Mavzu: Present continuous tense



Download 166,17 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi166,17 Kb.
#413759
Bog'liq
Sobir slide


Mavzu: Present continuous tense
(Hozirgi davomli zamon)
Tuzuvchi: 2_S guruhi Talabasi Shukurov Sobirjon
Hozirgi davomli zamon so’zovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha «-yapti» qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi.
Mana bu gaplar hozirgi davomli zamonda ifodalangan:
Men kitob o’qiyapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qiyapman);
Tom futbol o’ynayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Tomning futbol o’ynashi davom etib turibdi);
Biz suhbatlashayapmiz (suhbatlashishimiz hozirgi vaqtda davom etib turibdi).
Bu zamonda ifodalanadigan gaplarning yasalishi quyidagicha:
EGA
TO BE
FE’L
ING
Ega o’rnida kishilik olmoshi (I, he, she, it, we, you, they), shaxsning ismi (Tom, Ann, Mike…) yoki biror narsa-buyum nomi (radio, ball, machine…) kelishi mumkin. Egadan keyin, yuqoridagi yasalish formulada ko’rsatilganidek, egaga mos ravishda «to be» fe’lining hozirgi zamon shaklllari AM, IS, yoki ARE ishlatiladi. Shundan keyin infinitiv shaklidagi fe’l va unga qo’shilgan ING (o’zbek tilidagi «-yapti»ga teng bo’lgan) qo’shimchasi ishlatiladi.
Quyida hozirgi davomli zamonga ingliz tilida bir necha misollar keltirilgan.
Tom is playing football – Tom futbol o’ynayapti.
(Bu yerda «Tom»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)
I am reading a book – Men kitob o’qiyapman;
My brother and I are watching television – Mening ukam va men televizor ko’rayapmiz;
She is doing her homework – U uyga vazifasini bajarayapti;
They are working in the garden – Ular bog’da ishlayapti.
Hozirgi davomli zamondagi gaplarda so’roq shaklini yasash uchun «to be» fe’li egadan oldinga o’tkaziladi. Yuqoridagi gaplarning yasalish formulasiga qarang va quyida berilgan gaplarda so’roq shaklini hosil qilish uchun formuladagi «to be» fe’li egadan oldinga o’tkazilganligiga e’tibor bering:
Am I reading this? – Men buni o’qiyapmanmi?
Is Tom playing tennis? – Tom tennis o’ynayaptimi?
Are you reading a book? – Siz kitob o’qiyapsizmi?
Are they working in the garden? – Ular bog’da ishlayaptimi?
Hozirgi davomli zamon gaplarida inkor shaklini yasash uchun «to be» fe’lidan keyin «NOT» («emas») inkor yuklamasini qo’yamiz. Quyida berilgan gaplarda «to be» fe’li shakllari (am, is are)dan keyin «NOT» inkor yuklamasini qo’yish orqali inkor, bo’lishsiz gaplar hozil qilinayotganligiga e’tibor bering:
I am not doing anything – Men hech narsa qilmayapman;
She is not doing her homework – U uyga vazifasini bajarmayapti;
You are not listening to me – Siz meni tinglamayapsiz;
They are not working in the garden – Ular bog’da ishlamayapti.
Tom is playing tennis now. – Tom hozir tennis o’ynayapti.
Is Tom playing tennis now? – Tom hozir tennis o’ynayaptimi?
Tom is not playing tennis now. – Tom hozir tennis o’ynamayapti.
Quyida hozirgi davomli zamonda ifodalangan bitta gapning darak, so’roq va inkor shakllarini yasaymiz:
Download 166,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish