Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
Xoja Bahouddin Naqshband sirlari muqaddas bo‘lg‘ay, shunday zotki, san’atkorlik naqqoshi
(Alloh) o‘zining xikmat qalami bilan zamon sahnasida uning vujudi naqshini islomiy bichim bilan
chizdi va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish kayfiyati bilan kofirlar ko‘ngli varag‘idan
xitoiy va farangiy
70
naqshlar (o‘chib) ketti va Xoja Ubaydulloh (Alloh u kishini salomat qilg‘ay)g‘a
iltijo arzimiz shundan iboratkim, u kishi xazrat (Xoja Bahouddin Naqshband)ning mutlaq o‘rinbosari,
balki haqiqiy xalifaning o‘zidir
Baland osmonning naqqoshi - osmonning har sahifasiga naqshlar yasar ekan, Xoja ham ko‘pdan-
ko‘p varaqlarga rasmlar chizdi. Uning chizgan naqshlari esa nihoyatda yoqimli edi.
Uning naqsh
chizadigan qalami naqshlar chizar ekan, uning naqshlari kabi dilbar naqshlarni hech kim chiza olmagan
edi.
Uning ko‘nglida esa saxovat naqshi mustaxkam o‘rin tutgan bo‘lib, u sahifada vujud naqshi barham
topgan edi. Uning naqshlariga Xitoy naqshlari teng kelolmay, o‘zlarini
maxv etgan, olamning o‘zi
bularningqo‘lida naqshli uzukka aylangandi.
Bunday uzuk naqshiga esa o‘zining ajoyib naqshlari bilan devu parilar ham bo‘ysunar edi.
Naqshlarga to‘la osmon ham qancha harakat qilmasin, naqqoshlikdagi san’atini
izhor etmasin,
naqshlarini namoyon etmasin, oddiy devor sahifasiga chizilgan rasmday edi.
Naqshband esa joniga ranju mashaqqat naqshini chizar,
maqsad bu orqali dunyoning, hayotning
foniylik naqshini chizish edi. Uning joni o‘sha naqsh makoni bo‘lgani sababli unga naqshdan boshqa
hamma narsalar foniy edi.
Ajablanadigan tomoni shunda ediki, u naqshga ko‘z solmas, jonida esa baqolik naqshidan boshqa
narsa qolmagan edi. U ko‘nglida naqsh solingan
maskanlarda sayr qilar, bu sayrda esa ko‘nglida
naqshdan boshqa narsa bo‘lmasdi.
Munaqqash bu osmon bo‘ylab u sayr etar ekan, kafining naqshlari zarli lavhalarga tegib turganday
bo‘lardi. U bosgan iz naqshiga peshonasini surtib, naqshni tushunadigan falakning ko‘zi bundan ravshan
tortardi.
U (Bahouddin Naqshband) jannat bog‘iga yo‘l olar ekan, bu (Xoja Ahror) uning o‘rnini olgan edi.
Cheksiz olamda bu toq bo‘lib, toq emas, butun dunyoga yo‘l boshlovchidir.
U bulim osmoni
dargohining supuruvchisi, supuruvchisi ham emas, balki peshonasi bilan xas-xashaklarni tozalovchidir.
Shohlar uning qullug‘iga o‘zi kelar, bazmlarida har qanday xushyor kishilar o‘zlarini yo‘qotib
qo‘yishardi. Unga xizmatda har qanday odam ogoh bo‘lib turar, o‘zi gado bo‘lsa ham, ma’niligi jihatidan
shohdek edi. Oldiga kelib egnini qancha taqqoslama, surishtirma, ma’rifat
xazinachisi kafidan olgan
yuzta libosi bor.
U kiyimini aldash maqsadida o‘zgartirmaydi, ipakni oddiy palosdan farq etmaydi. Uning suhbatida
hech shak-shubhasiz allaqancha ko‘zga ko‘rinmas go‘zal ra’nolar ham bordir. U o‘zi xilvat go‘shalarda
o‘ltirmas, o‘zini hech kimdan yashirmay, oshkora yurar edi.
Osmon atlasi bilan mingta bezak-xasham to‘rqa to‘ni ostidagi ko‘k astardek edi. Lekin o‘sha to‘rqa
to‘nining har bitta ipi faqr masalasida
71
yuzta o‘zaro bog‘lanish uchun zanjir bo‘lishi mumkindir.
Jahon mamlakatlarining dalalarining
bu dehqoni dehqon emas, balki o‘sha mamlakatlarning
nigohboni edi.
Mamlakatlardagina nigohbon emas, balki u barcha sultonlar ustidan sulton edi.
70
Фaрaнгий - Еврoпaчa.
71
Фaқр мaсaлaси - тaсaввуф мaсaлaси.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: