Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
27
bo‘lsa, boshqa hammasi topiladi. Bu narsa kimning, nimaning joni bo‘lsa, tanida g‘unchaga o‘xshash
qoni bo‘lsa, o‘shanda bo‘laveradi. Bu dajjolda ham bor, payg‘ambarda ham bor, desak, unda Isoni uning
eshagi bilan tenglashtirib qo‘ygan bo‘lamiz. Agar bir odam katta savdogar bo‘lsa, aqlu xushi doim, u
qaysi ko‘ngli bilan o‘zini ahli dil
44
deb hisoblay oladi? Sen jazm qilgan ko‘ngul bu emas. Agar ko‘ngul
shunday bo‘ladigan bo‘lsa, sen undan voz kech.
Bu «ko‘ngul» deb atayotgan narsang aslida yurakdir; yurakni «ko‘ngul» deb ham ataganlari uchun
bu ikki so‘z nomdagina o‘xshash, xolos. Aslida ko‘ngul sirlar bo‘stonining bulbuli bo‘lib, poklik
haramida jilva qiladi. A’lo darajadagi jannatning isi ham shu ko‘ngul; Ilohiy jilva chirog‘ining nuri
ham shu ko‘ngul!
Boshqalarni (Ilohiy) yo‘lga boshlovchilar uni «eng baland osmon», so‘fiylar esa «ulug‘ olam», deb
atashdi. Lekin tiniq oinada bu katta jahon (ko‘ngul) dunyodagi barcha odamlar ko‘zidan yashirindir.
Butun dunyo qiblasi bo‘lgan Ka’baning ham qadri ko‘ngilchalik emas. Chunki u Ka’ba odamlarning
oddiy sajda qiladigan joyi; bunda esa Yaratganning jilvasi zohir bo‘lib turadi.
Bu sirlar to‘la xazina - ko‘ngulni qo‘lga kiritgunga qadar yo‘l boshlovchi qilgan ko‘p ishlarni qilmoq
kerak bo‘ladi; buning uchun Ka’ba yo‘llarini ham, rindlarning mayxonasiga olib boradigan manzillarni
ham bosib o‘tish kerak. Xudoga munojot qilish bilan yashaydigan odamlar orasida ham bo‘lish zarur;
mayxonada ham bo‘lish kerak. Goh xonaqohda shayxning gapi bilan toat-ibodatga yuz tutganlar yoniga
chekinish kerak, goh yo‘qlik mayxonasiga mast bo‘lib kirib, mug‘bacha oldida butparastlik qilish zarur,
goh sham’ atrofida parvonadek aylanish, goh biron pari ishqida devona bo‘lish, goh visolga erishib, aysh
qilish, goh firoq o‘tida kuyish kerak. Agar kumush badan, injiq bir ma’shuqaga uchrasang, u goh shirin
xanda qilsa, goh sho‘ringni quritadigan qiliqlar qilsa, dardu balo tog‘ida Farhod bo‘lish kerak,
tirnog‘larni po‘lat teshaga aylantirish zarur. Yoki oy yuzli shunday bir dildor uchrasaki, u malohat
dashtidagi Layliga o‘xshasa, uning ishqida falakday sarson-sargardon bo‘lib, dard biyobonida Majnun
bo‘lish ham kerak. O‘tda samandar kabi chidab turish, suvga esa gavhar kabi sho‘ng‘ish ham kerak.
Gavhar sochadigan bulut havosiga g‘arq bo‘lib, xazinadek tuproq ichida ko‘milib yotish lozim. Bunday
odam bormagan, tariqat yo‘lini rivojlantirmagan vodiy qolmasin.
Kamolot kasb etmagunga qadar bunday odam hamma xolatlarni boshidan kechiradi. Dunyoda
hamma narsani ko‘rib, uni egallaydi, shundan so‘nggina u «olami kubro» laqabiga sazovor bo‘ladi. Shu
olam sari kimga yo‘l ochilgan bo‘lsa, o‘sha odam dunyoda haqiqiy «ahli dil» sanalishi kerak.
Mexribonlik xazinasi kimgaki nasib bo‘lgan bo‘lsa, xalifalik ham o‘sha odamga tegishlidir. Safo taxti
uning o‘ltiradigan joyi bo‘lib, uni sofko‘ngil so‘fiy deb atash lozim. Uning yo‘lida jonu ko‘ngulni fido
etish, jonu ko‘nguldan unga topinish zarur.
Agar uning etagini ushlash imkoni bo‘lmasa, u vaqtda uning etagidan bittagina ip Navoiy tomon
tushsa nam yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: