XVIII BIRINChI HAYRAT
Ko‘ngulning nomavjudlik tunidan qutulib, mavjudlik tongiga xamnafas bo‘lib, malaklar olami
bahoristonining rang-barang ko‘rinishi yuz berganda, xilma-xil daraxtlarini tomosha
qilishi va ularning «Sabbaha ismi rabbikal - a’lo» amri bilan haqiqiy Qayyum tasbihiga
mashg‘ul ekanini bilib dimog‘i bog‘ida hayrat gullari ochilgani va u gullar atri dimog‘iga urilib,
bexush yiqilgani
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
28
Ey soqiy, tong otdi-ku, quyosh chiqdi, bir mehribonlik ko‘rsatib, menga quyoshdek keladigan qadah
tut. Tong qushi tong otganini xabar qildi, bir-ikki qadah sahargi may ichay. Tongda safolik mayidan
mast bo‘lib, nola qilayotgan tong qushiga jo‘r bolay.
Saharning ipak pardasidan oltin iplar tarala boshlashi bilanoq tun pardasining iplari chidash bera
olmay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Falakning toqiga taqdir qalami «Vash-shams» va «Vazzuho» oyatlarini
38
yozdi. Shu payt tong so‘fisi ham paydo bo‘lib, osmon bo‘ylab nurdan joynamoz yoydi. Qora tuproq tun
qoraligi qoldiqlarini tong supurgisi bilan supurib tozaladi. Osmon shu lahzaga qadar yer yuziga qora
mushk zarralarini sepib kelgan bo‘lsa, endi e’sha mushk ustiga hidli oq zarralarni sepa boshladi.
Nilufarrang osmon tepadan shabnamlar yog‘dira boshlaganda, sahar bog‘ida sarig‘ lola ochila boshladi
(ya’ni quyosh chiqa boshladi). Obnusdan
39
yasalgan panjara oq so‘ngakka aylanib, sarig‘ manqaldan o‘t
sochila boshladi (ya’ni tong yorib, quyosh nuri tarala boshladi). Quyosh o‘tida zulmat to‘ni kuyib,
yulduzlar uchquni havo bo‘ylab uchib ketdi. Tun tovusidan jilva yo‘qolib, uning gullari oynasi ham
yiltirashdan to‘xtadi.
Shu payt yo‘qlik shomidan Xoja ko‘z ochib
40
, tong yeli yetkazgan xabardan jon topdi. Mavjudlik
shabadasi dimog‘iga urilib, yo‘qlik shomini tutundek haydab yubordi. U o‘ziga ham begonadek edi,
devonalarcha yuzini har tomonga urardi. U har nafas tongdek sarg‘ayib, tong yelidek o‘zidan ketib
turardi. Dunyodagi yuz ming xil ajoyib narsalarni tomosha qilar, ularning sirini bilishni orzu etardi. Fikr
qilib, qancha ko‘p o‘ylasa, bu orzuga yetish shuncha mahol tuyulardi. Qancha ko‘p toat-ibodat qilsa ham,
bu pardadagi sirlar ochilmadi.
Shundan keyin Inson siniqlik hararmga kirib, joylashib oldi-da, o‘zining ojizligini va hayratini
namoyon qilishga turdi. U ma’ytislik bilan o‘z ojizligiga tan bergandan, keyin g‘oyibdan ovoz beruvchi
unga shunday nido qildi:
- O‘rningdan tur, bu gulshan bo‘ylab sayr et, gurkiragan sabzalarga bir nazar sol!
U o‘rnidan turib, bir-ikki qadam yurgan edi hamki oldida Eram bog‘i
41
paydo bo‘ldi. Bu qanaqa
Eram deng, havorang gulshan. Havorang gulshan ham dema, jannat bog‘ining o‘zginasi. Har bir daraxti
sidraga
42
boshini qo‘ygan, shoxlari esa shoxlariga chirmashib ketgan. Barglarining rangi moviylikda
osmonni uyaltirardi. Uning soyasida esa hatto quyosh salqinlasa bo‘ladi. Undagi sarvlar bo‘ydor va
zangor rang, har biri bamisoli osmon saroyining bitta ustuni. Chinorlarining zulmidan quyosh azobda,
panjalari quyosh panjasidan zo‘r. Shuning uchun bu qiyinchilikdan uning rangli sariq, issiq ohlari bilan
uni kuydirgani kuydirgan. Sandalining
43
muattar hidi Iso nafasini eslatadi. Undan o‘lik ham Iso tiriltirgan
odamday tirilib ketadi. Uning isidan suv gulobga aylanadi, soyasi esa tiiproqni toza mushkka aylantiradi.
Teraklarning oppoq tanasi kumushga o‘xshaydi; g‘ir-g‘ir esib turgan shabada unga gard ham
qo‘ndirmaydi. Oqterak tanasining kumushsimonligi yosmin tanasining oqligiday, yaproqlari esa
havorang tangalarga o‘xshaydi. Sanubarlarning shoxi osmonga yetgan, tugmalari bilan yulduzlarni
qalpoqchalardek berkitgan, sarv va oqteraklarning safi uzilmay, cho‘zilib keta beradi. Oqteraklar
sarvlarning qomatini ko‘rib (o‘z qomatining norasoligidan) xijolatda.
Qizig‘i shuki, sarvning boshida gullar ochilib, hatto to‘kilib, taglariga sochilib yotibdi. Bunda o‘sgan
ko‘katlar rangi zumradga, tuk bilan qoplangan tugmalari esa zabarjadga o‘xshaydi. Har tomonda bitta
38
Шaмс - қуёш; зуҳo - чoшгоҳ вaқти. «Қуръoн»дa шу сўзлaр билaн бoшлaнгaн oятлaргa ишoрa қилинмoқдa.
39
Обнус - қoрa рaнгли қaттиқ дaрaxт.
40
«Кўнгул» сўзи ўрнидa шoир «xoжa» сўзини ишлaтгaн; «xoжa» - «эгa», «xўжaйин» дeгaн мaънoлaрни билдириб, шoир
бундa хaли инсoн бииaн қўшилиб улгурмaгaн кўнгулни тушунaди.
41
Aфсoнa бўйичa, xудoлик дaъвo қилгaн Шaддoд исмии бир пoдшo тoмoнидaн ер юзидa бинo этилгaн aжoйиб-ғaрoйиб
бoғнинг нoми.
42
Сидрa - еттинчи oсмoндaги бир дaрaxт.
43
Сaндaл - қoрa-сaриқ рaнгдaги xушбўй дaрaxт.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |