www.ziyouz.com
кутубхонаси
101
-
Shu fursatda mening jonim chiqayapti. Yorning g‘ami esa buni osonlashtiradi,- derdi u. Umridan
ikki-uch nafas qolganda ham u yor so‘zini so‘zlardi, xolos. Tilida ham yor edi, so‘zida ham, og‘zida ham
yor edi, ko‘zida ham. Zolim hukmdor uni ko‘rib, ko‘ngliga ishq o‘ti ta’sir qildi; uni o‘limdan xalos etib,
yorning haramiga xos maxram qildi. Ishq balolariga shukr qilgani uchun, boq, u qanday ulug‘, yuksak
martabaga erishdi.
Bu nafasni, Navoiy, g‘animat bilib saqla, lekin har nafasda shukr ham qil.
Soqiy, alvon may yo‘lida o‘ldim; may demagin, chinlik bir sanam uchun o‘ldim. Chiniy qadahlar
tutib, meni mast et; Chin odamlari kabi bodaparast qil.
LVIII O‘N TO‘QQIZINChI MAQOLAT
Xurosonninng misli yo‘q viloyati bayonida... xususan saltanat uyi bo‘lmish osoyish joyi -
Hirot tavsifida; garchi (o‘tmishda) bog‘ bo‘lsa ham, ammo qurib qolgan edi, lekin shoh
139
oqizgan
soyning adolati uni oliy jannatning rashki keladigan yerga aylantirdi, agarchi (bir vaqtlar) obod
bo‘lgan bo‘lsa ham, biroq buzilib ketgan edi; shaxanshohning quruvchilik ehsonidan Chin
rasmxonasining ham rashki keladigan joyga aylandi
Hamma narsalarni yaratuvchi Xudo jahonni bino qilganda, osmonning bir qismini ko‘zga
ko‘rinadigan, ikkinchi bir qismini ko‘zga ko‘rinmaydigan qilib yaratdi. Etti osmonni doira shaklida
qurib, ularning har bittasini bitta sham’ bilan yoriydigan qildi. Bu sham’larning oltitasi tovlanib tursa,
bittasi mash’al bo‘lib porlab turadi. Ularning uchtasi quyiga, uchtasi yuqoriga intilsa, mash’al kabi
porlab turgani osmonning to‘rtinchi uyiga nur sochadi. U sham’lar sham’ emas, tafakkur kechasi o‘sha
mash’aldan sachragan uchqunlardir. U mash’alni esa mash’al emas, o‘zidan nur sochuvchi dur desa
bo‘ladi; dur ham emas, porlagan quyosh deyish kerak. Ko‘kning yetti iqlimida u sulton, qolgan hammasi
tan bo‘lsa, bu hatto ulargajondir. U o‘rtadagi osmonda har tomonga nur sochib, «Hamma ishning
o‘rtachasi yaxshi» degan hikmatni isbotlab turadi.
Yulduzlar yetti qismga taqsimlangani singari, bilki, jahon ham yetti iqlimga bo‘lingan. Ularning
hammasi bir-biridan quvvat oladi; har biri ikkinchisidan tarbiya. Quyosh qolgan oltitasidan ustun
bo‘lgani uchun u joylashgan iqlim ham unga loyiqdir. Qayerda quyosh nur sochib turgan bo‘lsa,
yulduzlar ko‘zga ko‘rina olmaydi-ku! Uning o‘rnashgan joyi to‘rtinchi osmondir. Ham o‘zi shu
iqlimning tarbiyachisidir.
Yer yuzida ham shu iqlim eng yaxshisi bo‘lib, ko‘kdagi quyosh uyi kabi benazirdir. Yerni o‘lchash
fani yo‘lga qo‘yilgandan keyin bu joyni to‘rtinchi iqlim deb atay boshlashdi. Go‘zallikda u jannat
bog‘lariga o‘xshaydi; bu bog‘ emas, Xuroson mamlakatidir. Satxi to‘rtinchi osmondgu ham keng,
martabasi yettinchi osmondan ham baland. Uning ichidagi shaharlarning soni nihoyatda ko‘p. Ularning
har birining go‘zalligi xaddan ortiqdir. Shaharlari latofatda oliy bir jannatning o‘zi. Yaxshi odamlari
o‘sha jannatning oq yuzli qizlariga monand. Tog‘larining oldida falak oddiy bir dasht. Uning
cho‘qqilarida har kim aylanib, tomosha qilishi mumkin. Bu tog‘larning har binning bag‘rida yuz xil
konlar bor. Bu konlarni ajoyib javharlar o‘ziga makon etgan. Oqib kelayotgan suvlar oddiy
chashmalardan emas; ular konlardan oqib kelayotgan javhar suvlaridir. Dashtlarining satxi oinaning
satxiga o‘xshaydi. O‘sib yotgan o‘tlar bu oinaning yashil rang zangini tashkil etadi. Uning sabzazorlari
139
Шoҳ - бундa Ҳусaйн Бoйқaрo нaзaрдa тутилaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |