ALISHER NAVOIY ASARLARIDA O'ZLASHGAN KIYIM-KECHAK
LEKSEMALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida davrga xos ayrim o 'zlashgan kiyim-kechak leksemalari tadqiq etildi, misollar orqali izohlandi. Alisher Navoiy asarlari lug'at tarkibidagi o'zlashgan kiyim-kechak leksikasi (KKL)ni aniqlash tilimiz tarixi, o'zgarishlari, leksik boyligi, XV asrda o'zbek xalqning turmush-tarzi, madaniyati haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan o'zlashgan qatlam kiyim-kechak nomlari tarixi ko'hna yozma manbalarga borib taqaladi. Masalan, xil'at, qabo, jubba, xirqa, hulla, abo, rido, taylason, toqiya, amoma, burqa ' singari KKLini arab tilidan o 'zlashgan kiyim-kechakka oid leksemalar qatorida ko 'rsatishimiz mumkin. Bu leksemalarning ko'pchiligi hozirgi tilimizda biroz fonetik va ma'no o'zgarishi bilan qo'llanib kelinmoqda.
Maqolada Alisher Navoiy qo 'llagan ayrim arab va fors tillaridan o 'zlashgan kiyim-kechak nomlari qadimgi va eski turkiy tilga, shuningdek, zamonaviy turkiy tillarga, jumladan, hozirgi o'zbek tiliga qiyoslab, leksik-semantik va etimologik jihatdan tadqiq etildi.
Tarixiy kiyim nomlari bizga turli adiblar, yozuvchilar, tarixchilar asarlari orqali etib keladi. Shu jihatdan Alisher Navoiy asarlari ham nodir manbalardan biri hisoblanishi, asarlarida kiyim-kechak nomlari o 'z qatlamga oid leksemalar, shuningdek, o 'zlashgan qatlamga oid birliklar bilan ham ifodalanganligi maqolada o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: kiyim-kechak, bosh kiyim, ust kiyim, diniy kiyim, shayx kiyim, leksema, ma 'no
Аннотация: В данной статье были исследованы некоторые ассимилированные лексемы одежды того периода в творчестве Алишера Навои и объяснены на примерах. Выявление усвоенной лексики одежды (ЛО) в словарном составе произведений Алишера Навои дает возможность составления представлений об истории, изменениях, лексическом богатстве нашего языка, быте, культуре узбекского народа в XV веке. История названий одежды, встречающихся в произведениях Алишера Навои, восходит к древним письменным источникам. Например, мы можем процитировать ЛО как
Maxammadiyev Xurshid Lutfullayevich Jizzax davlat pedagogika instituti o 'qiutvchisi
Scientific Journal Impact Factor
лексему для обозначения одежды, которая происходит от арабского языка, хилъат (почётное жалованное платье), цабо (верхняя одежда; халат), жубба (фуфайка на вате (скроенная как рубаха)), хирца (рубище, отряпъя, (одежда дервиша)), хулла, або, ридо (мантия; плащ), тайласон, тоция, амома (чалма), бурцаъ например. Многие из этих лексем используются в нашем современном языке с некоторыми фонетическими и семантическими вариациями.
В статье исследуются лексико-семантические и этимологические аспекты некоторых арабских и персидских названий одежды, используемых Алишера Навои, сравниваются их с древними и старотюркскими языками, а также с современными тюркскими языками, в том числе современным узбекским.
Названия исторической одежды пришли к нам через произведения разных литераторов, писателей, историков. В связи с этим в статье исследуется, что произведения Алишера Навои также являются одним из редких источников, в которых названия одежды выражаются лексемами своего слоя, а также единицами освоенного слоя.
Ключевые слова: одежда (костюм), головной убор, верхняя одежда, религиозное одеяние, одеяние шейха, лексема, значение
Abstract: In this article, some mastered clothing lexemes of the period in Nawai's works have been studied and explained with examples. Defining the acquired vocabulary of clothes in the dictionary of Nawai's works allows to get an idea about the history, changes, lexical richness of our language, way of life, culture of the Uzbek people in the XV century. The history of the names of the layered clothes found in Nawai's works goes back to ancient written sources. For example, we can cite clothes vocabulary as a lexeme of clothing, which is derived from the Arabic language, such as khilaat, qaba, jubba, hirqa, hulla, abo, rido, taylason, taqiya, amoma, burqa. Many of these lexemes are used in our modern language with some phonetic and semantic variation.
The article examines lexical-semantic and etymological comparisons of clothing names used by Nawai from some Arabic and Persian languages, comparing them with ancient and old Turkic languages, as well as modern Turkic languages, including modern Uzbek.
The names of historical clothing come to us through the works of various writers, writers, historians. In this regard, it is studied in the article that Nawai's
Scientific Journal Impact Factor
works are also one of the rare sources, in which the names of clothes are expressed by lexemes of their own layer, as well as units of the mastered layer.
Keywords: clothing, hat, outerwear, religious clothing, sheikh clothing, lexeme, meaning
Hech qanday xalq o'z taraqqiyoti yo'lida boshqa xalqlar bilan madaniy, iqtisodiy, boshqa tomondan aloqa qilmasdan, ayrim holda xo'jalik yuritishi mumkin bo'lmaganidek, biror-bir xalqning tili, xususan, lug'at boyligi ajralgan holda rivoj topishii mumkin emas. Xuddi shunday o'zbek tili ham o'z tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha tillar bilan munosabatga kirishgan, ulardan so'z olgan, so'z bergan. Shu tariqa leksik qatlamda turli tillardan o'zlashgan so'zlar paydo bo'lgan. Kiyim-kechak nomlari ham faqat o'z qatlamga tegishli bo'lmay, ularning orasida ham turli tillarga oid o'zlashmalar uchraydi. Alisher Navoiy asarlarida uchragan nomlar ham bundan mustasno emas, albatta.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada Alisher Navoiy asarlarida o'zlashgan kiyim-kechak leksemalari xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi.
Alisher Navoiy asarlarida turkiy nomlar bilan birgalikda boshqa tillardan, xususan arab, fors-tojik tilidan o'zlashgan kiyim nomlari ham uchraydi. Alisher Navoiy asarlaridagi o'zlashgan kiyim nomlarini quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Arab tilidan o'zlashgan kiyim-kechak nomlari.
2. Fors tilidan o'zlashgan kiyim-kechak nomlari.
Biz birinchi guruh o'zlashmalar haqida so'z yuritamiz.
O'zbek tilidagi kiyim-kechaklar borasida maxsus tadqiqot ishi olib borgan M.Asomiddinova arab tilidan o'zlashgan kiyim-kechak nomlarini o'zbek tilida tutgan mavqeiga ko'ra ikki qismga ajratadi:
a) eski o'zbek tiliga xos, hozirda faqat sahna kiyimiga aylangan, tarixiy voqelikni yoritgan badiiy, tarixiy, yozma adabiyotlarda uchraydigan nomlar: abo, qabo, qina ', dalq, jubba, xil 'at, dekla / dokla / deklay / daklay, rido, xirqa, aloqa, amoma, burqa va boshqalar.
b) eski o'zbek tilida uchrovchi va hozirgi o'zbek tilida keng qo'llaniluvchi nomlar: jubba, astar, mamug' / mamuq, libos, lozim/lozima, baxmal/maxmal, sadaf,
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
hoshiya kabilar7. Muallifning fikriga asosan qo'shilgan holda, bu o'rindagi ba'zi chalkashliklarni ham qayd etishimiz lozim. Jubba har ikki qismda ko'rsatilgan. Bu kiyim nomi birinchi qismga xos. Xil'at qayd etilganidek birinchi qismga emas, hozirgi o'zbek tilida xalat shaklida keng qo'llanishi bois ikkinchi qismga mansub. Birinchi qismda qayd etilgan dekla / dokla / deklay / daklay, ikkinchi qismga kiritilgan mamug'/mamuq esa arab tilidan o'zlashgan kiyim nomlari emas. Bular turkiy-o'zbekcha ekanligi ko'rinib turibdi.
Arabchadan o'zlashgan kiyim-kechak nomlari qatorida yana amoma, taylason, toqiya, kuloh singari so'zlarni ko'rsatish mumkin.
Bugungi kunda tilimizda faol qo'llanadigan va barcha uchun tushunarli libos so'zi arabchadan o'zlashgan bo'lib, umuman kiyim ma'nosini bildiradi: Sanamlar jilvagar mehri samovash, Ayog'din-bosh libosi kahrabovash.
Ya'ni, samo quyoshidek jilvagar sanamlar boshdan-oyoq qahraborang libos kiyib olganlar.
Alisher Navoiy asarlarida libos, kiyim-bosh so'zlarining ma'nodoshi sifatida kisvat so'zi ham ishlatilgan:
Bir qo'y terisin chiqordi filhol, Majnung'a dediki: «Egninga sol. Qo'ydek bu terini xil'at ayla, Boshdin ayog'ingg'a kisvat ayla2.
