Auditorlik riski — auditorlik tekshiruvi yakunlari bo‘yicha auditor tomonidan subyektiv ravishda aniqlanadigan, moliyaviy hisobotning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzilishlar bo‘lishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo‘lmasada, unda muhim buzilishlar mavjud bo‘lishi mumkinligini e’tirof etish ehtimolligidir.
Auditorlik riski o‘z ichiga ikkita tarkibiy qismni oladi:
3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski.
Auditor auditni o‘tkazish paytida auditorlik riskini oqilona eng kam darajagacha pasaytirish uchun zaruriy choralarni ko‘rishi kerak.
Ajralmaslik risk
Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xaraktyerga ega bo‘lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta’sir ko‘rsatadi.
Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o‘z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak.
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib ko‘rsatish ehtimolining darajasi katta bo‘lad
Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo‘lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin.
Naqd pullar o‘g‘irlanishga moyil bo‘ladi.
Nisbatan barqaror haqiqiy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo‘lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.
Nisbatan barqaror haqiqiy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo‘lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.
Inqiroz holatidagi tarmoqda bo‘lgan va biznesda ko‘pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo‘lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatishga moyilligi bo‘ladi.
Nazorat riski
Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan va muntazam ravishda qo‘llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilaolmaslik ehtimolini va Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.
Nazorat riskining auditor faoliyatidagi o’rni
Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.
Auditor o‘z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart.
Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazishi kerak.
Aniqlamaslik riski
Aniqlamaslik riski auditor tomonidan subyektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo‘lib, auditor tekshiruv davomida qo‘llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo‘lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xaraktyerga ega bo‘lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermaydi va aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib, auditor malakasiga va o‘tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog‘liqdir.
Aniqlamaslik riski
bilan ajralmas va nazorat risklarini o‘rtasida teskari aloqa mavjud:
Agar ajralmas va nazorat risklari yuqori bo‘lsa, u holda auditorlik riskini maqbul darajaga qadar kamaytirish uchun aniqlamaslik riski yetarlicha past bo‘lishi kerak.
Agar ajralmas va nazorat risklari past bo‘lsa, u holda auditor aniqlamaslik riskini ancha yuqori belgilashi va shu tarzda auditorlik riskini maqbul darajagacha kamaytirishi mumkin.
Aniqlamaslik riskini pasaytirish uchun auditor quyidagilarni bajarishi shart:
1. Qo‘llanilayotgan auditorlik tartib-taomillarini modifikatsiyalab ularning sonini ko‘paytirishni va (yoki) ularning mohiyatini o‘zgartirishni nazarda tutishi.