Hayot sinovlari
Shirin orzularim bo'lmasin armon,
Tandagi og'rig'im yomondir hamon,
Bu dardlarimga bormikan darmon
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Kuchim ham qolmadi ahvolim tayin,
Qiynalib ketdim-ku, ayting netayin,
Yo azob, faqat menga atayin
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Beg'ubor insonlar xafa qilmaydi,
G'am-anduh, qayg'uni aslo bilmaydi,
Degan onam ham xo'rsinib jilmaydi,
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Tuhmatdan, aldovdan nadir pora qalb,
Aytolmay izhorin, dilafgor yora qalb
Qaytadan yosharar ishqdan zora qalb,
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Azoblar dastidan soch ham oqardi,
"Niqobli" do'stlarim ortimdan boqardi,
Gar chindan do'st bo'lsa, eshigim qoqardi,
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Yig'layman gohida sog'inchdan asli
Kutaman intizor umidim fasli,
Keladi, oz qoldi, orzular vasli,
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Chidayman eng mushfiq onalar uchun,
Umrimiz yo'ldoshi yagonalar uchun,
Opamiz, ukamiz, mardonalar uchun,
Hayot sinovlari qiynar ekan-da.
Do'stlaringiz bilan baham: |