Lihof so'zi ham arabcha bo'lib, bir necha xil ma'noga ega: Kiyim. 2. YOpinchiq. 3. Ko'rpa. Alisher Navoiy asarlarida esa asosan, kiyim ma'nosida keladi: gul gun lihof - qizil kiyim. Masalan: Sabuhiy vaqti gul ochilg 'onin naylayki, ulyopmish Og'zini g'uncha yanglig' chirmabon gulgun lihofinda. (V. V.) Xil'at Alisher Navoiy asarlarida bir qadar ko'p tilga olingan kiyim nomidir. Arabchadan o'zlashgan bu so'zning lug'aviy ma'nosi "Alisher Navoiy asarlari lug'ati"da shunday ko'rsatilgan: 1. Hashamatli kiyim; sarpo, umuman, kiyim; zarbaft xil'at - kimxob to'n.
Darhaqiqat, shoir dostonlarida, she'riyatida xil'at asosan shohlar, zodogonlar, boy-badavlat kishilar kiyimi sifatida ko'zga tashlanadi. Shohlik xil 'ati qading bila jo 'b,
1 AcoMnggnHOBa M. KHHHM -KenaK HOMnapn. TomKeHT, 1981.-E.14.
2 Annmep HaBOHH. MyKaMMan acapnap TynnaMH. 20 ^n^g^n. -T.: ®aH, 1992. -E. 237.
599
Scientific Journal Impact Factor
Shohlar qaddi xam ayog 'ingga ko 'p.
Ya'ni, shohlik xil'ating (to'ning) qadingga mos tushgan, boshqa shohlarning qaddi oyog'ingga egilgan.
"Sabbai sayyor" dostonida boshiga kulfat tushgan Axiy shoh Farrux mamlakatiga yo'l oladi. Bir paytlari boyligi behisob bo'lgan, misli yo'q saxiyligi, nochoru yo'qsillarga, umuman, insonlarga yordamining ayamasligi tufayli g'arib ahvolga tushib qolgan xoja abgor holatda, bir qora shol, eski palosga o'ranib, ochlikdan, tashnalikdan kuchdan qolib yotganda, shoh Farrux uning boshiga kelib qoladi. SHoh bu kishidan avval musofirlikda cheksiz yaxshiliklar ko'rgan edi. Bir-birini tanib, xushvaqt bo'lishadi. SHoh xojani saroyga keltirib, parvarish qiladi, behad izzat-ikrom ko'rsatib, mavqeini baland ko'tardi. Eng muhimi, Axiyga ayrilgan yorini pok saqlab, qaytarib beradi. Mana shu voqealar bayonida asarda Axiyning kecha va bugungi maqomini mulohaza qilishi, shukronasi, ichki kechinmalari kiyim-kechaklar bilan bog'liq tarzda ajoyib tasvirlangan. Garchi zarbaft xil 'at ichra mudom Shah yonida tutar edi orom. Uyga kirgach qaro palosi edi Ki, safarda aning libosi edi. Tengri shukridakim, tili edi lol, Toat aylar edi kiyib qaro shol Ki: «palos ichra etti chun debo, Tashlasam oni bo 'lmag 'ay zebo»
Yuqoridagi misralarda xil'at, debo, palos, shol kabi kiyim nomlari qayd etilganini ko'ramiz. O'zaro qarshi qo'yilayotgan bu liboslardan xil'at (zarbaft xil'at) va debo shohona liboslarga mansub bo'lsa, palos va shol - darveshlar, qashshog'u bechoralar kiyimi sifatida aks etadi.
"Sabbai sayyor" dostonida javonmardlik timsoli bo'lgan Axiy shahzoda Farruxni murodiga etkazib, uni mamlakatiga kuzatar ekan, esdalik uchun uning musofirchilikda kiyib yurgan libosini so'rab olgan edi: Yodgor istadi palosin aning, Tilab oldi qaro libosin aning.
Mana shu qora palosni Axiy shoh huzurida keyinchalik yuqori martabaga ko'tarilgandan keyin ham tashlab yubormadi. Albatta, hazrat Alisher Navoiyning bitganlarida tasavvufiy mazmun yo'g'rilgan. Biz uchun bu o'rinda til faktlari muhim. Palos, debo va shol forsiy o'zlashmalardir. Debo - nozik va nafis naqshlar solib
Scientific Journal Impact Factor
to'qilgan ipak matoni bildirsa, shol va palos jun matodan tikilgan oddiy kiyimni anglatadi.
Tasavvuf yo'rig'ida bitilgan mana bu baytda ham turli maqomdagi liboslar o'zaro zidlantirilgan:
SHah egnida murassa ' tugmalig xil 'atqa bermasmen,
Yig'ochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.
