www.ziyouz.com
кутубхонаси
86
tobutning yonidan chiqarib qo‘yinglar. Kishilar tobutga nazar solar ekanlar, ibrat yuzasidan shu qo‘lga
qarasinlar. Bilsinlarkim, yetti o‘lka podshosi, yetti osmon mushkullaridan xabardor odam, endi jismida
jon yo‘q, bu makondan, bu jahondan bo‘sh qo‘l bilan ketmoqda. Kimki jahon mamlakatini havas qilsa,
ushbu qo‘l unga yetarli tajribadir.
Ey Navoiy, bu jahondan, jahondangina emas, jonning javharidan ham qo‘lingni tort.
Ey soqiy, dilim orzusi - mastlikdir. Lekin qo‘limning quruqligi bunga mone’lik qilmoqda. Marhamat
qilib, qo‘limga may javharidan ber! May nimasi? Iskandar oinasini ber!
L
O‘N BESHINChI MAQOLAT
Jaholat mayining quyqasini ichadiganlar haqidakim, yaxshilik xirqalari gunohkorlik ko‘lidan
yirtiq; may jaholatining bosh og‘riq odamlari to‘g‘risidakim, ularning har biri
mayxona eshigida mastlik va beboshlik bilan yuradi va qiyshaygan mayxona ularning nazarida
Jamshidning taxtiga o‘xshaydi, siniq piyola esa o‘zida jahonni ko‘rsatadigan jomga va pushaymonlik
ko‘zyoshlari yomg‘iri gunoh shu’lasini o‘chiradi va tavbaning chaqmog‘idan chiqqan o‘tlar osiylik
xirmonini kuydirgusidir
Ey, jomga hamdam bo‘lib quvongan odam, ishing jaholat xumoridan mastlik. Bunday aysh senga
doimiy bo‘ldi, hech kamaymadi. Dardu fikring jaholat jomi. Boda ichingda xumda qaynaganday jo‘sh
uradi. Bu qaynashdan har doim ko‘nglingda ham xuruj. May vujudingdagi mag‘rurlikni kuchaytiradi.
Lekin sen ko‘p singari o‘zingdan o‘tgan sirni, o‘z ahvolingni tushunmaysan. Og‘zingni fisqu fujurning
qo‘li ochadi. Gʻaflat mayini ichib olib, og‘zingdan xum kabi ko‘piklar sochasan. Na senga o‘lish
g‘amidan motam, na rizqu nasibang tugashidan tashvish! Ajalning muxtasibi kelib qolsa nima qilasan?
Uni daf etish uchun qanday tadbir qo‘llaysan? Jafo toshi bilan qani endi u bu xumga qarab bir ursa, uni
bo‘lak-bo‘lak qilib, sindirib tashlasa! Jismingga dog‘lar qo‘yib kuydirib, ichayotgan mayingni qora
tuproqqa to‘kib tashlasa! Sopol idishingni chil-chil qilganidek, la’lga o‘xshagan mayingni yer qoniga
aylantirsa!
Bu behisob ichayotgan jaholat maylaring uchun bir kun kelib, albatta, hisob berasan. Sening bu
mastliging necha yil, necha oy davom etishi mumkin? Oyda, yilda bir marta mast bo‘lmasdan xushyor
ham yur!
Mast odamning hamma harakatlari bema’ni bo‘lib, ko‘chadagi bolalarga masxaradir. Ko‘chaning
boshida u jinni ko‘rinishi bilan bolalar unga tosh yog‘dira boshlaydilar. U piyoladagi mayni oxirigacha
ichib, mast bo‘lib, ko‘chaga mayxonadan chiqib keladi. Peshonasi tomlarga urilib, qonagan, boshidagi
sallasi yoyilgan, chuvalgan. Yomon itdek odamlarga o‘zo‘zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it
emas, qopadigan it desa ham bo‘ladi.
Badanida mastlik dam-badam g‘olib kelib, o‘zini boshqara olmay, boshi og‘gan tomonga ketib
qoladi. Yoida uchragan yomg‘ir suvini ko‘rsa, may deb ichadi; soy toshi uchrasa uni gulday otib
yuboradi. Otgan toshidan bolalar goh atrofga tirqirab qochadi, goh yana bu mast-alastning boshiga
to‘planib o‘ynashadi. U bo‘lsa goh yiqilib, goh harzamonda turib, mastlikbilan qo‘lini har narsaga uradi.
Shunday qilib, u ketma-ket yiqilib, turib, yiqilib turib, oxirida shunday yiqiladiki, may ustidan bosib
tushadi. May uning axyolini chatoq qilgan bo‘lsa, qusuq uning soqollarini bulg‘aydi. Bo‘zchining
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |