www.ziyouz.com
кутубхонаси
90
ko‘rsatib, doim yuzidagi soqolini tarashlab yuradi. U doim bid’at bilan shug‘ullangani uchun soqoli ham
tagidan qirqib tashlashga loyiq.
U zulm o‘qini uchirganda, o‘qning uchini o‘z yuzi bilan egovlaydi. Ikki mo‘ylabining qillari har
tomonga g‘ulu soladi; undan orzu-havas qushlariga tuzoq yasash mumkin. Og‘zi teskari so‘zdan
boshqani demaydi; turgan-bitgani odamlarga ta’na va lofdan iborat. Uning yuzini to‘sib turgan soqoli
olingach, basharasi nuqul bujurdan iborat ekani ko‘rinib qoladi.
Uning boshidagi jig‘asi jilva qilib turarkan, pati uning kallasidan dinni uchirishga xizmat etadi. Bu
jig‘a unga la’nati iblisdan qolgan bo‘lsa ham uni Jabrail qanoti deb ataydi. Undagi patlar boyqushning
boshidan sug‘urib olinganu, nomini «tovusning toji», deb atashadi. Sallasining uchi bo‘yniga tegib
turibdi; yo‘q, tegib turgani yo‘q, yurgan sari gardaniga urilib turibdi. Bo‘rkining uchini ichkarisiga bukib
qo‘ygan; u hirsu havo qushlariga uyadir.
To‘ni ipakdan bo‘lmasa,. ko‘ngli g‘amgin; xitoy matoidan bo‘lmasa, qoshl chimirilgan. Yuz
dastro‘molchasining ham zarbofdan bo‘lishini istaydi; uning chetlariga tilla suvi bilan xajv bitish kerak.
Oddiy ipakdan hatto libos tiktirmaydi; bunday matodan to‘n emas, ko‘rpa qildiradi. Orzu-havas deb
yupqa bo‘zdan ko‘ylak tiktiradi; yupqaligi pashshaning qanotiga o‘xshaydi. Pashshaning qanoti ham
emas, xuddi shabnamday; ich ko‘ylagi ham yupqa ipdan. Beliga boylangan belbog‘ining iplari ham
zardan. Chiroyli bo‘lsin deb ichidan ham shunaqa belbog‘ boylab olgan.
Ro‘moli ham zar tikilgan ipakdan; tikuvchi unga o‘zjonini qo‘shib tikkan. To‘nining ustidan oltin
chiziqlar tortilgan; hatto etigining na’li ham zarxallangan. Otining ustiga urgan egari zarlangan; hatto
uning yuganiga ham gavharlar qadalgan. Ko‘ngli yengsiz ajoyib-g‘aroyib chakmon kiyishni istab,
rangini qizil qilib, dolu guliga qo‘yib tiktirgan.
Shunchadan-shuncha oliftagarchiliklar bilan, oliftagarchilik emas, qabohatlar bilan dev jamolini
paridek yasatadi; tikanni yangi ochilgan gulbarglar bilan bezaydi. Go‘zal ra’no kabi jilva qilib, qizil yuzli
mahbubadek boda ichadi. Boda miyasiga ta’sir etgandan keyin tinimsiz bema’ni gaplarni gapira
boshladi.
Uning oldida bir qancha iflos va buzuqlar yuradi. Ularning birontasida na aql bor, na idrok, na xis.
Ular gulxan atrofidagi yuzlarcha haromxo‘r zog‘larga yoki zog‘ atrofidagi o‘limtikxo‘rlarga
o‘xshaydilar. U gapga tushunadigandek, xadeb unga gap uqtirishadi; hisobsiz, o‘lchovsiz xushomadlar
qilishadi. U g‘avg‘o qiladi, atrofidagilar baqirib-chaqirishadi, go‘yo o‘zi o‘rtada devu atrofida shayton
to‘dasi. Biri uni «Begim!» degan, boshqasi «Mirzo!» degan; xulqini yaxshi deb, husnini chiroyli deb
maqtagan.
Ularga buncha rasvolik yetmaganday, ichkiliksiz bir nafas ham tura olmaydilar. Ichkilik unga
ilonning zahariday zarur; ovqat o‘rniga ilonning go‘shtini ham yeyaberadi. Yeyish-ichishi hammasi
harom-harish; shu xil yeyish-ichish bilan o‘zini parvarish qiladi.
Ikki piyola mayni to‘latib ichib olgandan keyin, lof urib, har damda bir dushman safini
parchalayotgan bo‘ladi. U go‘yo tog‘u, ayovsiz qilich chopmoqda; qilichi oyning temir qalpog‘iga harn
borib tegmoqda; gurzisi Bahromning boshini yanchmoqda; nayzasi uning gavdasiga sanchilmoqda;
uning oldida filning pashshacha kuch-qudrati yo‘q. Ajdaho esa uning ko‘ziga bir ola-bula chilvir.
Uning folbinlik kitobi oldida yo‘lbars oddiy bir suv qurti-yu, nahang oddiy bir ilon; momaqaldiroq
uning o‘z bazmida chalinayotgan nog‘ora ovozi-yu, chaqmoq kabobining o‘tidan sachragan uchqun.
Bu zolimning zulm va shafqatsizligi shunchaki, buncha zulm va shafqatsizlikni kishi kofirlarda ham
ko‘rmagan. U shundog‘ki, namozga bosh egmaydi; Xudoga yolborish xayolida ham yo‘q. Unga butun
mamlakat, sipoh, hatto podshoh minnatdorchilik bildirishini xohlaydi. U yolg‘iz shohga deb o‘ylama,
butun borliqqa minnat qiladi. U bechora shohga qancha yolg‘onlarni gapirib, go‘yo unga toju taxtni men
olib berganman, demoqchi bo‘ladi.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |