www.ziyouz.com
кутубхонаси
92
Lekin mujohidga maqsad bo‘lishi kerak - urushishdan maqsad boylikka ega bo‘lish bo‘lmasligi kerak.
Kimki boylik uchun jang qilar ekan, uni jangdan maxrum etish unga yetarli jazodir.
Kimki talon qilish uchun jang qilar ekan, kechqurun og‘iz ocharda turli ne’matlar yeyish uchun ro‘za
tutadigan odamga o‘xshab qoladi.
Kimki g‘azavot jangi maydonida tirik qolar ekan, bu - hayot chashmasida oiish degan gapdir.
Kimki din uchun jangda qiynalib-qiynalib o‘lmasa, bu obi hayot ichida tashnalikda o‘lgan kabidir.
Kim safda turib, oyog‘ini nomiga depsisa, uni masjiddagi imomning riyokorligi deb bil. Safdan orqada
qolib ketgan haqida nima deyishim mumkin? Odatda ayollar qibla safidan orqada turishadi.
Ulardan kimki oija uchun jasorat ko‘rsatar ekan, u pul uchun Qur’on tilovat etgandek bir gapdir.
O‘limni bo‘yniga olmagan g‘arazsiz «g‘olib» haqida u bilan birga oitirish hayf! -degan gap to‘g‘ri!
Kimki jonini jonondan aziz ko‘rar ekan, jonon bunday odamni aziz tutsa - hayf! Kimki g‘azavot
ishini o‘ziga odat qilgan ekan, shahid baxtiga esa erisha olmasa, shu bilan birga shahid bo‘lishdan
umidini uzmasa, unga shunday jang ma’rakasining shahidi deb qarash kerak.
Kimki nom chiqarish uchun maydon qidirib, ma’rakadan chiqqandan keyin esa lof ura boshlasa, uni
mardlikdan nasibasi uzilgan deb, nomard nima desa buning qizig‘i yo‘q! deb qarash lozim.
Axir, lochin har kuni turnani ovlar ekan, uning yuztasini ovlaydi, ammo maqtanib biron marta
ovozini chiqarmaydi.
Erkak quzg‘un modasi bilan yemak qidirar ekan, bitta o‘limtikni topguncha necha marotaba bir-biri
bilan chug‘ullashadi.
Bir ishni qilib, qilgan ishini gapirish yaxshi emas. Bir ish qilmasdan turib, gap sotadiganlarga ham
qara.
Kimgaki chin erkaklik belgilari xos bo‘lsa, qilgan ishi mingta bo‘lsa, bittasini ham aytmaydi.
Erkaklik nimaligidan bahramand bo‘lib ko‘rmagan odam bir ishni ham qilmay turib, yuz xissa baland
keladi.
Xo‘roz o‘z vaqtida qichqirib, ovoz chiqaradi. Kurk makiyon esa bir lahza ham tinmaydi.
Kimning ko‘ngli g‘azavotdan boshqa narsani istamas ekan, o‘zini kishilar o‘rtasida ko‘rganda Alloh
bilan ko‘rmaydi.
O‘z ishlarining ta’rifida kuy kuylar ekan, buni mag‘rurlik va manmanlik deb bilish kerak.
«Lilloh»
131
esa yaxshi odamlardan chetda bo‘lib, Haq o‘zi biladi, xalqning bilmagani yaxshiroq ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |