www.ziyouz.com
кутубхонаси
89
ichayotgan idishini tortib olib, tagida qolgan bir qultumini ichib yuborardi. Tagida qolgan may
quyqasidan bir yutum tegmay qolsa, o‘sha zahoti musibat yuz berardi.
U ko‘p tavba qilar, lekin tavbasini sindirar, ko‘nglini tavba qilishdan tindirgan ham bo‘lardi.
Tavba qilishda bunday nuqsonlarga yoi qo‘yishi oshkor bo‘lgach esa, endi tavba qilganidan
pushaymon bo‘lardi.
Bir kuni ertalab (kecha) ichganidan beqaror bo‘lib turgan edi, mehribonlik eshigidan kushoyish yuz
berdi. Hotif (g‘oyibdan) ovoz qilib: «Ey maxmadona, endi tavba qil, buning vaqti keldi! Sen
so‘raganingda bizga (yuqoridan) rizolik bo‘lmagan edi. Rozilik bo‘lmaganidan so‘ng qazo hukmi ham
bo‘lmaydi. Biz tomonimizdan (yana) talab qo‘yilgan edi. Endi yaqinroq kelki, xursandchilik pallasi yuz
berdi».
Rind ichiga shavq nuri tushib, tanasiga ko‘zyoshlari shavq girdobidek ta’sir ko‘rsatdi. Shundan keyin
uning ulushi xuzur va safo bo‘lib, tavba esa uning ko‘ngliga nur hamda xursandchilik sola boshladi.
Yillar davomida nimalarni tilab, yolborgan bo‘lsa, bir damda barchasiga musharraf bo‘ldi.
Tavbaga qarab o‘zi yuz o‘girgan edi, tavbasi shisha kabi shikast topdi.
Shu ravishda Haq uni tavbaga maxram etib, Iskandar devoridek maxkam ham qildi.
Tavba o‘zingdan yuzaga kelgan bo‘lsa, ancha sust bo‘lib, Allohdan kelgan tavba esa shunday
mustaxkam bo‘lgusidir.
Gunohlar Navoiyni ham ko‘p qayg‘uga solib, tashvishlantirdi. Ey Xudo, o‘zing tavba qildirib,
qabulini ham o‘zing amalga oshirgaysen!
Ey soqiy, qadahni keltir-da, tez bizga tut! Ahdning boshini va tavbaning oyog‘ini sindir! Uzr aytsam,
yiqitib, tomog‘imga quy, lekin quyganda ham ko‘kragimning ustiga chiqib turib quy!
LII
O‘N OLTINChI MAQOLAT
Xunasasifat oliftalarning dunyo zeb-ziynati, deb xiylakorlik ko‘rsatishlari va jonfido
muhabbat egalarining dindan quvvat olib, boshni tik tutib yurishlari; g‘azavot maydonining kengligi
vasfidakim, mard bilan nomardning shu yerda bir-biridan farqi ko‘rinadi; shahidlik qoni
ta’rifidakim, bu gunoh tutunidan yuzi qora bo‘lganlarning yuzini qizil qiladi
U shundayki, o‘zini juda botir ko‘rsatib,’otini shijoat maydonida ilgari suradi, hatto Rustamni ham
nazariga ilmaydi.
U o‘zini shunday katta tutadiki, go‘yo uning boshidan osmongacha bo‘lgan masofa to‘rt enlikday.
Oti yo‘rg‘alab borarkan, uning gavdasi tog‘day bo‘lib ko‘rinadi; uni minib yo‘l bosayotgan egasi
qoplonga o‘xshaydi. Kibr uning xalq bilan muomalasini yuzaki qilib qo‘ygan, u zulm cho‘qqisida xuddi
qoplondek o‘ltiradi. Qoplon singari it go‘shti bilan ovqatlanadi; uning takabburligidan kibr shamoli
esadi.
U achchig‘i chiqib, qoshini chimirganidan pastkash osmon toqini sindirguday bo‘ladi. Kibrdan
qoshining hamma tomonidan chimirilgan, kallasidan esa boshqacha bir shaytonlik joy olgan. Uning ikki
qulog‘ida zirak osilib turganday, har bir qoshining uchidagi chimirilishdan uning manmanligi ko‘rinib
turadi.
Bular hammasi uni hurmat qilishga majbur etadi, lekin - bu hurmat emas, bid’at va haromdir. Halqasi
ko‘cha iti bo‘ynidagi tasmani qochiradi; uni xalqa dema, la’nat tavqi de. Zulmda uning Zaxxokka
o‘xshashligi bilinib turadi; yelkasida esa ikki ilon xalqa bo‘lib yotibdi. U o‘zining shariatga xilofligini
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |