ADABIYOT FANIDAN
1. Adabiyot san’atning qanday turiga kiradi? * So’z san’ati
2. Obrazli fikrlash hodisasi qanday yuzaga keladi? * Bir narsani boshqasiga solishtirish, oqni qoradan, yaxshini yomondan, buning natijasida esa narsalar orasidagi o’xshash, bir-birini takrorlovchi jihatlarni ilg’ash orqali
3. Ertaklarda obrazli fikrlash qanday kechadi? * Ertak qahramonlari so’z va obrazli ifodalar yordamida ko’z oldingizda jonlanadi, turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi
4. Odam boshqa mavjudotlardan qaysi xususiyati bilan farq qiladi? * Fikrlay olishi bilan
5. Fikrlaydigan insonga xos xususiyatlarni ko’rsating * Xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish kabilar
6. Adabiyot nima? *Insonning orzu-xayoli, , umid va armonlari, odam va olam to’g’risidagi tushunchalarini badiiy so’z yordamida ifoda etishi.
7. Adabiyotning asosiy ifoda vositasi noma? * Badiiy so’z
8. Adabiyot o’quvchiga qanday yordam beradi? * Uning didini o’stiradi, fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi, odob-axloqini yanada chiroyliroq bo’lishiga ko’maklashadi
9. Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
She’r qanday nomlanadi, muallifi kim?
* “Vatanim” she’ri, Muhammad Yusuf
10. Adabiyot o’zining qaysi fazilati bilan bizni dag’allik, befarqlik, yovuzlik singari yomon odatlarga o’rganib qolishdan asraydi? * O’zining nafisligi bilan
11. Inson ma’naviyat, ma’rifatga qanday yo’l bilan erihadi? * Tinimsiz o’qib-o’rganish,, ustozlar ta’limini olish, hayotni chuqur kuzatib, ibratli tajribalar to’plash orqaligini
12. Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O’zbekiston Milliy bog’iga qaysi ulug’ mutafakkirning haykali o’rnatilgan? * Alisher Navoiy
13. O’zbekiston Milliy bog’iga o’rnatilgan Alisher Navoiy haykalini o’rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning qanday misralari bitilgan?
* Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’,
Yor o’lung bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish.
14. Tulki ertaklarda qanday odamlarning timsoli sifatida qo’llaniladi? * Ayyor kishilarning
15. Yalqov, tepsa-tebranmas kishilarning obrazlari qaysi timsollar bilan beriladi? * Ayiq
16. Yo’lbars timsoli qanday insonlar obrazi sifatida beriladi? *Dovyurak, chapdast insonlar
17. Adabiy asarlar qanday uslub va shakllarda bo’ladi? * She’riy, nasriy, dramatik
18. Adabiyotning she’riyat turini nimalar hosil qiladi? * Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar
19. Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar badiiy adabiyotning qaysi turiga kiradi? * Nasr turiga
20. Badiiy adabiyotning dramaturgiya turiga qanday janrlar kiradi? * Kichik sahna asarlari sanalgan intermediyalardan tortib, yirik drama, komediya, tragediyalar kiradi
21. Nasriy asarlar kimlar tomonidan ijod qilinadi? * Nosirlar, ya’ni yozuvchilar
22. Dramaturglar kimlar? Dramatik asarlar muallifi
23. “Alpomish” va “Odisseya” asarlari qanday janrga mansub? * Doston
24. “Odisseya” dostonining muallifi kim? * Qadimgi yunon adibi Homer
25. Gyote qaysi xalqning shoiri? * Nemis xalqining
26. “Zarbulmasal” kimning asari? * Gulxaniyning
27. Yapaloqqush va Boyo’g’lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan asar qaysi? “Zarbulmasal”
28. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida qancha maqoldan foydalanilgan? 400 dan ortiq
29. “Maqol” so’zi qanday ma’noni anglatadi? Arabcha “so’z” degan ma’noni anglatadi
30. Maqol so’zi yana qanday so’z bilan nomlanadi? * “Otalar so’zi”
31. “Al”, “ochun”, “bitik” so’zlari hozirda qanday ma’noni anglatadi? “Qo’l”, “dunyo”, “kitob”
32. “O’zgalar yurtida sulton bo’lguncha, o’z elingda cho’pon bo’l” maqoli qaysi shoh va shoir bobomizning nomini eslatadi? * Zahiriddin Bobur
33. Maqollarning o’ziga xos xususiyatini ayting * Fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda bo’lishi,aytilayotgan ibratli fikr albatta hukm shaklida bo’lishi kerak
34. Maqol qaysi xususiyatiga ko’ra topishmoqlarga o’xshab ketadi? * Misralardagi so’zlarning o’zaro qofiyadosh yoki ohangdoshligiga ko’ra
35. “Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor” Ushbu xalq og’zaki ijodining qaysi janriga kiradi ? Undagi qofiyadosh so’zlarni toping * Topishmoq; bo’yi, to’ni
36. Topishmoqlar qaysi xususiyatlariga ko’ra maqoldan farqlanadi? * Topishmoqda xulosa, hukm yo’q, balki sirlilik bor. Unda hamma so’zlar bir narsani bekitishga qaratilgan.
37. Oltovlon ola bo’lsa,
Og’zidagin oldirar.
To’rtovlon tugal bo’lsa
Tepadagin endirar maqolining ma’nosi qanaqa? * Birlik, o’zaro ittifoqlik haqida
38. Dehqon bo’lsang, kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda ; Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan ; Olma olmadan uzoq tushmaydi ; Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi kabi maqollarning qaysi biri o’z ma’nosida qo’llangan ? * . Dehqon bo’lsang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda
39. Chin so’z – mo’tabar... Maqolni davom ettiring * Yaxshi so’z muxtasar
40. Xalq og’zaki ijodi nima ? * Mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, o’yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki so’z san’atidir
41. Insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at qaysi ? * Xalq og’zaki ijodi
42. «Folklor », « xalq og’zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi ? * Og’zaki so’z san’ati
43. « Folklor » atamasi ilk bor kim tomonidan va qachon qo’llanilgan? *1846-yilda XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan qo’llangan.
44. « Folklor » atamasi qanday ma’noni anglatadi ? * “Folk”— xalq va “lor”— bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni “xalq bilimi, donoligi », « «xalq donishmandligi » demakdir.
45. Folklorshunoslik nima ? * Xalq og’zaki ijodini o’rganuvchi fan
46. Xalq ijodining yaratilishi va yashash tarzi qanday usulda amalga oshadi ? * Og’zaki usulda
47. O’zbek folklorida qanday turlar mavjud ? * Epik, lirik, dramatik, maxsus.
48. Epik turga? * Mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston…
49. Lirik turga? *Marosim folklorining deyarli barcha ko’rinishlari, bolalar folklorining ko’pgina turlari, qo’shiqning hamma xillari, ashula va shu kabilar.
50. Dramatik turga? *Og’zaki drama, qo’g’irchoq o’yin, askiya, xalq teatrlari va shu kabilar.
51. Maxsus turga? *Maqol, matal, topishmoq kabilar.
52. Asrlar davomida misqollab to’plangan, ne-ne sinovlardan o’tgan, insonlarga hamisha madad bo’lib kelgan noyob xazina bu--? *Xalq og’zaki ijodi
53. Topishmoqlar qanday nomlar bilan ataladi? “Topmacha”, “jumboq”, “matal”, “chiston”.
54. Qaysi atama ham janr, ham badiiy so’z san’ati turiga kiradi? *Chiston
55. Topishmoqlarda yashirin so’z qanday beriladi? *Yashirin ma’no ko’pincha ma’joziy shaklda keltiriladi, narsa nomi biror–bir qush, hayvon, buyum, o’simlikka qiyoslangan holda beriladi.
