshiyamki qo’y suruvi emas,tarqalib ketmaydi.Lekin ba’zan qo’y suruvi bo’lsa o’zini omon saqlay olardi.Chunki to’g’dan sel kelganda,biror yoqqa qimirlay olmay,turgan joyida nobud bo’laveradi.Savol:asar qahramonlaridan biri – Mo’min chol bu ta’rifni nimaga bergan?

Javob:o’rmonga

3.Negadir insonlar xafa bo’lganda,onasining qornida qaytargan harakatni eslab qolishadi.Savol:bu qaysi harakat?

Javob:qo’lning orqa tomoni bilan ko’z yoshni artish

4.Qadimgi Misrda “Vaqt bo’ldi” jumlasi yangrashi bilan hamma birvarakayiga bir idishga qaragan.Savol:nimaga qarashgan?

Javob:suv turgan maxsus idishga

5.Unda dukkakli o’simliklardagidek oqsil moddasi serob.Unda rux elementi ham bisyor.Agar undan taom yoki sharbat tayyorlansa,kaloriyasi sigir go’shtinikidan to’rt barobar yuqori bo’ladi.Xitoyda fermerlar maxsus beton bokslarida ularni boqib,restoran va kafelarga cotadilar.Savol:u nima?

Javob:chumoli

6.Uning qadru qimmati kam,ko’ksi va bo’g’zi tor,qochoq bo’lmasa ham bandi,o’g’ri bo’lmasa ham bog’langan,urushda bo’lmasa ham nayza urilgan,jarohatlangan,o’tga tushsa o’zgaradi,dam beradi,dam ham oladi,suhbatdoshdan ardoqliroq,qarindoshdan uzoqroq.U narsa atrofda ham bor.Savol:u nima?

Javob:tugma

7.4 ta yarim oy,har birida yana 4 tadan teshikcha.4 ta yarim oyni 4 ta toshga bandi qildin.Bandi bo’lguncha 4 ta tosh qon yig’ladi.Chunki 4 ta toshning joni bor.Savol:jumboq ostida nima yashiringan?

Javob:otga taqa qoqish

8.Bu asarda 1605 kishi haqida ma’lumot berilgan,shu bilan birga 1151 ta joy nomlari,277 ta qavm va urug’,414 ta hayvon va o’simlik,40ta kitob nomi ham yoziladi.Savol:bu qaysi asar?

Javob:”Boburnoma” asari

9.”O’zim o’ta tortinchoqman.Bir chekkada turganim uchun bo’lsa kerak.4 ta bir-birida sho’x,to’polonchi akalarim bor.Ular meni juda ehtiyot qilishadi.Lekin ular boshqalar bilan yoqalashib qolsa,men ham qarab turmayman.Jigarchilik- aka-ukalar birgalashib darrov yoqasidan olamiz.Akalarimdan ko’ra ko’proqmen sulhparvarman.Darrov meni elchi qilib saylashadi.Tinchlikka nima yetsin!”Savol:monolog muallifini toping?

Javob:jimjiloq barmoq

10.Uning bunday nomlanishiga kompozitorlar sabab bo’lishgan ekan.Qo’shiqlar yozilgan,qog’ozlarni dastalab o’qishga qulay qilib qo’yishgan.Bu dastani shunday deb nomlashganki,bugun juda ko’pchiligimiz uni ulardek ataymiz.Savol:u qog’ozlar yig’masini qanday ataymiz?

Javob:bloknot

categories O'qituvchilar uchun | boston29 | datetime Yanvar 9, 2016 6:59 am

Sharhlar mavjud emas


No comments yet.

RSS feed for comments on this post. TrackBack URI

Leave a comment
*Name

*Email (not published)

Website

RSS Subscribe


Entries RSS | Comments RSS

Izlash
To search, type and hit Go


Qidirshish:
Arxivlar
Arxivlar
Oyni tanlash
Bo’limlar
O'qituvchilar uchun (25)
Meta
Kirish
Entries feed
Comments feed
WordPress.org
Buloqboshi tumani 29-maktab is powered by WordPress

WordPress Themes
Download 16,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish