Umr yo'li
O'tayotgan umrimni to'xtata turib
Yoshlikka nazar solgim keladi
Do'stlarim bn ko'cha changitib
Beg'ubor yoshlikda qolgim keladi.
Onamga to'xtovsiz savollar berib
Ayvonda yotganga qaytgim keladi.
Yulduzlar uchganda tilaklar aytib
Baralla "Amiyn" deb aytgim keladi.
Ortinggizga boqing, qancha yil o'tdi
Tug'ildik, ulg'aydik, balki qaridik
Yuzga ajin tushdi, sochinggizga oq
Beg'ubor davrlar endi naridek
Hayot iboratmas o'yin-kulgidan
Bosh og'riq, aysh-ishrat, hamda mastlikdan
Chiqayotgan janjallar shulardanmasmi
Nodonlik, loqaydlik, indamaslikdan.
Alloh bandasini g'iybatlar qilib,
Qalbini tig'lovchi sozlarni aytmang.
Cho'kayotgan vujudni ustidan tepib,
Kundan-kunga yana gunohga botmang.
Qing'ir ishga qo'l urmang, kimsa ko'rmas deb,
Ko'rsa ham indamas, balki bilmas deb.
Tepangda ArshaAlloh aytar ohista
Gunohkor jazosin olmay qolmas deb.
Dunyoga kelsak ham mol-dunyo yig'ib,
Qo'limiz to'lsa ham, ko'z hech to'ymaydi.
Insonga ne kerak, bu temir-tersak
Qiyomat kunida oltin-zar bo'lmaydi.
Kunda har ko'ylakni kiysak ham yana
Urfda bo'lganini qo'ymay olamiz.
Keraksiz narsaga sarflab vaqtimiz
Umrimiz o'tganin bilmay qolamiz.
Qasrdek uy boshlab, bezaklar bezib,
Bitganda shu uyga sig'may qolamiz
Kun kelib, keng uyga sig'magan inson
Mushtdek to'rt devordan joyni olamiz.
Qushlar ham bir joyga to'planib qolsa
Salom deb qanotin qoqadi hayhot
Biz insonlarda-chi g'urur ustuvor
Nahot qushchalik ham bo'lmas odamzot.
Odamlar ayamang bir-biringgizdan
Shirin so'z har tonggi salominggizni.
Ko'z ko'zga tushganda qo'ying jilmayib
Bu kulgu rom etsin hayolinggizni.
Bolanggizni erkalab ayting, oppog'im
Shirintoyim, shunqorim, chaqqon toychog'im
Dunyoni baxshida qiling ularga
Ayting erkatoyim, ko'zim munchog'im.
Mehrni qidirmang, o'zga bir tandan
Qidiring eng yaqin farzandinggizdan
Ortiq bo'la olmas o'zga bir inson
Yurakdan yaralgan yuraginggizdan.
Qidiring mushtipar onaizordan
Mehrlari daryo, malaginggizdan.
Umr o'tkinchidir, duosin oling.
Hammadan ham sizga keraginggizdan.
Do'stlar-la o'zaro davralar qiling
Suhbati shirindir, diydori shirin.
Kun tunga kerak bo'lgani kabi
Qadr-la suyushar ular bir-birin.
Tushkunlikka tushmang yurakni ezib
G'amga g'am qo'shilib, narvon bo'lmasin.
Kuchim ham qolmadi demang siz aslo
Yurakni ezgan dard, armon bo'lmasin.
Taqdirim ne bo'lsa shu deb o'tirmang
Taqdir archa misol bezatuvchisi siz
Baxtning qo'lin tutib, kalit-la ochib
Umringgiz yo'lini yaratuvchisi siz.
Hayotga chiroyli ko'z bilan qarang
Nafas olganimizning o'zi katta baxt.
Yurakning urgani, ko'zning ko'rgani
Oyoqning urgani o'zi katta Baxt.
Nasihat ayamang, maslahat tinglang,
Hayotdan ketgan so'ng so'zinggiz qolsin.
Eslaganda yig'lab, etlar junjikib,
Dillarni shod etgan ko'zinggiz qolsin.
Hayotga keldikmi maqsadni qo'yib,
Inson deya buyuk nomni olaylik.
Qahramonlar kabi, shoirlar kabi
Dunyo qalblarida mangu qolaylik
Muallim
O'zligimni tanitgan tilim,
Nurli ko'zim, porlagan dilim,
Mehr ila berdinggiz ilm,
Rahmat sizga, aziz muallim.
Beg'ubor yoshlikdan qo'limdan tutgan,
Sho'xligimga chidab, azobim yutgan,
Bizdan yetuk yutuqlar kutgan,
Rahmat sizga, aziz muallim.
Ustoz degan buyuk nom olgan
Yuraklarga ishq o'tin solgan
Dunyolarda abadiy qolgan
Rahmat sizga, aziz muallim.
Vatanim ulug'lab, asrab-avaylab,
She'rim siz tomon aytaman shaylab,
Qo'lim ko'ksimga qo'yib, ta'zimim aylab,
Rahmat sizga, aziz muallim.
O'zbegim tarixin jo'shib so'ylagan
Kelajak avlodning ilmin o'ylagan
Otamdek ulug'siz, berdinggiz ta'lim
Sizga chindan rahmat, aziz muallim!
Do'stlaringiz bilan baham: |