YA'ni, oldi cho'plar bilan qadab qo'yiladigan, fanolik yo'lida kiyilgan sholni shohning egnidagi oltin tugmalar bilan bezalgan xil'atga, ya'ni bu dunyo moliga alishmayman.
Libos nomi zikr qilingan ushbu bayt ham g'oyat ibratli:
Er kishiga xil 'at ila ne sharaf.
Durg 'a ne nuqson yiroq o 'Isa sadaf.
Bu baytni shunday talqin etish mumkin: er kishi shohona libos - xil'at bilan sharaf topmaydi. Durning sadafdan uzoq tushgani bilan qiymati yo'qolmagani kabi, er kishi har qanday vaziyatda ham aslini saqlab qoladi.
Xil'at o'tmishda ham xuddi hozirgi vaqtda bo'lgani kabi erkak ham ayollarga xos kiyim turi hisoblanadi. Bir oz fonetik o'zgarishga uchragan bu so'z endilikda xalat shaklida qo'llanmoqda. "O'zbek tilining izohli lug'ati"da xil'at va xalat so'zlarining izohlanishiga e'tibor beraylik:
XIL'AT [a. - tuhfa. in'om qilingan ust kiyim) 1 esk. kt. Odatda in'om, hadya qilinadigan qimmatbaho to'n (398-b).
XALAT [a. - sovg'a, in'om qilingan kiyim; mukofot] 1 s.t. O'zi ham, engi ham uzun va keng bo'lgan, tugma o'rniga belbog' qo'llanadigan ustki kiyim (asosan xotin-qizlar, ba'zan erkaklar ham kiyadi). Qizil xalat kiygan qiz.
2 SHunday yoki shunga o'xshash bichimdagi maxsus (tibbiyot, savdo, kimyo va ayrim texnika sohalari xodimlari kiyadigan) ust kiyim.
Lug'atda xil'at Alisher Alisher Navoiy davridagi bu so'z anglatgan ma'noga yaqin izohlangan bo'lsa, xalat izohidan bu so'z hozirda nafaqat fonetik tomondan, balki ma'no jihatdan ham jiddiy o'zgarganligini ko'ramiz.
Jubba - hashamatli, keng, uzun va engil to'n ma'nosini bildirib keladi. "Saddi Iskandariy" dostonidagi bu kiyim nomi to'n, dekla kabi libos nomlari birga qayd etilgan:
YAna uch to 'quz davlat arkonig 'a,
To 'nu jubba birla aningyonig'a -
Iki yuzga ham deklayu to 'n berib,
YAlang to 'n alarcha yana o 'n berib.
SHuningdek, bu so'z o'ziga sifatlovchini biriktirib so'z birikmasi ham hosil qiladi. Masalan, jubbayi sinjob - sinjob (qizil tulki) terisidan tikilgan po'stin:
Jubbayi sinjobing ichra vasla-vasla qoqimi, To 'g'ri hijron shomida bir-bir saodat anjumi.
Alisher Navoiy asarlariga oid lug'atlarda qabo - erkaklarning uzun va keng ust kiyimi (jubba ostidan kiyiladi) deb qayd etilgan. Mana bu misolda qabo erlar libosi sifatida tasvirlangan:
Minib ustiga hinduyi nayzavar, Zarogin qabo, balki zarrin kamar.
Ammo shoir asarlarida bu so'z qalamga olingan boshqa o'rinlarda qabo nafaqat erkaklar, balki ayollar, go'zallar libosi ekanligi anglashiladi. Mana bu misralarda bu hol yana-da yaqqol ko'rinadi:
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin, Moviy ko 'nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!
Xirqa shayx va darveshlarning maxsus ust kiyimi bo'lib, bu libos dag'al matolardan qurab tikilgan. Uning janda, eski juldur kiyim kabi ma'nolari ham mavjud. "Hayrat ul-abror" dostonida hazrat Alisher Navoiyning ustozi mavlono Jomiy ta'rifida yozilgan misralarda bu so'z qo'llanganini kuzatamiz: Xirqa aning jismida qapton bo 'lub, Qaptoni tan, jismi aning jon bo 'lub. Baytdagi yana bir kiyim nomi - qapton turkiycha so'z.
Qapton (xafton) lug'atlarda shunday izohlangan: 1. Ustdan kiyiladigan hashamatdi to'n. 2. Zirih (urush kiyimi) ostidan kiyiladigan paxtali to'n, kaftan. Bu so'z "Devonu lug'atit turk"da qaftan shaklida qayd etilgan bo'lib, to 'n, ustki kiyim ma'nolarini anglatgan3. Rus tiliga o'zlashib ketgan bu so'z kaftan shakliga ega.
Abo arabchadan o'zlashgan kiyim nomi hisoblanadi. Bu so'z "Alisher Navoiy asarlari lug'ati"da shunday izohlangan: Abo - (a.) darvesh va qalandarlar kiyadigan, jun matodan tikilgan, kalta engil chakmon" "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati"da bu so'z "engsiz ust kiyim" deb izohlangan va "Hayratul abror"dan misol keltirilgan:
Turfa aboyi anga istab ko 'ngul, Rangi saqarlot bila dolu gul4.
3 Тогаев Т. Навоий асарларида кийим-кечак номлари. "Филологик тадкщотлар-УШ" илмий анжуман материаллари. -Т.: "Навоий университета" НМУ, 2018. -Б.16.
4 Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. I жилд. - Т.: Фан, 1983. -Б. 24..
602
Darhaqiqat, mazkur dostonning o'n oltinchi maqolatida "xudnamo muxannasvashlarning dunyo ziynati iktisobida hiynlasozliqlari..." fosh etilgan o'rinda turfa aboyi birikmasidagi abo(yi) aynan ust kiyimni anglatgan. Ikkinchi misradagi saqorlot - kiyimlik mato ham buning libos ekanidan dalolat beradi. Aslida abo -ko'chmanchi arablar, xususan, badaviylarning milliy kiyimi bo'lib, tuya junidan tayyorlangan, qo'llarni chiqarish uchun yirtiqlar hosil qilingan uzun libosdir. Lekin shuni ham qayd etish kerakki, shoir g'azallarida uchraydigan "besh oliy abo" birikmasi tarkibida bu so'zning ma'nosi o'zgachadir. Masalan: Bo 'lmag 'ay erdi muyassar «Xamsa», ya 'ni panj ganj Qilmasa erdi madad holimg 'a besh oliy abo5.
Ma'lumki, arab tilida abo - ota, otalar ma'nosiga ega. YUqoridagi baytda hazrat Alisher Navoiy o'zidan olidin o'tgan besh oliy zotni tilga olmoqda. YA'ni shoir "Xamsa" - besh xazina o'ziga besh oliy abo (besh buyuk donishmand) madadi bilan muyassar bo'lganini aytmoqda. Besh oliy abo adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi: Muhammad rasulolloh, uning qizi bibi Fotima, kuyovi Ali, nabiralari imom Hasan va imom Husayn. Ayrim tadqiqotchilar bular besh buyuk payg'ambar: Zardusht, Budda, Moniy, Muso va Muhammad bo'lishi kerak, deb hisoblaydilar.
Quyidagi baytda ham shoirning panohi bo'lgan oliy abolar haqida gap ketmoqda:
Necha pashminag 'a urdumki, erur -Ey Alisher Navoiy, panahim oliy abo.
Demak, shoir asarlari tilida uchraydigan abo leksemasi omonimik qatorni tashkil etadi.
Rido - 1. SHayxlar, darveshlar elkasiga yopib yoki tashlab yuradigan choyshab narsa. 2. Darveshlaring ustki kiyimi. Bu so'z Alisher Navoiy asarlarida juda ko'p qo'llaniladi. Bu so'z Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarini ifodalash uchun ko'plab g'azallarida, jumladan, dostonlarida qo'llangan. CHunonchi:
Dayrpiri ilgidin may durdi istarmen, valek Roziy erman ichkali zohid ridosidin suzub.
Alisher Navoiy asarlarida darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi taylason ham qayd etilgan:
Fano taylasonini qilg'ay kafan, Kafan bas anga, balki gardi mihan.
SHoir asarlari uchun tuzilgan lug'atlarda arab tilidan o'zlashgan rido va
5 Agumep HaBOHH. MyKaMMag acap^ap Tyn^aMH. 20 ^ngggn. 2-^H^g. -T.: ®aH, 1987. -E.7.
603
taylason ma'nodosh so'zlar kabi izohlangan. Ammo Alisher Navoiyninig mana bu baytida bu kiyimlarning o'zaro farqi borligi anglashiladi:
O'zi malakvash, kiyimi hullason,
Xoh rido bil ani, gar taylason6.
Alisher Navoiy asarlarida bosh kiyimiga mansub salla, dastor leksemalariga ma'nodosh bo'lgan arabcha amoma kabi bosh kiyim nomi ham foydalanilgan:
Boshig 'a qo'ydilar amoma dog 'i,
Anda sandal bilan shamoma dog 'i.
Do'stlaringiz bilan baham: |