Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
37
Sen biron insonni (haqiqiy) inson deb hisobladingmi, bilki, u doim inson bo‘lib,
hayvon esa
hayvonligicha qoladi. Buni inson yaxshi farq qiladi. Tangri kalomi («Qur’on») ham bu haqda xabar
bergandir. Hayvondan farq qilmagan odam ham odam deb atalsa, yaxshi bilan yomonning o‘rtasidagi
farq qayerda qoladi?
Qusurli odam bilan komil inson
bir-biridan farq etilmas ekan, unda olim bilan johil o‘rtasidagi
tafovut nima bo‘ladi? Bu sifat insondagi topilmas bir najot yo‘li bo‘lib, odati bo‘yicha takallumli bo‘ldi.
Sen shunday odamni to‘g‘ri, riyosiz deb bilgin, qachonki u sabr bilan, shukru hayo bilan ish ko‘rsa.
Hoshimiy Payg‘ambarimiz (ummatlariga) shunday buyurdilarki, imonli bo‘lish uchun uch narsa lozim
bo‘ladi:
Inson deb atalish shunday odamga ravodirkim, uning ishlari qachonki
imon bilan maqsadga olib
borsa.
Ey sen, imonning nimaligini sharx qilib bergan kishi, eshit, endi men senga imonni sharx qilib beray!
Shariatda har bir mo‘minga kerak bo‘lgan, u e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan narsaning soni oltitadir.
Ularni shu oltitaga olib kelib, ish tutsa, bu bilan u olti tomondan o‘zini qo‘rg‘on bilan o‘ragan bo‘ladi.
Kim shunday xisordan o‘ziga makon tutsa, uning butun boyligi o‘g‘ridan tinch bo‘ladi. Bu bilan u o‘z
boyligini yoiini bilmasdan,
gumrohlikda qolishdan, bundan boshqa ko‘p qo‘rqinchli yo‘llardan ham
sog‘-salomat olib o‘tib, bu sohada malomatga qolishdan omon qoladi. Bu bilan asl maqsadga yo‘l olib,
(Allohga) yaqinlikning xos manzilidan ham o‘rin tutgay. Bularning qisqacha sharxini tushunding. Endi
buning har birining tafsilotini eshit.
Oltidan birinchisi (bosh) maqsad bilan bog‘liq bo‘lib, bu mavjud Haqni bilmoqdan iboratdir.
(Shunchaki) bor, deb ham aytma, negaki bu vujud (dunyoda) nimaiki mavjud bo‘lsa, ularga fayz in’omini
beradi. U vujud zotiga sababchi bo‘lib, (har qanday) nuqs uning kamoli tufayli o‘z nixoyasini topadi.
Tanazzul ham, yuksalish ham U tufayli yuz berib, quyi ketishning ham, balandga ketishning ham
ixtirochisi Uning o‘zidir. Uning qadimiyligi daryosi ham toshgandan-toshgan, bir yonida azaliylik boisa,
bir yoni abadiylik (me’yoridan ham) oshib ketgan. Nimaiki tik bo‘lsa, U O‘zi abadiy (tik turuvchi) bo‘lib,
boshqa hammasi yo‘q bo‘lib ketgan taqdirda ham, U (doim) bo‘lg‘usidir.
Butun dunyo xalqiga Uning Zoti yashirin bo‘lib, Uning ismlari (hammaga) ayon, sifatlari esa bir
olamdir. (Xohlasa), barchani yo‘q qilib yuboruvchi ham O‘zi, hamma ketib, bor bo‘lib (doim) qoluvchi
ham O‘zidir. Ikki dunyo Unga tobe’ bo‘lib, boshqa bir dunyo ham bo‘lsa u ham Unga tegishlidir.
Oltitaning ikkinchisi deb farishtalarni bil. Hammasi ularning borligini tasdiqlaydi. Ular (doimiy
ravishda) falaklarni ziyorat qilish bilan shug‘ullanib, (insonlarga xos) nafs bulg‘onchlaridan pokdirlar.
Ularga har bir parranda tovus ko‘rinadi, ko‘ngillariga eng yaqin narsa esa tasbeh donalaridir. Muhabbat
harorati chog‘ida bu qanotlar o‘tni yanada ko‘tarish uchun yelpig‘ich kabidir. Ularning qanotlari bitta
bilan cheklanib qo‘ya qolmay, birining ustiga ikkitadan,
uchtadan, hatto to‘rttadandir.
(Allohning) amrisiz ular na qadam qo‘yadi, na nafas oladi. Borlig‘ining avvalidan boshlab yo‘q
bo‘lib ketgunlariga qadar ularning barchasi shundaydirlar.
Ularning hammalarining asli shunday pok va yalang‘och bo‘lib, tuproq, suv, yel va o‘tdan xolidirlar.
(Shuning uchun) ular behisht bog‘laridagi qushlar kabi zavqli, bo‘yinbog‘lari bor.
Biroq bularning
orasidagi bir qush bu zavqni topolmay qumridek bo‘yinbog‘likdir.
«La’n» («la’nat») so‘zida ko‘rinib turganidek, uchta harf yaqqol ko‘zga tashlanar ekan, uning har
birining etagi xalqasimon bo‘lib, ularning har birining xalqasi tutash. U tuban qush bo‘yinbog‘i
mal’unlik belgisidir.
Uchinchisi - bu osmondan tushgan kitoblar bo‘lib, ulardagi hamma so‘zlar hech shubhasiz Allohning
so‘zlaridir. Ularning har bin kitob emas, bepoyon dengiz bo‘lib, uning har bir so‘zi katta bir durdir.