Reja: Qoliplarning turlari. Beton va temir-beton mahsulotlarini


-rasm.Oldindan zo`riqtirilgan balkalarni tayyorlash uchun kuchli qoliplar



Download 278,96 Kb.
bet2/2
Sana02.03.2022
Hajmi278,96 Kb.
#477253
1   2
Bog'liq
10-мавзу

11.1-rasm.Oldindan zo`riqtirilgan balkalarni tayyorlash uchun kuchli qoliplar: a – uzunligi 12 m bo‘lgan kranosti balkalari uchun; b – rigel uchun;
1 – mahsulot; 2 – qolipning kuchli qismi; 3 – yechiladigan bort; 4 – ko‘tarma bort.

10.2- rasmda yon tomonlari sharnirli ochiladigan va yig`iladigan qolipning bir turi keltirilgan. Qolipning yon devorlai mahsulotga bo`g` yordamida issiqlik ishlovi berish imkonini berish uchun qoplamadan iborat.


11.2- ikki nishabli balka qolipi.
1 – qolip tagi; 2 – bug‘ beriladigan bo‘ylama bort; 3 – qolipning ko‘ndalang devori; 4 – osma vibrator; 5 – bug‘ berish uchun patrubok.
Yupqa devorli qobirg`ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton matristali qoliplardan ham foydalaniladi (10.3 - rasm). Bu kabi qoliplar metall bortlar va vintli, gidravlik yoki pnevmatik domkratlar bilan jihozlangan itarib chiqaruvchi uskunalardan iborat. Ular mahsulotning butun yuzasi bo`yicha bir tekisda joylashtirilgan. Bu esa yupqa devorli tayyor mahsulotni darzlar hosil qilmasdan qolipdan yechib olish imkonini beradi. Qoliplarning temir-beton matristalari V15 – V22,5 klassli betondan tayyorlanadi.

11.3- rasm. Yupqa devorli qobirg„ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton matrista:

  1. - matrista; 2 - metall bort; 3 - plita; 4 - traversa; 5 - vintli domkrat.



11.2.Beton va temir-beton mahsulotlarini qoliplash


Mahsulotni qoliplashdagi asosiy maqsad - zarur o`lcham va shakldagi mahsulotni olish bilan birga armatura va o`rnatiladigan detallarning to`g`ri joylashishi va betonning maksimal zichlash va bir xil strukturasini hosil qilishdir.
Beton qorishmasini qoliplash klassifikatsiyasi quyidagichadir:
-Quyish usuli orqali. Bu usulda tashqi kuchlar ta‘sirisiz qolipni yaxshi to`ldiruvchi yuqori oquvchan beton qorishmalaridan foydalaniladi;
-Qoliplashning tebratish usullarining bir necha turlari mavjud. Qolipga quyilgan beton qorishmasining butun hajmi vibromaydonchalarda zichlanadi;
-Chuqurlikda ishlaydigan vibratorlar yordamida mahsulotlarni qoliplash. Bundan tashqari qorishmani ichkaridan tebratish mahsulot ichida kovak hosil qilish uchun avvaldan o`rnatilgan vibrovkladishlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin;
-Mahsulotlarni yuza vibratorlari yordamida qoliplash. Yuza vibratorlari yordamida mahsulotlarni qoliplash qolipga to`ldirilgan beton qorishmasining ustiga o`rnatilgan siljuvchi titratuvchi yuza orqali amalga oshiriladi;
-Mahsulotlarni tashqi titratish orqali qoliplash qolipning tagi yoki yon devorlariga mahkam o`rnatilgan vibratorlar yordamida amalga oshiriladi;
-Qoliplashning markazdan qochuvchi kuchdan foydalanish usuli. Bu usulda mahsulot stentrifugalarda qoliplanadi. Bu usulda qoliplanganda beton qorishmasi stentrifuga barabanini tez aylanti rilganda hosil bo`ladigan markazdan qochuvchi kuch natijasida qolipga bir xilda tarqalib zichlanali;
-Torkretlash usulida mahsulot tayyorlash. Bu usulda sement-qum qorishmasi yoki mayda donali beton qorishmasi armatura to`ri, qolip yoki maxsus matrista yuzasiga sement pushka yordamida siqilgan havo yordamida purkaladi;
-Beton qorishmasini presslash. Presslash usuli qolipga to`ldirilgan qum- sementli yoki mayda zarrali beton qorishmalarini butun yuzasi bo`yicha shtampli presslash orqali va mundshtukli presslashda beton qorishmasi chiqish teshigi (mundshtuk)ga tomon kichrayib boruvchi kameraga tomon presslash orqali amalga oshiriladi. Mundshtukdan presslangan mahsulot uzun butun tasma ko`rinishida chiqib boradi.
-Beton qorishmasini trambovkalab zichlash. Bu usul baton qorishmasiga ko`p martalab presslash kuchini berish bilan ajralib turadi.
Bulardan tashqari mahsulot tayyorlashning vibroprokatlash, vibrovakuumlash kabi boshqa usullari mavjud.
Download 278,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish