To‘xtanazarov Muhammadjon,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
Tel: +99893 273 21 07
XRISTIANLIK DININING KIBERMAKONDAGI FAOLIYATI
XXI asr butun jahon taraqqiyotida axborot texnologiyalari tobora tez sur’atlarda rivojlangani sababli virtual olam hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Turli sohalar, shu jumladan, diniy sohada ham internet o‘zining ta’sirini sezilarli darajada o‘tkazayotgani bizga ma’lum. Aksariyat dinlarda ibodatlarni yengillashtirish maqsadida internetda qulay sharoit yaratilmoqda. Tabiiyki bu holatda ayrim dinlarning diniy amaliyotlari kibermakonga ko‘chmoqda. Diniy ma’lumotlar va ko‘rsatmalarni ham internet orqali topish va o‘rganish dindorlarga ham yengillik bermoqda. Masalan, xristianlik dinining Protestantlik yo‘nalishi vakillarida o‘z e’tiqodiga oid masalalarni kibermakon orqali yechish ancha keng tarqalgan. Bunda an’anaviy ibodatlar u yoki bu o‘zgarishlarga yuz tutsa-da, online kontekstni olib chiqish ular uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun nafaqat kibercherkov va kiberruhoniylar sonining ortishi, balki biror marta cherkovga qadam bosmagan, faqat tarmoq orqali ibodat qiluvchilarning safi kengayishda davom etmoqda.
Xristianlik diniga oid amaliyotlar, marosimlar, o‘quv kurslari, muqaddas matnlar o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab internet tarmoqlaridagi veb-saytlar orqali keng targ‘ib etib kelinadi. Shuni e’tiborga olgan holatda, saytlarni kontentiga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan, faqat diniy ibodatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan saytlar (churchofengland.org, omatrone.ru/molitva),[1] cherkovlar haqida ma’lumotlar beruvchi katalog sifatida faoliyat yuritadigan saytlar (seacoast.org, sunvalleycc.online.church),[2] Xristianlik ta’limotini o‘rgatishga mo‘ljallangan saytlar (onlinechristiancourses.school/0)[3], diniy kitoblar sotiladigan saytlar (thegoodbook.org) mavjud.[4]
Diniy ibodatlar uchun mo‘ljallangan saytlarda kundalik ibodat qilish tartiblari, duolar va marosimlar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularni onlayn tarzda bajarish ham mumkin. Misol uchun, omatrone.ru/molitva saytida barcha ibodatlarni onlayn tarzda bajarish mumkin. Bundan tashqari ibodat qilish tartiblari ham o‘rgatilgan. Bugungi kunga kelib sayt foydalanuvchilari 6820 tani, kuzatuvchilarining o‘rtacha soni esa 27300 tani tashkil qiladi. Har kuni saytdan 910 nafar odam foydalanadi.
Xristianlik diniga oid saytlardan bepul yoki pullik foydalanish mumkin. Bunday saytlardan biri “thegoodbook.com” sayti foydalanuvchilarga kitoblarni pul evaziga sotadi. Ushbu sayt faqat Xristianlik diniga e’tiqod qiluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur dinga oid kitoblar sotish va Injil tadqiqotlari uchun ixtisoslashgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “thegoodbook.com” sayti dastlab tashkilot sifatida faoliyat yuritgan. Thegoodbook tashkiloti 1991-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Tashkilot asoschilari va faollari o‘z diniga ishtiyoqlari juda baland. Ular e’tiqod qiluvchilarni ibodatlarini mustahkam bo‘lishi, rivoj topishi uchun Muqaddas Kitobga asoslangan virtual manbalarni yaratish va nashr etish bilan faxrlanadilar.
Xalqaro nasroniy noshiri sifatida Muqaddas Kitobga oid tadqiqotlar, nashidalar, videofilmlar, bukletlar, xushxabarchi kurslar va o‘quv materiallari butun dunyo bo‘ylab 35 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi. Bundan ko‘rinib turibtiki, ushbu kompaniya avvaldan mavjud bo‘lgan va xristianlikka oid diniy kitoblarni nashr etishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Buyuk Britaniyaning London, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Charlotte, Shimoliy Karolina, Avstraliyaning Sidney shahrida Thegoodbook tashkilotining ofislari mavjud. Ular Anglikan, Baptist, Presviterian, Jamoat va Erkin Cherkovli turli xil imonlilar jamoasi hisoblanishadi. Bular masihiylarga Ilohni tushunish va sevishlariga yordam beradigan manbalarni taqdim etish orqali xushxabarning tarqalishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida birlashgan.
Thegoodbook jamiyati davlat tashkilotlaridan yoki Mahalliy cherkovlardan moddiy ta’minot olmaydi. Shuning uchun, ular o‘z biznes g‘oyalari targ‘ibini yo‘lga qo‘yishgan. Ya’ni yangi kitoblar chop etish, kitoblarni onlayn bozorda sotish, tarjimalar bilan shug‘ullanish kabilar bilan shug‘ullanishadi. Ammo ularni e’tirof etishlaricha bundan ko‘zlangan asosiy maqsad pul toppish emas, balki, masihiylarni xursand qilish va Xushxabarni targ‘ib qilish ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Bunday ishlardan tushgan mablag‘ning bir qismini bolalarni tarbiyalash va targ‘ib qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi tashkilotlardan biri bo‘lgan “Rahmdillik” tashkilotiga berishadi. Ular hozirgi kunda “Christianity Explored” tashkiloti bilan yaqindan aloqalar o‘rnatganlar. Shuningdek, Isoga va Muqaddas Kitobga bo‘lgan sevgisini baham ko‘radigan mualliflarning ajoyib jamoasi bilan ishlaydilar.
Thegoodbook tashkilotining saytida asosiy 8 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
Sayt bo‘limlari
|
Saytning ruknlari
|
Injilni o‘rganish
|
Barcha Injil tadqiqlari, Mavzu bo‘yicha xarid qilish
|
Bag‘ishlovlar
|
Barcha ibodatlarni koring, Mashhur
|
Tarqatish
|
Xristianlik o‘rganilgan vazirliklar, Turi bo‘yicha xarid qilish
|
Xristian hayoti
|
Barcha Xristian hayotini ko‘rish, Vaqti-vqti bilan xarid qiling
|
Vazirlik
|
Barcha Vazirlikni ko‘rish, Xushxabar shaklidagi cherkov
|
Bolalar
|
Yoshga qarab xarid qilish
|
Yoshlar
|
Ruh, Eng yaxshi yangiliklar
|
Takliflar
|
Takliflar
|
Injilni o‘rganish bo‘limida Injil bo‘yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, Injilni sotib olish imkoniyatlari mavjud. Ushbu kompaniya xalqaro nasroniy noshir sifatida o‘z resurslarini chet tillarga tarjima qilishga va dunyo bo‘ylab o‘z hamkorlarini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratadi. Nashriyot kitoblarni alban, arab, hind, bolgar, xitoy, xorvat, golland, nemis, fransuz, qozoq, koreys, yapon kabi 35 dan ortiq tillarga tarjima qiladi. Saytda xristianlikka oid deyarli barcha diniy kitoblar mavjud. Xarid qilish usullari ham mijozlar xohlagan tartibda amalga oshiriladi.
Saytdan foydalanish va materiallarni xarid qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni sayt bazasiga kiritishingiz kerak bo‘ladi. Saytda jamiyat a’zolari va kitob mualliflari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Xrisktianlik dini bo‘yicha umumiy internet saytlaridan tashqari alohida saytlar ham faoliyat yuritadi. Qiziq tomoni o‘rganilgan saytlar ichida alohida e’tiborimizni jalb qilgani Thegoodbook tashkilotining “thegoodbook.com” sayti bo‘ldi. Chunki ushbu saytdagi materiallar dunyoning 35 tadan ortiq tiliga tarjima qilingan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bugungi kun xristiani uyidan turib diniga oid istalgan ma’lumotni olib, foydalanishi mumkin. Bundan tashqari Xristianlik diniga e’tiqod qiluvchilar diniy ibodatlarni ham cherkovga bormay onlayn tarzda amalga oshirishlari mumkin. Mazkur imkoniyat pandemiya davrida din vakillariga asqotdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1 [omatrone.ru/molitva], 3.12.2021-y.
2 [seacoast.org, sunvalleycc.online.church.] 3.12.2021-y.
3 [onlinechristiancourses.school/0,] 3.12.2021-y.
4 [thegoodbook.org,] 10.11.2021-y.
Do'stlaringiz bilan baham: |