XVI
Sultonlar guruhining sarafrozi va xonlar mamlakatiga boylik bilan oro beruvchi, saltanatni,
dunyoni va dinni e’zozlovchi Abulg‘ozi Sulton Husayn Bahodirxonning davlatini va podshohligini
yaxshiligi va ehsonini olamga yoyilishi madhi va uni burro til bilan aytmoq qiyinligi, xususan, qalam
tilining bunda lol ekanligi
U olampanoh shohni qanday shoh desang, butun olam va odamlar unga mamlakat va sipoh bo‘lgan
shohdir. Uning qasri yetti aylanma gumbazdan iborat bo‘lib, yetti otasigacha xon bo‘lib o‘tgan.
Otasi xon bo‘lishi bilan birga uning dovrug‘i ham bo‘lib, ko‘proq shuhrati bilan faxrlangan.
Amalda esa turk, mo‘g‘ul xonlari uning qullari bo‘lib, ular mamlakat berib, mamlakat oladiganlar
bo‘lishgan. Buning (qul darajasida) kamtarligi boshqa xonlarga ibrat bo‘lib, Sulton Husayn xonlar va
shohlar ustidan shoh bo‘lgan.
Shoh Abulg‘ozi Quyoshdek ravshan fikrli bo‘lib, bayrog‘ining yarim oy shaklidagi belgisi esa
Quyoshdan balandda tasvirlangan bo‘lgan. Baland osmon uning taxti uchun munosib joy. Quyoshsimon
31
«Менинг шеърлaримнинг», демoқчи шoир.
32
«Мaйдa шеърлaрни қўйиб, энди кaттa aсaр ёзсaм», демoқчи шoир.
33
Шoир ўз «Xaмсa»сини кўздa тутaди.
39
Ҳут - бaлиқ.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
25
to‘garak naqsh kiygan tojiga bezak. Kaftlari dengiz bulutlari kabi dur, javohir sochsa, tig‘i bu daryo
suvini to‘latuvchidir.
Uning belidagi kamarida yoqut bo‘lib, uning yonidagi xanjar esa baliq
39
shaklidadir. Uning xanjari
baliq bo‘lmasa, nima bo‘lishi mumkin? Dastasini gavhardan yasalgan Mushtariy
34
desa ham
bo‘ladi.
Naykamalak go‘yo uning yoyi bo‘lib, o‘z shohlik yorlig‘ini uning yordamida falak toqiga osib
qo‘ygan.
Falak turki, ya’ni Mirrix sayyorasi goho uni quvib yetsa ham, lekin qancha kuchanmasin, uni
qimirlata olmaydi.
Aylana osmon o‘zi unga qalqon vazifasini o‘tar ekan, qubbasi yargiroq Quyoshdir.
Bu qalqon yuzida Somon yo‘lidek bir narsa ko‘zga tashlanar ekan, bu qin bo‘lib, uning bezakdor
qilichidan belgidir.
Nayzasi osmonda uchib yurgan uchar yulduz emas, balki yoyining ustidan toza kumush suvi
yurgizilgani alomatidir. Ostidagi la’l nuqralar shafaqni eslatsa, rangi, bo‘yog‘i quyosh zarvaraqlaridan
darak beradi.
Bu shohning jahli chiqqanda dushmanga aylanib, rahmdilligi shabadasi esganda esa xalq siylanishda
bo‘ladi.
Hammayoqni kuydiradigan xanjaridan o‘t chaqnaganda, qadahining shu’lasi olamni yoritib
yuborishi mumkin.
Saxovat vaqtida qo‘li zar sochsa, lutf qilgan chog‘ida mehribonligi tutib, gavharlar sochishi mumkin.
Uning ko‘ngli bilim gavharlaridan xazina ko‘targan, qo‘li saxovat katidan ganj ulasnadi. Lekin qaxri
olovi alanga olgan vaqtda afv bulutlaridan qatralar toma boshlashi ham hech gap emas.
Urush kunlari bo‘lsa temirga burkanib olib, oyog‘idan boshiga qadar zirxda. Xuddi xazon barglari
suv ichida suzayotgandek, yoki ko‘zguda dushmanning chehrasi ko‘rinib turgandek.
U temir panjasida tig‘ni tutib turgandek va tig‘i go‘yo temirdan yasalgandek.
Tig‘idan taralgan shu’lani paykon uchi deb ham o‘ylama. Uni o‘sha o‘t tilini cho‘zdi! - deb qo‘ya
qol.
U (Husayn Boyqaro) yo‘llagan nayza dushmanning boshiga tegar ekan, o‘sha lahzada urilgan balo
chaqmog‘iga o‘xshab ketardi.
Bu uning qo‘li kaftidagi bulutdan chaqilgan chaqmoq bo‘lib, bunda uning uchun bir to‘da kul bilan
tog‘ning o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini bildiradi.
U mingan otning rangi ham chaqmoq rangida bo‘lib, rangini qo‘y, chopganda ham xuddi yashindek
qadam tashlar edi.
Uning oyog‘i mato bilan o‘ralgan, oldingi qoi-oyog‘ida shamolni ushlab turganday bo‘lib, shuning
uchun ham bu otni «Bodpo»
35
deb atashar edi. Bu tez va asovni har qayoqqa minishar ekan, falak oti -
Quyosh esa uning oldida kesmas pichoqdek bir narsa edi. Uning yonida osmon o‘z otini ko‘rib, u xo‘kiz
bo‘lib xirmonni yanchayapti! - deyish mumkin edi. Agar u xirmondagi xo‘kiz bo‘lmasa, nima uchun
doim bir joyda aylanib, to‘g‘ri keta olmaydi?
Agar sen o‘sha xirmon va xo‘kizning belgisini ko‘rmoqchi bo‘lsang, o‘sha Sunbula
36
va Somon yo‘li
bunga belgi bo‘la oladi. Ularning bu doiradan sakrab tashqariga chiqib ketishga xaddi yo‘q. Undagi har
34
Муштaрий - Юпитeр сaйёрaси.
35
Ўзбeкчaси «Елoёқ».
36
Осмoннинг сaккизинчи буржи нoми.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |