Alkogolizm va uning asoratlari. Alkogolizmni homilaga ta’siri Alkogolizm



Download 27,43 Kb.
bet1/13
Sana16.01.2022
Hajmi27,43 Kb.
#379330
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Alkogolizm va uning asoratlari 2


Alkogolizm va uning asoratlari. Alkogolizmni homilaga ta’siri
Alkogolizm – tibbiyot nuqtai na-zaridan spirtli ichimliklarni mu-dom ichaverish oqibatida ro‘y beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilik-bozlik. Keng ma’noda – spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq ichishning kishilar sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatiga, ma’naviy va maishiy hayotiga, shuning-dek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. A. individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga ta’sir ko‘rsatadi. Ichkilik ta’sirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’-uliyat sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mum-kin. A. ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok bo‘lishiga olib keladi. Mastliqda odamning muvozanatni yaxshi saqlay ol-masligi, diqqati chalg‘ib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.A. rivojlanishida boshlang‘ich, o‘rta va so‘nggi bosqich alomatlari kuzatiladi. Boshlang‘ich bosqich – asosan alkogolga nisbatan haddan ortiqroq maylning paydo bo‘lishi va unga bo‘lgan chidamlilik (tolerantlik)ning oshishi, qusish himoya refleksining yo‘qolishi, yashirin yoki yolg‘iz ichib mast bo‘lish, ichayotgan alkogol miqdorini nazorat qila olmay qolishi, perforatsion amneziya, faqat ichaverish to‘g‘risidagi istakning miyaga o‘rnashib qolishi, alkogoldan o‘zni tiyganda holsizlanish (asteniya) holatining yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi. O‘rta bosqichda – alkogolga bo‘lgan chidamlilik juda oshadi, "alkogol ochligi" – humor (ab-stinent) holatining yuzaga kelishi, al-kogolga bog‘lanib qolish, soxta mayzada-348lik (psevdozapoy), alkogol psixozlari va shaxsning ruhiy jihatdan tubanlashuvi kuzatiladi. So‘nggi bosqich esa alkogolga chidamsizlik (intolerantlik), muttasil ichishning davriy tuye olishi, chin mayzadalik, ruhiy va jismoniy zaiflashish, nerv va ichki a’zolar faoliyatining izdan chiqishi, dispeptik holat, o‘tkir va surunkali alkogol psixozlari, xotira va es-hushning aynishi bilan ifodalanadi. A. odam organizmidagi hamma sistemalar va a’zolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz odam o‘zi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qo‘yadi, markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati bu-zilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqa paydo bo‘ladi), ichki a’zolar funksiyasi izdan chiqadi. Ichkilikning zaharli ta’siri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichkilikboz odam qo‘l barmoqlari, ko‘z qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni ba-jarib yurgan odatdagi ishini bajara ol-may qolishi mumkin. Ko‘p ichadigan odamda ko‘z xiralashib, ba’zan quloq ham og‘ir tortib qoladi. Ichkilikning me’daga ta’siri natijasida shu a’zoning barcha funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli ta’sir ko‘rsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. A. pankreatit, kand kasalligi, stenokardiya va miokard infarqti kasalliklariga ham sabab bo‘ladi. Ichkilik ichki sekresiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaiflik paydo bo‘ladi. Ayollar ichkilik ta’sirida tez so‘lib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar ko‘proq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron bo‘lib qolishiga olib keladi.A.ning oldini olish. A. belgilari paydo bo‘lganda, ichkilikbozni narkologiya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach kuzatuvida mun-tazam davolanishni tashkil qilish kerak.


Download 27,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish