5 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI:
SHAXSNING EMOTSIONAL OLAMI. SHAXS EMOTSIONAL HOLATINI TASHXIS ETISH (2 SOAT)
EMOTSIONAL HOLATLARNI BAHOLASH TESTI «BELGILAR PANTOMIMASI»
Testda odamning ko‘z o‘ngida ko‘rib turgan narsalarni o‘z shaxsiga taalluqlilikka aylantirishga moyilligidan, o‘zi bilmagan holda odam gavdasiga yoki uning bo‘laklariga xos bo‘lgan harakat bilan bog‘lashga bo‘lgan moyilligidan foydalaniladi.
Har bir simvol - nafaqat mo‘yqalam tutgan qo‘lning oddiy harakati, balki ba’zi harakatlarni ifodalash hamdir. Ularning har birini biz tez yoki sekin, kuchli yoki kuchsiz, jiddiy yoki o‘yin harakatlari natijasi sifatida bilib olamiz. Lekin bundan tashqari, shunisi o‘ta muhimki, bu belgilar anglangan yoki anglanmagan holda odam tanasini holati va harakatlari bilan bog‘liqlikni aks ettiradi. Ular gavda holati yoki qo‘l harakatlarini ifodalaydi. Tana harakatlari odatda odamni maqsad, xohish, istak, kayfiyat va boshqalarni ifoda etib beradi.
Ko‘rsatma: Ushbu sakkizta belgiga e’tibor bilan qarang.
Bu belgilardan sizga eng yoqqanini tanlang va raqamini eslab qoling. Endi belgilardan yoqmaganini tanlang va raqamini eslab qoling. Tanlovni shoshmasdan amalga oshirish kerak, aks holda natija noto‘g‘ri chiqishi mumkin. Quyida berilgan jadvalda siz tanlagan sonlarni qator va ustun bo‘yicha kesishgan nuqtadagi katakda berilgan raqam sizning hozirgi vaqtdagi «emotsional holatingiz haqida qisqacha ma’lumot» beradi. Test kalitida ushbu ma’lumotlarni olish mumkin.
Ushbu metodika sizni g‘ira-shira (salgina) anglanayotgan xohish - istaklaringizni aniqlash imkonini beradi, faol emotsional holatni baholash va psixologik «muvozanatga» erishish yo‘llarini topish imkonini beradi.
Testda ifodalangan simvollar
«Uchish, sakrash, umbaloq oshish». Bu simvol suv ustiga uchib chiqqan delfinga o‘xshaydi.
«Birdan joydan qo‘zg‘alish, kuchli oldinga intilish».
«Kuchanish, engib o‘tish». Bu belgi keskin harakat qilishni ifodalaydi hamda iroda va energiyaga to‘la, to‘siqqa qo‘rqmasdan ko‘kragi bilan borayotgan odamni eslatadi.
«Qaddini tik tutish, egilmas bo‘lish». Bu belgi jiddiylik va qat’iylikni ifoda etadi.
«Tinch o‘tirish, zo‘riqmaslik». Simvol o‘tirgan odamga o‘xshaydi.
«CHekinish, yon berish, orqaga tisarilish». Belgi orqaga va pastga qaytish, shiddatdan, shashtidan qaytishni ifodalaydi.
«Egri-bugri bo‘lib ketmoq, himoyasiz, nimjon, nochor bo‘lmoq». Bu belgi «pozasi» - orqaga, pastga ketish, intilishdan voz kechish ma’nosini anglatadi.
«Bo‘shashgan holda yotish». Bu belgi eringan holdagi tabassumni eslatadi.
Uzimizga yoqqan va yoqmagan belgini tanlayotganimizda bizda qanday holat kechadi? Aslida biz o‘zimiz xohlayotgan poza va harakatni tanlaymiz va yoqmayotgan harakat va pozani inkor etamiz. Kayfiyat bilan harakat faolligi xarakteri o‘rtasida nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki «ikki tomonlama» bog‘liqlik bor. Xatti-harakat kayfiyat bilan belgilanadi. Agar siz o‘z xatti- harakat «usulingizni» o‘zgartirsangiz kayfiyat ham o‘zgarishi mumkin. Balki siz tanlagan «eng yoqqan» simvol hozirgi vaqtda siz uchun qanday xarakterdagi xatti-harakat faolligiga zaruriyat borligini ko‘rsatuvchi ma’noga ega bo‘lishi mumkin. O‘zingizni bir sinab ko‘rish hech qachon xalaqit qilmaydi: chunki belgilardan bittasini tanlay turib, o‘zingizga o‘zingiz sizga nimalar etishmayotganini, nimalarnidir xohlayotganingizni oshkor etdingiz. Buni siz harakatda va qomatingizni tutishda ifoda eting: bu bilan siz o‘zingizga etmayotgan narsani qisman bo‘lsayam to‘ldirishingiz mumkin yoki sizni hozirgi holatingizda sizga og‘irlik qilayotgan narsani o‘zgartirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |