Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
105
-
Korizni teshib, obi hayotdek pok va sof suv chiqib ketdi. Uy egasi Tangriga shukr qilib, dedi:
-
Ayshga berilgan shoh zulmni qo‘yib, adolatni niyat qilgan edi, bundan darxol yaxshi xosiyatlar 
ko‘rina boshladi.
Shohga bu so‘z ham tanbex bo‘ldi; uzr aytish bilan uni boy qildi-da, u bilan xayrlashdi. Mamlakatga 
qaytib, adolat ko‘rsatdi; g‘am bilan ezilgan xalqni shod qildi; g‘am bilan ezilgan xalq shod, bu xol 
mamlakatiga ham tez ta’sir etdi.
Gʻoziy podshohimiz
142
, bir nafas yo‘qki, mamlakat va xalq g‘amini yemasin. Shunday ekan, uning 
mamlakati obod bo‘lsa, ne ajab! Xalqi ham shod ekan, bunga hayron bo‘lmaslik kerak. To abad uning 
orzulari ushala borsin! Shu xol xasta Navoiyda ham yuz bersin.
Soqiy, yoqimli qadahni olib kel, shohni baland ovoz bilan duo qilib, uni menga tut. Jonim 
qiynalyapti, birpas uni shod etay, tan uyini shu suv bilan obod etay!
 
 
LX
YIGIRMANChI MAQOLAT
 
 
Maqsadning o‘talgani haqida; agarchi bu latif so‘zlar majmuasi shunday bir to‘plamki, nozik 
ma’noli so‘zlardan iborat tuhfalar bilan to‘la va nozik ma’noli so‘zlar to‘plami 
shunday kemaki, foydali injular unda xilma-xildir; lekin tab’ daryosidan soxilga eng oldin kelgani 
narsalarning eng qimmatlilari bo‘ladi va zexn shabistonidan xam eng oldin jilva 
zuhur etgan kelinchaklar bo‘ladi, shunga ko‘ra bu to‘plamni saltanat bog‘chasining oldingi guli va 
xalifalik chamanining qad ko‘targan nozli sarvi bo‘lmish sulton Badiuzzamon bahodir, hayoti davomli 
bo‘lsin, oyog‘iga nisor qilindi hamda unga nikoxlab berildi, toki bu nasixatlar uning 
dilida o‘rnashib qolsin va bu javharlarni qulog‘iga ossin 
Olamda nimaiki mavjud bo‘lsa, hammasining siri ichida, o‘rtasidadir. Qayerda ularning har birining 
mohiyati zohir bo‘lsa, uning aslida unga xos xususiyatlar ham yashiringan bo‘ladi. Quyoshning xosiyati 
nur berish, qizdirishdir; durning yaxshilari bulutning urug‘laridir. Yagona gavhar ham konning 
farzandidir; anbarning eng sofi esa dengizning farzandidir. Inson o‘rnini bosadigan insondir; shohniki 
shoh, xonniki xondir.
Sof ko‘ngul shohni kondek ko‘rgan odam shahzodani bu konning gavhari deb bilsin. Garchi bu 
konning ichida shohona durlar ko‘p bo‘lsa ham, hammasini parvardigor o‘zi martabada toj egasi qilsin: 
ularning har biri misoli bir quyosh bo‘lib, osmonni to‘n o‘rnida kiyib yursin.
Lekin ularning ichida yagona bir gavhar bor. U martabada hammasidan yuqoridir. Balki, u xavf-
xatarsizlikning sababchisi Jamshiddek qadrli hukmdor Badiuzzamondir. Tabiatining pokizaligi bilan u 
farishtaning o‘zi. Bu qadar pok sifatlarga ega bo‘lgan odam boshqa yo‘q. Uning asli inson bo‘lsa ham 
sifatlari farishtaniki; hatto aslini, ham, sifatini ham farishta deyish mumkin. U sof latofatning o‘zidan 
yaratilgan bo‘lib, turish-turmushi jahon xalqiga Xudoning rahmini namoyish qilishdir.
Sening to‘g‘ringda so‘zlash, maqtash qiyin. Har qanday notiq ham vasfingda gung va lol. Senda 
shuncha yumshoqlik va ulug‘vorlik borki, menday odamning madhidan orqilishing mumkin. Quyosh 
odamlarning har qanday vasfidan yuqoridir. Uning nurini inson nima deb maqtashi mumkin?! «Obi 
hayot odamlarga jon beradi» - deyish obi hayot uchun yetarli ta’rif emas. Oyni yorug‘, osmonni baland 
deyish tab’i baland odamlarga yoqadigan gap emas. Madx bilan seni maqtash mumkin bo‘lmagandan 
keyin, men boshqa tomondan xizmatingni qilayin.
142
Султoн Ҳусaйн Бoйқaрo дeйилмoқчи.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish