www.ziyouz.com
кутубхонаси
32
Uning zebo jamoli doimiy baxtga, baxt, omad bilan to‘la taqdiri yetuk aqlga o‘xshardi. Nur va safo
chegaralarigacha uning mamlakatidir. Yozgan yozuvlari esa Xudoga hamdu sanodan iborat.
U (ko‘ngul) yana bir cherkovga (osmonga) kirib, sayr qildi. Butxona piri bir hindi ekanini ko‘rdi
64
.
Har ishda uning istagi sabr edi; sabr qilib, biron ishni bajarishga hech shoshmasdi. Uning peshonasi
mehnat-mashaqqat kuniday qora, oyog‘i esa ayriliq kechasiday cho‘loq, juda sekin yurardi. U yaxshi
ishlashini kuzatib turar, o‘zi esa o‘rdakdan battar sust harakat qilardi. O‘ttiz yilda Makkani bir ziyorat
qilganday, atrofini zo‘rg‘a bir aylanib chiqadi. Qo‘liga tasbeh tutib, uni o‘girib, tilida doim tirik qodir
Xudoni zikr etadi.
U (ko‘ngul) yana bir baland tepaga ko‘tarilganda, uning atrofi mustaxkam devor bilan qo‘rg‘on
shaklida o‘ralganini ko‘rdi
55
. Etti osmon unga borib tutashgan. «Qur’on»dagi «Ko‘o burilar» haqidagi
gap ham shu osmonga tegishli. Undagi xandaqning tagi shunday chuqurki, o‘lchash qiyin. Atrofi o‘n
ikki burj bo‘lib, birontasining darvozasi yo‘q. Har burjning orasida tepalik bo‘lib, bu tepalikning ustida
bir ajoyib go‘zal (yulduz) jilva qilib turadi. Qizig‘i shuki, bu go‘zallar doim sayrda, lekin ularning sayri
shu o‘n ikki joydan chetga chiqmaydi. Ular xudojo‘ odamlar tili bilan so‘zlaydi, mehribon Xudo
madxini ko‘klarga ko‘taradi.
Shundan keyin u (ko‘ngul) eng yuqori osmonga bayroq tikdi, eng yuqori osmon zinasiga qadam
qo‘ydi
56
. Bu yerda naq bir butxonaga ko‘zi tushdi. Undagi har butning
57
ko‘rinishi durdonaga o‘xshardi.
Unda boshliq ham yo‘q edi, biron barahman ham, lekin undagi butlar barchasi kumush tanli edi. Har bir
but shu butni yo‘nganga berilib ravish qilar, butga sajda qila berib, butparast bo‘lib qolgan odamga
o‘xshardi.
U (ko‘ngul) shuncha qiziq narsalarni aylanib chiqar ekan, ularning hammasiga ibrat ko‘zi bilan qarar
edi. Ularning hammasining zikr va sajdada ekanini, Ilohiy ma’rifatni egallaganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.
Shu payt unga yana g‘ayrat kirib, uning hayrati birga ming bo‘ldi. Ular hammasi zikr qilardi, faqat u
o‘zi gung va lol edi; ular hammasi o‘zaro jipsu bu o‘zi yolg‘iz parishon ahvolda. Uni yana sonsiz-
sanoqsiz hayratlar aqlini olib, bexud qildi.
Ey soqiy, mening vujudim ham o‘sha (ko‘ngul) singari bo‘shashgan, hatto nafas olish ham menga
qiyin. Og‘zimni qadahga olib borishga ham madorim yo‘q, yaxshisi, u mayni paxta bilan og‘zimga
tomiza qol.
Do'stlaringiz bilan baham: |