Tasavvufning falsafiy jihatlari. - Tasavvuf» so’zining lug’aviy ma’nosi haqida har xil fikrlar bor. Abu Rayhon Beruniy uni «faylasuf» so’zidan «suf» so’zi bilan bog’laydi. Suf so’zi arablarda jun va undan to’qilgan matoni anglatadi. So’fiylar kiyimi dastlab jun chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin bo’lgan, shunga ko’ra ana shu talqin to’g’rirokdir. So’fiy degan so’z ham «suf»dan yasalgan «tasavvuf», «mutasavvuf» so’zi bilan o’zakdoshdir.
- Tasavvufning paydo bo’lishiga doir real tarixiy sharoit shundan iborat ediki, feodal munosabatlar yuzaga kelishi natijasida dehqonlar feodal iqtisodiy munosabatlarga e’tiroz bildira boshlashadi. qolaversa, xalq islomga katga umid bog’lagan, uning vositasida «Nurli kelajak»ka ko’z tikkan edi. Bu umidlarning sarobga aylanishi ham islomga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni yuzaga keltirdi. Ana shunday bir sharoitda tasavvuf yuzaga keladi
- Tasavvuf ham diniy g’oyadir. Undagi «Mo’minning mo’minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o’ziga maftun qiladi.
- Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zoxidlik davriga xos xususiyat olloh yo’lida toatibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abduhoshim Ko’fiy shu oqim vakillaridir.
- IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Bu paytda xonaqohdar vujudga kelgan, tasavvuf maktablari shakllanib qolgan edi. XIII—XIV asrlarga kelib unda nazariy-ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham ko’tarilish davri kuzatiladi.
- Tasavvuf islomning o’zi bilan birga rivojlanadi va keng omma orasiga yoyiladi. Shunga ko’ra bu oqimni dunyodagi ko’plab xalqlarning ijtimoiy-falsafiy hamda badiiy tafakkurida uchratish mumkin.
- Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajratiladi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma’rifat; 4) haqiqat.
- Shariat ma’naviy komillikning ilk bosqichi hisoblanadi. Unda asosiy islomiy talab va qoidalar o’rganilgan. «Qur’on» va hadislardagi axloqiy-falsafiy, ilohiy ko’rsatmalarning mohiyati o’zlashtirilgan. Oddiy so’fiy zohid shu bosqichdan yuqoriga ko’tarila olmagan.
- «Tariqat» so’zining ma’nosi «yo’l» demakdir. Bu yo’lda inson, ya’ni tasavvuf yo’liga kirgan kishi ruhiy-axloqiy kamolot manzillariga etishni maqsad qilib oladi. Odatda, tariqat tasavvufning amaliy qismi xisoblanadi. Bu bosqichda shu yo’lga kirgan shaxs (u solih deb ataladi)ning vazifalari, uning ustoz — pirga ergashish qoidalari va bir qadar axloq-odob me’yorlari haqida ma’lumotlar olinadi. Tariqat, albatta, ustoz (pir, murshid) bilan birga egallanadigan bosqichdir. Bunda solih o’z ixtiyori, irodasini pir qo’liga beradi. Tariqatning irodat deyilishiga sabab ham shuvdadir.
- «Ma’rifat» arabcha «arafa» so’zidan olingan, uning ma’nosi «bilmoq»dir. Bunda darveshlik darajasiga etish, barcha azob-uqubatlarga toqat etish, pok xislatlarni izlash, Ollohni tanish, shariat va tariqatning barcha shartlariga amal qilish, bu dunyodan yuz o’girish, oxiratni afzal bilish, haqiqat sirlaridan ogoh bo’la borish ko’zga tashlanadi.
- " Haqiqat "tasavvufning eng yuqori—oliy bosqichidir. Unda ezgulik va yomonlikning moxiyatini to’la anglab etish, har qanday ko’ngil istaklarini pinhon tutishning uddasidan chiqish hamda shariat, tariqat, ma’rifat talablarini to’liq bajarish talab qilinadi.
- Tasavvuf, asosan ma’naviy jarayondir. Unda inson qalbini boyitadigan omillarga chorlov nihoyatda kuchli
- Tasavvuf oqimi o’z adabiyotini ham yuzaga keltirdi. Muhammad g’azzoliy, Yusuf Hamadoniy (vafoti 1141 yil) singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratishgan.
- Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti Yusuf Xos Hojibning «qutadg’u bilig» asaridan boshlab o’z aksini topa boshlagan. Asar qahramonlari ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o’tishda tasavvuf yo’lidan borishadi.
- Tasavvuf o’zbek adabiyotini ham yangi-yangi go’zal fikrlar, goyalar, obrazlar tizimi bilan boyitdi. Bu adabiyotning yuksalishi va takomiliga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
- Tasavvuf talimoyicha, bu yolga kirgan har bir momin avval muhiblik, songra muridlik, keyin darveshtlik, undan keyin olimlik – oriflik, so`ng valiylik va,, nihoyat,nasib qilsa, nabiylik maqomiga yetishadi.
- Markaziy Osiyoga tasavvuf ta’limotining kirib kelishi tariqatlar tarixini yoritish an’anasiga ko’ra, o’z davrining so’fiy allomasi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048–1141) nomi bilan bog’liq. Yusuf Hamadoniy maktabida ilmu irfon sabog’ini olgan Ahmad Yassaviy va ‘Abduxoliq G’ijduvoniylar mintaqada tasavvuf taraqqiyotining keyingi bosqichlarida muhim o’rin tutdi va ikki mustaqil tariqat: Yassaviya va Xojagon-Naqshbandiya (keyinchalik Naqshbandiya-Mujaddidiya) tariqatlariga poydevor qo’yganlar. Bundan tashqari Xorazmda «valiytarosh» unvoni bilan mashhur bo’lgan Najmiddin Kubro (1145–1221) mustaqil ravishda Kubraviya tariqatiga asos soldi. Xojagon tariqati XIV asrga kelib, Baho’uddin Naqshband tomonidan yanada takomillashtirildi.
- Bu esa Markaziy Osiyoda mo’g’ullar hukmronligidan keyingi diniy-ma’naviy hayotning yangicha yo’nalishda shakllanishiga asos bo’ldi. Aynan XIV-XV asrlardan boshlab ushbu tariqat vakillari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshladilar. Amir Temur (1336–1405) va temuriylar tomonidan markazlashgan davlatning tashkil etilishi tariqat vakillarining nafaqat diniy-ma’naviy sohadagi nazariy, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida amaliy faoliyat yuritishlari uchun ham sharoit yaratdi.
- Xoja Muhammad Porso , Xoja Ahror, ‘Abdurahmon Jomiy (1414-1492), ‘Alisher Navoiy kabi yirik shaxslarning faoliyati esa Xojagon-Naqshbandiya tariqatining keyingi vakillariga ijobiy ta’sir qildi va ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun turtki bo’ldi. Keyinchalik Markaziy Osiyoda markazlashgan ashtarxoniylar davlatining parchalanishi va birin-ketin xonliklarning tashkil topishi (XVII–XVIII asrlar) ushbu hududda tarqalgan tariqatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ma’lum bir davrlarda u yoki bu tariqat namoyandalari ijtimoiy-siyosiy hayotda o’z mavqyeini egallab keldi. Jumladan, yuqori tabaqa vakillari hisoblangan hamda Naqshbandiya tariqatiga mansub Juybor shayxlari XVI–XVII asrlarda Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvuf tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin.
- Turkiya, Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Indoneziya, Malayziya, Iordaniya, Pokiston kabi mamlakatlarda mavjud tariqatlarining sanog’iga yetish ham qiyin. Bu suluklarning ko’pchiligi tasavvuf ta’limotining ilk g’oyalaridan ancha uzoqlashib ketgan. Shayxlik maqomi mablag’ to’plash manbai bo’lib qolgan holatlar ham yo’q emas. Turkiyadagi ko’plab tariqat vakillari tomonidan shayxlarini o’ta mubolag’a bilan ulug’lanishi, ularning tavof qilinishi, shayxlarning o’z tarafdorlari va muassasalari mavjudligini bunga misol tariqasida qayd etish mumkin . Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlarining rivojida o’lkadan yetishib chiqqan Ahmad Yassaviy, ‘Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Baho’uddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi allomalarning xizmati katta bo’lgan. Ularning faoliyati butun islom olamiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ayni vaqtda, ildizi Xojagon tariqatiga borib taqaladigan Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqati Markaziy Osiyoda keng yoyila boshladi.
- Тасаввуф таълимоти асрлар давомида халқимизнинг маънавиятини бойитишга хизмат қилиб келган. Инсоннинг руҳий – ахлоқий покланиши, илоҳий муҳаббат билан юксалиб бориш бу таълимотнинг асосий ғояларидир.
- Шу боис тасаввуф чуқур инсонпарварлик ғоялари билан омухта бўлиб, ҳақиқат талабида юрган одамлар қалбига йўл топди, одамларнинг поклик, абадий ҳаёт, кўнгил ҳурияти ҳақидаги орзуларини ифодалаб келди. Тасаввуф шайхлари халқнинг маънавий раҳбарлари, руҳоний мураббий сифатида майдонга чиқиб, пайғамбар фаолияти, ҳолатларини давом эттиришга жазм этганлар.
- И.А. Каримов
- Баҳоуддин Нақшбанд –айбсиз одам йўқ, шунинг учун агар айбсиз дўст ахтарсак дўстсиз қоламиз, -дер эдилар. Одамларга яхшилик қилиш энг юксак инсоний бурч эканлигини таькидлаб, шам каби бўлгин ва одамларга ёруғлик бер ўзинг эса қоронғуда бўл, деган эканлар. Хожа Баҳоуддиннинг “Кўнгил Оллоҳда бўлсину, қўлинг эса ишда” ҳикматларининг инсон маьнавий дуёси такомилидаги аҳамияти беқиёсдир.
- Tаsavvuf falsafasiga ko 'ra, baxtning asosiy shar tlaridan biri - do ' stlaringiz yoki sevganlaringiz yonida o 'tirishdir . Siz shunchaki o 'tirib, hech narsa qilmasligingiz, hech narsa demasligingiz kerak. Bir -biringizga qarang yoki hatto qaramang. Sizni zavqlantiradigan narsa shundaki, siz o 'zingizni yaxshi his qiladigan odamlar shundaki, siz o 'zingizni yaxshi his qiladigan odamlar bilan o 'ralgansiz. Endi siz o 'zingizni biror narsa bilan band qilishingiz, bo ' sh joyni tovushlar yoki suhbat bilan to 'ldirishingiz shar t emas. Bu odamlarning borligini jimgina his qilish kifoya.
- Тasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan holda zuhd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni o‘zida mujassam etib, nafsni poklash yo‘li bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. tasavvuf tariqatlari axloqiy Naqshbandiya ta’limoti g`oyalari insoniyatni kamolotga yetaklaydi va tanazzuldan asraydi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosidan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish, alloma g‘oyalarini o‘rganish jarayonida o‘quvchi va talabalarning yosh psixologik xususiyatlarini hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, alloma qarashlari mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lishlari o‘rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega b o‘lishini ta‘minlaydi.
- Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosi g‘oyaviy diniy, falsafiy, madaniy ta‘lim-tarbiya ildizidir va milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |