Reja: 1. Qoliplarning turlari. 2. Beton va temir-beton mahsulotlariniqoliplash
Beton va temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda ularni qoliplashga alohida e‘tibor berish zarur. Ularni tayyorlash quyidagi operatsiyalarni o`z ichiga oladi:
qolip va bortlarini moylash va yig`ish;
armatura to`rlari, karkaslar va metall detallarni talab etiladigan joyiga o`rnatish va mahkamlash, oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda esa taranglashtiriladigan armaturani o`rnatish va taranglashtirish;
beton qorishmasini qoliplarga joylash va zichalshtirish.
Qoliplar temir-beton zavodlaridagi eng ko`p foydalaniladigan qurilmalar bo`lib ularning narxi temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarning taxminan 50%ini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning qabul qilingan shakliga ko`ra qoliplar quyidagicha bo`lishi mumkin:
bir joydan boshqasiga ko`chirilib yuradigan, suriladigan va statsionar (stend usulida) (5.1 -rasm);
mahsulotning qoliplash vaqtidagi holatiga ko`ra gorizontal va vertikal; faqatgina qolipning tagidan iborat bo`lganda ularning borti qoliplovchi mashinaga tegishli bo`ladi;
qoliplar bir (individual) yoki bir necha mahsulotga (guruhga) mo`ljallangan bo`lishi mumkin;
ba‘zi xollarda qoliplar ulardagi mahsulotga issiqlik ishlovini berish uchun issiqlik bo`lmasiga ega bo`lishlari mumkin;
qoliplar oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun kuchli qoliplar va oddiy bo`lishi mumkin.
Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlarida plitalar, balkalar, klonnalar, tashqi devor panellari, qobirg`ali va ko`p kovakli plitalarni tayyorlashda metall tagli va ko`tarma bortga ega qoliplardan foydalanish keng tarqalgan.
Ishlab chiqarishning agregat oqimli usulida qoliplarni bir postdan boshqasiga ko`chirib o`tkazish zarurligi uchun qoliplarning mustaxkamligini ta‘minlash zarur bo`ladi. Shuning uchun ularning taglari №14 va №18 shvellerlar va qalinligi 8-10 mm bo`lgan listlardan foydalanib loyihalanadi va tayyorlanadi.
- rasmda oldindan zo`riqtirilgan tavr kesim yuzali kranosti, ikki nishabli balkalar va boshqalarni tayyorlash uchun qoliplarning rasmlari keltirilgan. Bunday qoliplar armaturaning taranglashtirilganida hosil bo`ladigan zo`riqish kuchlarini qabul qilganliklari uchun etarli darajada mustaxkam bo`lishlari kerak. Qismlarga ajratiladigan qoliplar qolipning tagi, mustahkamlikni ta‘minlovchi qobirg`alar bilan kuchlantirilgan ikkitadan bo`ylama va ko`ndalang shitlardan iborat.