56. Topishmoqni yecha olmagan kishiga qanday chora ko’riladi? ? * O’sha kishi “jazolanadi”, topishmoqning javobi uchun “shahar” yoki “qishloq ” beradi.
57. Topishmoqlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati nimada? * Ularni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydi, tasavvuri va tafakkurini o’stiradi, topag’on bo’lishga, hozirjavoblikka o’rgatadi
58. Topishmoqlar qanday shakllarda bo’ladi? * She’riy va nasriy
59. Yashiringan predmetning miqdoriga ko’ra topishmoqlarning turini ko’rsating. * Bir va bir necha misrali topishmoqlar
60. Topishmoqlarning hajmi nimalar vositasida ortib boradi? * Qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlar vositasida
61. Topishmoqlarda qanday tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi? *O’xshatish, sifatlash, mubolag’a, kichraytirish, metafoa, jonlantirish kabilardan
62. Tuzilishiga ko’ra topishmoqlar qanday turlarga bo’linadi va “Qoziq ustida qor turmas” misoli qaysi turiga mansub, topishmoqning javobini toping * Bir yoki bir necha predmetli topishmoqlar; bir predmetliga; tuxum javobi
63. Suyri so’zining ma’nosini ayting. * Ellips
64. “O’zi bir qarich, soqoli qirq qarich”, “Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq – bir yog’i qora, bir yog’i oq” topishmoqlari tuzilishiga ko’ra qanday va ularning javobini ko’rsating * 1-si bir predmetli, igna; 2-si bir necha predmetli, yil, o’n ikki oy, o’ttiz kun, o’ttiz kecha va kunduz
65. Tarkibida uchta chin so’zi qatnashgan topishmoq va uning javobini keltiring.
*Chin qushim chinni qushim,
Chin tepaga qo’ndi qushim,
Tumshug’ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi qushim; choynak
66. Javobi lab bo’lgan topishmoqning sharti qaysi lab undoshining harakatini nazarda tutish orqali beriladi? * Teg desam tegmaydi, tegma desa tegadi; m lab-lab undoshining
67. Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining yana qaysi janri ichida ham uchraydi? * Doston va ertaklar ichida
68. Doston va ertaklar ichida uchraydigan topishmoqlat qanday vazifa bajaradi? * Ularning mazmunini boyitib, qiziqarliligini, o’qishliligini ta’minlaydi
69. Topishmoqlar qatnashgan ertaklar necha xil bo’ladi? * Ikki xil; topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida); ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosida qurilgan)
70. Forscha so’zdan olingan bo’lib, topishmoq, jumboq ma’nosini anglatadigan so’zni toping. * Chiston
71. Chistonda narsa-hodisalar qanday tarzda tasvirlanadi va u qaysi shaklda yoziladi? * Majoziy tarzda tasvirlanib, fard, bayt, qit’a, ruboiy va g’azal shaklida
72. Chiston qanday mazmunga ega va adabiyot tarixida uning go’zal namunalari qaysi shoirlar ijodida ko’zga tashlanadi? * Ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga; Alisher Navoiy, Uvaysiy
73. Ko’moch so’zining ma’nosini izohlang * Issiq kulga ko’mib pishiriladigan non
74. Muhaddis so’zi qanday ma’noni anglatadi? * “Hadis biluvchi”, “hadis aytuvchi”
75. Islom olamida qaysi zotni “muhaddislar imomi” deb ataganlar? * Imom al-Buxoriyni
76. Namoz jamoa bo’lib o’qilganda, oldindagi boshlab boruvchi kishi qanday nomlanadi? * Imom
77. Vahiy so’zining ma’nosini tushuntiring. * Olloh taoloning o’z sevgan bandasi diliga o’z so’zlarini, ya’ni ilohiy so’zlarini solishidir
78.Xalq orasida “Kalomulloh” deb yuritiluvchi muqaddas kitob qaysi? *Kalomi Olloh (Ollohning so’zi), ya’ni Qur’oni Karim
79. Qur’oni Karimdan keyin turuvchi eng muhim qo’llanma qaysi? Hadisi Sharif
80. Soxta hadislarning yuzaga kelishiga sabab nima edi? * Islomni obro’sizlantirish, musulmonlarni chalg’itish uchun uning dushmanlari soxta hadislar to’qib tarqatganlar
81. Hadisshunoslik fani nima bilan shug’ullanadi? * Hadislarning “sahih” (ishonchli)larini “nosahih” (ishonchsiz)laridan ajratish bilan shug’ullanadigan fan
82. Hadislar kimlardan yig’ib olingan? * Roviylardan
83. “Roviy” so’zining ma’nosini keltiring. * “Ma’lumot beruvchi, aytuvchi” demakdir.
84. Roviylar necha xil bo’ladi? * Ikki xil: sahobalar, tobeinlar
85. Payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lganlarni kim deb atashgan? * Sahobalar
86. Tobeinlar kimlar edi? *Payg’ambarimizni emas, sahobalarni ko’rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilar
87. Hadis necha qismdan tashkil topadi? * Ikki qismdan: sanad (musnad) va matn
88. Hadisning sanad qismida nimalar beriladi? *Payg’ambarimiz so’zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytlganligi hujjati
89. Hadis mazmuni uning qaysi qismida beriladi? *Matnida
90. Imom al-Buxoriy qachon va qayerda tug’ilgan, uning asl ismi nima ? * 810-yilning 21-iyunida Buxoroda tug’ilgan. Asl ismi Muhammad
91. Imom al-Buxoriyning otasi kim edi ? * Ismoil Buxoriy ham muhaddis edi, goho tijorat bilan shug’ullanar edi.
92. Zamondoshlari Imom al-Buxoriylarning oilasi haqida nima deyishar edi ? * Uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas, deyishardi
93. Yoshligidan ko’zlari jarohatlanib, ojizlanib qolgan Muhammadning ko’rishida qanday voqeani rivoyat qilishadi? * Onasining tushida Ibrohim alayhissalom unga qarata: “Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o’g’lingga ko’rish ne’matini qaytardi!”—deb xitob qilgach
94. O’z zehni va yod olish quvvati bilan ustozlarini ham shoshirtirib qo’ya boshlaganida Imom al-Buxoriy necha yoshda edi? *O’n yoshlarida
95. Imom al-Buxoriy necha yoshlarida minglab hadislarni yod bilar, ularning “sahih” – “nosahih”ligini birma-bir isbot qilib bera olardi? * O’n olti yoshida
96. Imom al-Buxoriy o’z bilimini oshirishda qaysi yurtlarni kezib,, o’zi aytganidek, “mingdan ortiq ishonchli ulamolardan hadis yozib oldi”? * Kesh bilan Marvdan Makka-yu Madinagacha, Balx bilan Hirotdan Bag’dod-u Basragacha, Nishopurdan Misr va Shomgacha bo’lgan yurtlarda
97. Imom al-Buxoriy qaysi asari ustida 16 yil davomida ishlaydi? *”Al-jome’ as-sahih” (Ishonchli to’plam)
98. “Al-jome as-sahih” kitobida jami qancha hadis kiritilgan? * 600 ming hadisning ichidan 7397 hadis kiritiladi
99. Imom al-Buxoriy qanday unvonlarni oladi? * “Muhaddislar imomi”, “muhaddislar sultoni”
100. Imom al-Buxoriy qaysi voqea sababli “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman”, deya javob beradi? * Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad al-Buxoriy huzuriga chopar yuborib, bolalarini o’qitmoqchi ekanligini aytgach
Do'stlaringiz bilan baham: |