Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
84
nikohini maxkamlash vaqti kelganda, to‘y oldi qaliniga jonining javharini so‘rattiradi. Hozir to‘y oldi 
qalini uchun jonini so‘ratgan bo‘lsa, ertasiga to‘ydan keyingi qalin uchun imonini talab qiladi. Ra’nodek 
go‘zal mahbuba uning yordami bilan oshig‘ini o‘ziga ibodat qilishgacha olib keladi. Uning shunday 
o‘zini past tutishini, kamtarligini ko‘rib, endi unga pul ham da’vo qila boshlaydi. To‘y oldi qaliniga 
jonini so‘rab, keyingi maxrga imonini talab qilib, jonini, imonini olgandan keyin esa, bu dunyo uyidan 
uni surgun qiladi. Uni bu uydan chiqarib, boshqani kiritadi, yana boshqa bir begona odamni o‘ziniki 
qiladi. Unisiga vafoni tark etgan edi. Bunisiga ham o‘sha jafolarni ko‘rsata boshlaydi.
Qizig‘i shuki, bundaylarning yuzi kelib mingi ketadi; mingtasi ketgandan keyin yuz mingtasi keladi. 
Kelish-ketish ishlari shu xilda tuzilgan bo‘lib, hayot - bazmga kelib-ketishday bir gap. Zamonning ishi 
shu xilda qurilgan bo‘lib, evoh, u doim aylanib turadi. Azaldan oxirigacha shu xol bo‘lib, keluvchilarning 
ham, ketuvchilarning ham son-sanog‘i yo‘q. Ularning yuzi bo‘lsa ham, mingi bo‘lsa ham, falak ularni 
yo‘q qiladi. Uning jafolaridan oh, yuz ming oh!
Falak aylanganda ikki chiziq xosil qilib, bu mintaqa va muaddil chiziqlari ikki belbog‘day uning 
beliga boylangan. Shuni ko‘riboq odamlar uning nima maqsadda belining ikki yeridan boylanganini 
tushunadi. Uning aylanishidan xosil bo‘lgan kunduz ham, kechasi ham tunu kun goh pastga tushadi, goh 
tepaga chiqadi.
Bu mashaqqatdan quyoshning yuzi sarg‘aygan; hatto yangi oy ham o‘zidan ketib,/bexud. Uning 
yetkazgan g‘amidan tong to‘nini yirtgan, shorn ham motam libosida. Issig‘ini ko‘targani uchun o‘t 
oromsiz, yelni yugurtirgani sababli xor-zor. Suv ham uning dag‘dag‘asidan jahongashta; qattiq shamoli 
tuprog‘ni changga aylantirgan. Uning qasd qilishi natijasida dengiz zahar rangida, zahar ta’siri uni 
qayg‘uga solgan.
Uning zulmi bilan konning baxti qora; go‘yoki ichi laxta-laxta qon bog‘laganday. Durga u shuncha 
ko‘p zulmlar qildiki, o‘z ahvoliga to‘kilgan bir qatra yoshday bo‘lib qoldi. Uning nayzasi la’lga shunday 
ochiq urildiki, natijada yarasidan bir qatra qon chiqardi. Uning g‘amidan bulut ahvoli ham chatoq; go‘yo 
o‘z dardiga bir qora oh chiqarganday. Undan chashma ham dushmanlik ko‘rib, bir ko‘z bo‘lib qolgan, 
o‘z ahvoliga qayg‘urib ko‘z yoshi to‘kadi.
Bulbul uning xasratidan fig‘onda, gul to‘ni shu tufayli yuz yeridan chok. Lolada ham yangi dog‘lar 
paydo bo‘lgan; ko‘z yoshlari esa u dog‘larni qonga bo‘yagan. Shishaning ko‘zidan qonini oqizib, 
mayining o‘tidan odamlarning jonini kuydiradi. Garchi u kishilarning joniga o‘t solsa ham, shu o‘tini 
ham hammadan baribir qaytib oladi. Shunga qaramay falak hammaga o‘zini do‘st tutib, o‘zini 
odamlarning ahvoliga g‘amxo‘r qilib ko‘rsatadi. Bir necha kun odamlarga xursandchilik bag‘ishlab, bir 
necha kun ularning xojatini ravo qiladi. Birovni mansabda Qorun darajasiga, birovni martabada Faridun 
darajasiga ko‘taradi. Uning bu ishlarida ham bir-biriga muvofiqlik yo‘q; mingdan bir ishi taxsinga loyiq 
emas.
Shunday fikr qilginki, bu pastkash charxning aylanishi xuddi g‘alvirning aylanishiga o‘xshaydi. 
Olamdagi odamlar, xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon, hammasiga shu chanbar orasidan joy beradi. 
Odamlarni u shu ahvolga solib, o‘z g‘alvirini elagani elagan. Yaxshini yomondan, pokni nopokdan 
ajratadi. Yaxshisini pastidan ayirgandan keyin ikkovini bir martabada qoldirmaydi. Qaysi biri ko‘proq 
pastkash bo‘lsa, o‘shani o‘z marhamatiga olib, ko‘proq boy qildi. Durni oddiy kaxrabodan farq 
etmasdan, durga aloqasi yo‘q narsalar bilan durlarni ko‘mib yubordi. Jahon gulshanida nargis kabi 
kaltabin, nodonlar bor edi, ularning bazmlariga xursandchilik bag‘ishlab, kumush tabaqlarda oltin 
qadahlar uzatdi. Tabiati pokiza, behisht gulzorining bezagi deb tushunilgan gulni esa, balo tikanlariga 
mubtalo qilib, uzdi, sovurdi, yo‘qotdi. Rindlar may idishiga g‘ilof qiladigan terini xo‘tan mushkini 
saqlaydigan idishga aylantirdi. Qayerda rangdor yaman terisini ko‘rsa, yuz joyidan qirqib, undan o‘qqa 


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish