www.ziyouz.com
кутубхонаси
83
Soqiy, gunohimdan o‘tib, qoiimdan tutki, jonim og‘zimga kelib, chiqay deb turibdi. Tez bo‘l, bir
qadah bilan menga kushoyish ber. Umrim Nuh umricha bo‘lmasa ham, sabrda Ayyubcha borman.
XLVIII O‘N TO‘RTINChI MAQOLAT
Osmon tuzilishidan shikoyat; uning har biri bir quti bo‘lib, har yulduzi pok bir gavhar bo‘lib
ko‘rinadi, ammo u shunday bir kuticha hamki, unga zahar, zahar bo‘lganda ham o‘ldiradigan zahar
solingan; jahon ko‘g‘irchog‘i haqida kinoyaki, u chiroyli va kelishgan sho‘x bir jononga
o‘xshab ko‘rinadi, ammo o‘zi shunday qariyaki, ishi makr va ko‘zbo‘yamachilik, ko‘zbo‘yamachiligi
esa haddan ortiqdir; u marvarid qutisining zararini yozish uchun kalamning tili lol: bu qariyaning
turgan-bitgani zavoldir
Ey ko‘ngul, bu charx qo‘g‘irchoqboz chiqdi-ku! Ey ko‘ngul, uning nayrangbozligidan ranjima.
Uning nayranglari har qanday taxmin va gumondan ortiq. Nayrangidan ham afsunlari ko‘p.
Charx shunday xiyla va nayranglar ko‘rsatadiki, go‘yo u ko‘k xirqa kiyib, tos o‘ynayotganday.
Yulduzlar uning kiyimidagi jiyaklardan nishon; Somon yo‘li esa ustidagi parcha-parcha yamoq.
U quyoshni mash’al qilib, aylangani aylangan; tosidagi o‘tni xirqasi bilan yashirib olgan. U o‘tni o‘z
kiyimi orasidan o‘tkazadi; tong yoqasidan o‘t chiqarib ko‘rsatadi. To‘g‘rirog‘i, tong kulish uchun og‘zini
ochib, xiyla bilan og‘zidan o‘tlar sochadi. Shunday bo‘ladiki, u o‘tning uchqunlari osmon xirqasi bo‘ylab
hammayoqqa sochiladi.
Qo‘g‘irchoqboz kabi bu xiylagar osmon o‘z nayrangbozlik chodiridan ming xil suratlar ko‘rsatadi.
U mixsiz, ustunsiz chodir tikadi; chodirning ko‘rinishini doira shaklida qiladi. Unda yulduzlar jilvagar
bo‘lib, kumush badani bilan yuz xil o‘yinlar namoyish etadi. U buncha kumushrang o‘yinchoqlar yasab
chiqararkan, maqsadi xalqqa xiyla-nayrang yedirishdir. Yo‘q, u parixpndek tanani ikkiga bo‘lib qo‘ya
qolmadi; tig‘i yangi oyga, qoni esa uning atrofidagi shafaqqa o‘xshaydi. Uning yulduzlari bunday
parixonlik qilish bilan atrofiga yuz ming parini yig‘ib olgan.
Yo‘q, uni parixon dema, u bir qarigan shum kampirdir. Qaddi ham ayyorlik sifatini ko‘rsatish uchun
bukilgan. Uning ko‘z yoshlari xiyla yulduzlaridir. Yolg‘ondakam tongning oqargani - uning boshidir.
Nayrang bilan u el qonini to‘kadi; aldov bilan jonini oladi. Podshohlarni o‘ldirishga, Xusravnigina emas,
Farhodni o‘ldirishga ham aqli tez ishlaydi.
Masalan, yer yuzidagi bir kelinni u tomosha qilib, makr bilan unga pardozchiligini izhor etadi.
Qo‘ynida pardozchiligining belgisi oq tong upasiyu quyosh oinasidir. Tong nafasi yangi ochilgan gulni
yasatganday, u sho‘x go‘zalni yasatadi. Yuziga gul bilan elik tortib, egniga sunbul kokillarini taraydi.
Lola bilan chehrasini qizil qiladi; lola dog‘ini esa chehrasiga xol qilib qo‘yadi. Yashil rang bilan qoshiga
o‘sma tortadi; shabnamni boshiga ro‘mol qilib yopadi. Sarvdan qoiiga surat tutqizadi; suvdan esa unga’
oina yasaydi. Og‘zini g‘unchaning orasiga pinxon etib, so‘zlaganda shu g‘unchani kuldiradi. Chiroyli
nargisdan unga ko‘z qilib, safsar ra’no tilidan so‘zlatadi. Uning nargis ko‘zlariga noz va karashmani
o‘rgatadi; g‘amza o‘rniga o‘ynoqilikdan ta’lim beradi. Uni jannatning bog‘idek bezatadi; jannatning
bog‘i emas, Chin qo‘g‘irchog‘idek yasatadi. Xalq orasida uning zeboligini jilva qildirib, hamma tomonga
ra’noligini namoyon qiladi. Buncha afsunni unda aks ettirar ekan, buni xalq unga giriftor bo‘lishi uchun
qiladi. Toki, uni har kim ko‘rganda zor bo‘lib, ishqining sirtmog‘iga mubtalo bo‘lsin.
Rustamdek bir azamat u makkor qariyani uchratib, o‘sha go‘zalga yetishish orzusida g‘amga asir
bo‘lganini izhor etdi, deylik. Qariya o‘rtada qo‘shmachilik qilib, qo£shmachilik dema, makrxiyla
ko‘rsatib, shunday yashirin sehrgarliklarni namoyish qiladiki, natijada ikki toqni juftlashtiradi. Ularning
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |