Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 
XI BESHINChI NA’T
 
 
Me’roj kechasi ta’rifida; olijanoblikdirkim, «Ul zoti pok» sadoqatli bo‘lib, o‘z bandasi 
(Muhammad s.a.v.)ni bir kechada Haram
14
 masjididan Aqso
15
 masjidiga olib bordi va buning isbotiga 
ikki sodiq guvoh bordir
Kechalarning birida koinotni qorong‘ilik bosib, quyosh obi hayot bulog‘idek yashiringan edi. Garchi 
u buloq ko‘zga ko‘rinmasa ham, Xizr ko‘k uzra undan qatralar sochardi. Tun changlarini anbarga 
aylantirgan, ularni jannat shabadalari Yer uzra tarqatar edi. Yer yumaloq shakldagi xushbo‘y idishga 
aylanib, tun qorong‘iligidan unda anbar tayyorlanayotgandek edi. Yer idishi ostida Quyosh o‘t 
yoqayotgan, idishni esa Osmon o‘z yetagi bilan yopib turgandek ko‘zga tashlanardi. Orom va tinchlik 
yomg‘iri yog‘ib, yuz berayotgan hodisalar to‘zonini pasaytirishga intilardi.
14
Кaъбa.
15
Қуддуси Шaрифдaги қaдимги мaшҳур мaсжид нoми.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
Shu kecha do‘stlik gulistonining sarvi do‘stlik xonasining sham’ini yanada ravshanroq qildi. 
Uchrashuv xayoli bilan ko‘ngli xursand bo‘lib, dengizdek jo‘sh urib hayqirdi. Shu payt oliy maqomli 
sayyoh yetishib, qo‘lida esa qushdek uchadigan otning jilovini ushlab turardi. Bu ot ko‘kda sayr 
yetishdan orom olib, unga Yerdan osmongacha chiqish bir qadam bo‘ldi. Allohning pok xabarchisi unga 
salom qilib, Alloh nomidan unga ma’lumot berib dedi: «Ey shavqli sirlarning xazinasi! Alloh seni 
ko‘rishga o‘z shavqu istagini bildirmoqda. Chunki payg‘ambar jonon xabarini topgan ekan, uning jonon 
xabarini topgani yangidan jon topganidir».
Xabarchi unga yordam berib, otga mindirib, otni o‘zi kelgan tomonga qaytarib olib ketdi.
Shu ravishda bu olijanob, ochiq yuzli otliq sayr qilar, tole’i baland oti qushdek uchar edi. Bu tez 
chopishga o‘rgangan ot chang ko‘tarib, aql ko‘zini ko‘rmaydigan holatga solardi.
turardi. Bu ot ko‘tarilib ko‘k osmonga yetganda, Oy o‘tish uchun unga tuynuk vazifasini o‘tadi. 
Qalam yegasi Atorud bunda hurmat qozongan, buqalamunlig‘ - ikkiyuzlamachilikka yo‘l qo‘ymayotgan 
edi. Zuhra
16
xursandchilik barbatini
17
sozlab, u (Payg‘ambar)ni zamzama bilan qo‘llay boshladi.
Quyosh o‘z soyasi bilan uning jamolini to‘sib turar, hilol esa shu’la ostida berkingandek edi. Mehrida 
Bahrom (Mirrix) birso‘z bo‘lib, sharaf tig‘i yuziga ko‘zgu kabi edi. Unga yaqin yurishdan Mushtariy 
yanada martabasi ortib, yo‘lidagi bir zina unga minbar bo‘ldi. Zuhal sham’i qorong‘ilikni yoritib, 
(Payg‘ambar)ning zangi (negr)dek qora otini oq qilib ko‘rsatdi. Unga Hamal ham, Savr ham jonlarini 
berayotgandek, tog‘rirog‘i, ikkisi ham jonini qurbon etishga tayyor edilar.
Ham oldida Javzo kamarini tortib bog‘lagan, ham Saraton o‘zini tik tutib, jilva qilar edi. Sher (Asad) 
yo‘lidan bir go‘shani egallab, Sunbula uning otiga yo‘l ozig‘i bo‘ldi. Palla yo‘li gardini qimmatbaho 
iksirday o‘lchar, Aqrab orasida ichkizish, davolash, (nina) sanchish, og‘ritish ishlari olib borishmoqda. 
Qavs esa chillaga o‘tirib, duo qilish payida. Jady (tog‘ echkisi) unga yetishi uchun (ozig‘ bo‘ladigan) 
birinchi sutini keltiradi. Dalvga Yusuf kabi nazar solmay, Hutda Yunus kabi to‘xtab o‘ltirmadi.. U yeldek 
hamma burjlarni kesib o‘tdi va Osmonning Arsh qismiga ko‘tarila boshladi. Unga poyandoz Arsh hamda 
Lavxu Qalam bo‘lib, uning oti naq o‘shalarga qadam bosishi kerak edi.
U endi Rafrafga minib, hamrohi va yo‘lovchi bilan xayrlashdi. Endi borayotgan yo‘lida hech qanday 
makon qolmadi. U yo‘qlik (lomakon)’dashtini o‘ziga makon etdi. Bunda u olti jihat
18
bandidan 
tashqariga chiqib, to‘rt gavhar
22
ni tark etish unga toj kiyishdek bo‘ldi. Yo‘qlik oyog‘i bilan qadam bosar 
ekan, aslida yo‘l ham yo‘q edi, qadamning o‘zi ham.
O‘zligidan na naqsh qolgan edi, na bir ko‘rinish, hatto bu aytilgan narsalardan biron asar ham. Shu 
yo‘l bilan u o‘zini o‘zidan xalos qilib, shu ravishda o‘zini izzat pardasiga xos, loyiq deb topdi.
U yerga yetib qarasa, ro‘parasida hech narsa yo‘q edi. Qancha qaramasin, boqiylik ko‘zgusini ko‘rar 
edi. Ko‘zguga boqqanda unda suratga o‘xshash bir narsalar ko‘rinar edi, xolos. Nima o‘tkinchi (fano) 
bo‘lsa, tashqarida qolgan edi.
Uning yulduzi shuncha baland ko‘tarilganda, marhamat dengizida mavj paydo bo‘ldi. U Alloh tilidan 
ummatlacining hammasini istay boshladi va, Allohdan barcha murod-maqsadiga erishdi.
Allohga tuproqdan bo‘lgan tana hamrohlik qildi. Agar: «Shunday bo‘ldi!» - deyilsa, shunday, bunga 
ajablanmasa ham bo‘ladi. Chindan ham uning tani boshidan-oxiriga qadar jon edi. Lekin uning joni 
Jononga yetishgan edi. U ikki dunyo rahmatini qo‘lga kiritgan bo‘lib, nimaga erishgan bo‘lsa, hammasini 
16
Зуҳрa - Венерa сaйёрaси, сaнъaт ишлaрининг ҳoмийси.
17
Бaрбaт - тaнбургa ўxшaш чoлғу aсбoби нoми.
18
Олти жиҳат - олти томон (Шарқ, Ғарб, Шимол, Жануб ҳамда қуйи ва юқори) 
22 
Тўрт гавҳар - тўрт унсур.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
a

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish