www.ziyouz.com
кутубхонаси
100
Kishi visolga erishib, orzusiga yetsa va buning davom etishini xohlasa, tili bilan Xudoga shukr izhor
qilsin, shukr yo‘lini o‘ziga shior etsin. Shoyadki, o‘sha shukr bilan loaqal bir necha dam o‘sha visol
ichida nafas olib, Xudo uning baxtini davomli qilsa, buning ichida hayotdagi orzulariga ham erishtirsa!
LVII
Chin o‘tlog‘idagi bir mushkin ohuning sherlarni ovlagani, majruh ovlarning uning tuzog‘iga
ilinib, sher panjasidan ajal tuprog‘i bilan barobar bo‘lguni
Chin mamlakatida bir nozanin bor edi. Uning suratini chizishga Chin rassomi ham ojiz edi. Yuzining
gulzori Xo‘tan diyorini eslatardi; ko‘zi shu gulzorda yurgan mushkin ohuga o‘xshardi. Nurli yuzi Chinda
chizilgan suratdek bo‘lib, gajagi Xo‘tan mushkidek xushbo‘y edi. Shafqatsiz g‘amzalari jonlarni asir
qilar, hatto unga Xitoy mamlakatining xonlari ham asir edi. Gʻamzasining o‘g‘rincha harakatlaridan
Chin xatarda; sochi zunnoridan din ziyon topardi. Dunyodagi odamlar uning husniga oshiqu hayron;
zamon shohi ham uning zulfiga giriftor edi. Bir nafas usiz nafas olmas edilar; u bo‘lmasa jonsiz bo‘lib
qolib, nafas olish mumkin bo‘lmay qolardi.
U gul yuz maydonga chiqqanda go‘y va chavgon o‘ynashga berilar edi. Xon o‘zi unga hamroh bo‘la
olmagani uchun bir necha soqchilarni unga qo‘shib yuborar edi. Biron kishi unga ko‘z olaytirsa yoki
uning haqida bir narsa desa, maxsus noyiblar uning aybini xonga aytar edilar; xon hukmi bilan undan
qasos olinar edi. Biron kun yo‘q ediki, qanchadan-qancha oshiqlar shu xildagi balodan xalokat topmagan
bo‘lsin.
Kunlarning birida uning qiliqlarini sevib qolgan bir oshiq ishq-muhabbat yo‘lida sodiqlik ko‘rsatib,
uning dardu xasratidan yillar davomida qon yutib, qon ham emas, xijron mayini ichib, oshiq xasday bir
go‘shada yotganida, yonidan sevgilisi ot o‘ynatib o‘tib qoldi. Visol kayfi - kuchli, oshiq - zaif edi.
Chidayolmay xushidan ketib yiqildi. Tayinlangan odamlar birinchi bo‘lib oshiqni, qolabersa boshqalarni
xonning oldiga olib kelishdi. Xon bu bechora mazlum asirlarni ko‘rib o‘ldirish haqidagi hukm bilan
ularga g‘azab qildi:
-
Bularning hammasini yer bilan teng eting, paxsaning orasiga olib, ulardan devor qiling, yuzlari
devordan tashqariga chiqib tursin; hamma tomondan xalq ularni ko‘rib, ibrat olsin. Bu qaxrdan odamlar
hisob olib, ular ko‘p azob chekib o‘lsin.
Jazolovchilar bu buyruqni bilib, hukm qanaqa bo‘lsa, o‘shanday bajardilar. Zarrin ohu
137
tog‘ orasiga
yashiringach, yengil shabada xo‘tan mushki
138
ni socha boshladi. Dasht yerda bazm qurgan xon otlanib
shahar tomon yo‘l oldi. May boshini, ishq o‘ti badanini qizdirar edi. Shaharning nozanini ham yonida
edi. Ularning yo‘li xaligi paxsaning oldidan o‘tdi. Har tomondan yuz xil nola va faryod eshitilar edi.
Xusumatkor shoh odamlarini qoldirib, o‘sha tomonga bordi. U jazoga buyurilganlarning ishq yo‘lida
qanchalik mustaxkam tura olishlarini bilmoqchi bo‘ldi. Paxsaning orasida bir to‘da tutqunlar ko‘rindi.
Ularning har biri o‘z ahvoliga yig‘lar edi. Ularning hammalari pushaymon bo‘lib turgan edilar. Faqat bir
o‘sha sof ko‘ngil oshiq ishqning bu balolariga yaxshi qarab, yuzi kasalmand, sarg‘aygan, yomon bir
ahvolda, devor orasida bir somon kabi turar edi. Har lahza Tangriga sano aytib, shukr qilishni joyiga
qo‘yardi:
137
Зaррин oҳу - қуёш дeйилмoқчи.
138
Xўтaн мушки - қoрa тун кўздa тутилaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |