Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
33
Quyosh Sharqqa o‘z bayrog‘ini tikib, jahon mamlakatlarini egalladi. Osmon otiga minishni ixtiyor
etib, ufq tomonidan u otni sakratib chiqdi. To yuqoriga ko‘tarilgunga qadar uni tezlatdi, o‘z harorati bilan
olamni isitib yubordi.
Inson hamon hayrat mayidan mast edi. Mastlik uyqusiga berilib ketgandi. Quyosh issig‘i miyasini
qizdirishi bilan seskanib ketib, o‘z xushiga keldi. Shunday achchiq may bilan mast bo‘lib, hatto uning
qiziq o‘tidan issig‘i chiqdi. Har lahza yana sayoxat etish havasining o‘ti ko‘ngulga shu’la sochib, o‘ziga
bir doimiy vatan topish xayoli esiga tushdi. Ko‘ngul yana safar qiyinchiliklarini bo‘yniga olib, maqsad
manzili tomon yo‘lga tushdi.
Ko‘ngul bu dunyo saxnidan zavqlanib turganda, uning oldida ajoyib bir shahar
59
paydo bo‘ldi. U
shaharning har tomonida mavjud ajoyibotlarning ham hisobi yo‘q edi. Yaratuvchi (Xudo) ning qo‘li
uning loyini yasaganda, uning shaklini alohida bir lutf bilan yaratgan edi. Uning vujudini ikki ustunning
ustiga o‘rnatdi, uning ichiga juda ko‘p qiziq narsalarni berkitdi. Uning
gavda tuzilishiga tartib
berayotganda, uni to‘rt javharni (o‘t, havo, suv, yer) bir-biriga qo‘shib yaratdi. Bundagi ikki javhar (o‘t,
havo) eng yuqori sifatlisi, qolgan ikki javhar (suv, yer) esa quyi sifatlisi edi. Bu to‘rt
bir-biriga zid
narsalar o‘zaro shunday tenglashdilarki, bularning qo‘shilganidan bir butunlik yuzaga keldi.
Uning ichida masjid, bozor, mahallalar bor, ko‘chalar, bog‘lar, mayxonalar bor. Unda yongan o‘tning
Muso yoqqan o‘t yorug‘icha yorug‘i bor; yeli Iso nafasidek jonbaxsh. Suvlari jannat suvidek muloyim,
tuprog‘i gul bo‘lib, anbar isini beradi.
Mamlakatning o‘rtasida bir taxt ham bor. Shu yerdan podshoh mamlakatni boshqaradi. Taxtda bir
xol yuz bersa, bu hamma iqlimga ta’sir ko‘rsatadi. Taxtda tinchlik bo‘lsa, boshqa hamma joyda ham
tinchlik; tinchlik bo‘lmasa, hammasi - notinch.
Uning eng tepasida bir qasr bo‘lib, uni qurgan me’mor o‘zining yaratuvchilik pargori bilan uni
alohida ajratgan. Bu qasrning tuzilishi har qanday
nozik aqlni hayron qoldiradi; uning loyixasi Chin
naqqoshlarini
ham lol etadi
60
. Bu qasrning usti oliy bir gumbaz bilan yopilgan;
bu gumbaz osmon
gumbazi bilan teng
61
. Osmon gumbazida nima yozilgan bo‘lsa, ularning
barchasi bu xushbichim
gumbazda ham yozig‘liq.
Bu qasrga ajoyib bir eshik ochib qo‘yilgan; ovozidan (har ochilib yopilganda) durru gavhar
sochiladi
62
. Bu eshikning ikki tabaqasi ham la’ldan, uning dandanalari toza durdan
63
. Palosi yoqut bilan
to‘qilgan, durlar yoqutning orasida qolib ketgan.
Nimaiki yeyish va ichishga tegishli bo‘lsa, nimaiki yeyish va ichish uchun yoqimli bo‘lsa, hammasi
bir yo‘l bilan boradi; kechayu kunduz shahar aholisi shundan oziqlanadi
64
.
Ortiqcha, kerak emaslarini daf etish uchun ham bunda ikki yo‘l bor.
Bu yo‘llar past tomondan o‘tadi
65
.
La’l eshikning tepasida ikki tuynuk
66
bo‘lib, bunday tuynuklarning bo‘lishi ham yaxshi va yoqimli.
Ular orqali nafas olib, chiqarib turiladi. Bu tuynuklarning ustidan kumush suvi yuritib qo‘yilganday.
59
«Aжoйиб бир сaхaр» - бу ўриндa инсoн вa унинг гaвдa тузилиши кўздa тутилaди.
60
Гaп инсoннинг бoши устидa бoрмoқдa.
61
Гaп инсoн бoшининг қoпқoғи устидa.
62
Оғиз вa ундaн чиқaдигaн тoвуш (сўз) кўздa тутилaди.
63
Икки лaб вa тишлaр кўздa тутилaди.
64
Бу икки бaйтдa қизилўнгaч кўздa тутилaди.
65
Бундa эсa сийдик вa axлaт йўллaри кўздa тутилaди.
66
Буруннинг икки тeшиги.