Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
97
Uning yagona bir qiz farzandi ham bo‘lib, jon va ko‘ngul iplari unga bog‘langan edi. U misoli poklik
pardasi ichidagi porloq Quyosh bo‘lib, umri vaqtidan endi olti yosh o‘tgan edi.
(Kunlarning birida) u otasi bu kichkinani sevib erkalashlarini ko‘rib, ko‘z yoshlarini to‘kib, qoshini
uchirib ham qo‘ydi.
Uning yuzlaridagi ko‘z yoshlarini ko‘rgan imom qoshiga qarab extirom ko‘rsatishni istadi. Yuzidagi
ko‘z yoshlarini ko‘rib, ichida uni kimgadir rashk qilib yig‘lamayotibdimi? deb o‘yladi.
Rahmi kelib,
ochiq mehr-muhabbat izhor qilib:
-
U xali onasining suti og‘zidan ketmagan bola-ku! - dedi. - Beshikdagi kiyimda turgandek uning
tani ham zaifona. Men unga rahm qilganimdan mehr ko‘rsattim. Uning menga -bo‘lgan mehri garchi bu
darajada oshko‘ra bo‘lsa ham,
bu shuning uchunki, u xali yosh! Mexringning tafti ichimni o‘rtagan
bo‘lsa-da, menga ko‘ra sen ko‘proq mahfiysen. Sen bilan nima yuz bergan bo‘lsa, men uzrlimen. Rashk
qilish odatini unutishga harakat qil! - dedim.
Bu so‘zlarni aytar ekan, uning o‘zi ham xafa bo‘lib, pok dur daryo oldida shunday dedi.
-
Mening tashvishim bu jihatdangina emas edi. Boshqa bir g‘am tufayli ham motamda edim.
So‘z orasida bir kuni eshittimki, o‘z og‘zing bilan sen bu mojaro haqida:
-
«Menga Haq (Alloh) bo‘lgani yetarlidir, boshqa hech kimga mayl bildirib, uni havas qilmasmen!»
- debsen. Bu damda boshqani sevganingni ko‘rib qoldim. Bu g‘am mening ruhimni o‘zgartirib yubordi.
U begona bilan sheriklik qilganidan so‘ng uning rashki jonimga o‘t soldi. Unga sajda qilishning nima
keragi bor, qachonki u Haq va butning qoshiga topinsa. Agar sanam (but) qat’iyat
bilan jilva qilgan
taqdirda ham qibla tomonga qarab namoz o‘qish ravo bo‘la oladimi?
Bu so‘zlarning
hammasini eshitar ekan, imom ko‘z yoshlarini to‘xtatolmay qoldi.
Allohga shukr
qilishni vojib deb bilib, boshini o‘pib, yaxshi niyatlar bildirdi. Bolaga Alloh o‘zi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatar
ekan, u nima qilsa taqvo va toatga o‘tgusidir.
Yigitlikda Navoiy sajdalarni o‘tkazib yubordi. Qariganda endi pushaymon bo‘lishdan foyda yo‘q.
Soqiy, odamni xarob qiladigan o‘sha may shayxga yigitlik kayfiyatini bag‘ishlaydi.
Sopol bo‘lib, kuchsizlanib qolganmen.
Qadah tutib, meni toat-ibodat uchun yigit xoliga keltir!
Do'stlaringiz bilan baham: